Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   303
Bog'liq
-qullanma

Yuzaki    suvlar    -  aeratsiya  zonasida  suv  o’tkazmaydigan  qatlami 
bo’lmagan  takdirda  ham  vujudga  kelishi  mumkin.  Masalan,  qumoq  grunt  
qatlamiga  anchagina  miqdorda  suv  yig’iladi,  ammo  uning  suv  o’tkazuvchanligi 
past  bo’lganligidan    shimilish  sekin    boradi  (15.3-rasm).  Yuzaki  suvlarga  xos 
bo’lgan  narsalar  quyidagilardir:  vaqtinchalik,  mavsumlarda  paydo  bo’lishi,  katta 
bo’lmagan maydonlarda tarqalish, bosimsizlik va  qalinligi kamligidir. Suvni o’zi-
dan  yaxshi  o’tkazadigan    jinslar,  masalan  qumlarda  yuzaki  suvlar  kam  uchraydi, 


129 
 
har    xil  qumloq  tuproqlarda  va  lyoss  jinslari  bo’lgan    hududlarda  yuzaki  suvlar 
ko’plab  tarqalgan.  Qurilishda    yuzaki  suvlar  anchagina,  jiddiy  qiyinchiliklar 
tug’dirishi    mumkin.  Qurilishda  binolarning  yer  osti  qismlari    (yerto’lalar, 
qozonxonalar)  yaxshi  suvdan  himoya  qilinmagan    bo’lsa  yoki  suvni  chiqarib 
yuborish  choralari  ko’rilmagan    bo’lsa,  ular  suv  ostida  qolishi  mumkin.  So’nggi 
tekshirishlar  shuni ko’rsatadiki, suv jo’mraklaridan  va suv havzalaridan  suvning 
oqishi natijasida lyoss tog’ jinslari tarqalgan  hududlarda sanoat ob’ektlari va turar 
joylar  dahalarida    yuzaki  suv  gorizontlari  paydo  bo’lishi  kuzatilmoqda.  Bu    esa 
bino  zaminining  mustahkamligiga  katta  ta’sir  etadi    va  inshootning  turg’unligini 
kamaytiradi. 
Grunt  suvlari  –  grunt  suvlari  uchun  asosiy    elementlardan  biri,  uning 
ostida  suv  o’tkazmaydigan    qatlamning  yotishidir.  Grunt  suvlari    yer  qatlamining   
birinchi suvli   gorizontini hosil qiladi. Grunt  suvlari atmosfera  va  yer  usti suvlari 
bilan bog’langan bo’ladi. Grunt suvlarining yuzasi grunt suvlari sathi deb ataladi 
(15.4-rasm).
15.4 – rasm. Grunt suvi. 
1-grunt suvining satshi (g.s.s); 
2-shu joydagi suvli qatlam qalinligi (H);  
3-suv o’tkazmaydigan qatlam 
15.5 – rasm. Mahalliy bosimning 
vujudga kelish sxemasi.: 1-grunt suvi;  
2- gil qatlamchasi; 3 - grunt suvining 
yuzasi; 4- mahalliy bosimning balandligi 
       
Grunt  suvlari  yer  osti  havzalari    va  oqimlarini  hosil    qiladi.  Ular  yuzasi 
gorizontal  bo’lishi  mumkin.  Odatda    grunt  tarkibidagi  suv  o’z  og’irligi  buyicha 
pastlik tomon   harakat qiladi. Agarda suvli grunt daryo, jarlik, ko’l yoki  yerning 
pastki  qismlari  tomonidan  chiqib  ochilib  qolmasa,  suvning  sathi  doimiy 
turaveradi. Daryo yoki oqar ko’llarga  yaqin  yerlarda grunt suvlarining sathi tekis 


130 
 
pasayadi bu yer  depressiya yuzasi deb ataladi. Bunday hodisa grunt suvlari  sathi 
daryo  suvi  sathidan  yuqori  bo’lganda  ruy  beradi,    buning  natijasida  grunt  suvi 
daryoga  quyiladi. Shuningdek    yer  yuzida  yerning  rel’yefiga qarab, grunt  suvlari 
past  bosimli  buloq  suvi  shaklida  chiqishi  mumkin.  Agarda  daryo    yoki  ko’ldagi 
suv  sathi  yuqori  bo’lsa,  ular  grunt  suvlari    sathini  ko’taradi.  Bu  ayniqsa  suv 
atrofida qurilgan  xududlarda sezilarlidir. 

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish