Muhandislik -geologik tadqiqotlar


  Neft va gaz quduqlarini burg’ilash jarayonida suv va  chiqindilar



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   303
Bog'liq
-qullanma

35.2.  Neft va gaz quduqlarini burg’ilash jarayonida suv va  chiqindilar 
Qatlamning geologik tuzilishi kesimiga mos holda  tayyorlangan burg’ilash 
eritmasi  quduq  devorida  qobiq  hosil  qiladi  va  burg’ilash  eritmasining  yutilishini 
kamaytiradi.  
Mahsuldor  gorizontlarni  burg’ilab  ochishdan  oldin  burg’ilash  eritmasi 
zichligini  tekshirib  qo’rish  lozim.  Chunki  mahsuldor  gorizontda  qatlam  bosimi 
katta  bo’lishi  mumkin  va  bu  quduqda  ochiq  favora  bo’lishiga  sabab  bo’lishi 
mumkin. Buning  oldini olish uchun burg’ilash eritmasi hosil qiladigan gidrostatik 
bosim qatlam bosimidan 4 - 7% miqdorida yuqori  bo’lishi kerak. 
Quduqni  qo’rish,  burg’ilash  va  sinashda  quduqdan  chiqqan    chiqindilarni 
iloji boricha qayta ishlatish yoki zarasizlantirish  kerak. Burg’ilash korxonasida ish 
olib  borilayotgan  tumanning    geologik  va  texnik  sharoitini  hisobga  olgan  holda 
halokat va  mushkulotlarni (quduq stvolining torayishi, o’pirilishi, to’kilishi, qisilib 
qolishlar)  oldini  olish  maqsadida,  amaldagi  umumiy  ko’rsatmalarga  asosan  
quyidagi  chora-tadbirlar ishlab chiqiladi: 
- Neftli, suvli, kislotali vannalarni qo’yishda, quduqdagi burg’ilash eritma-
sining zichligi qatlam bosimiga qarshi bosim  hosil qilishi kerak; 


264 
 
-  Quduqda  neft-gaz  paydo  bo’lishi  hollari  ko’zatilganda, darhol  uni  oldini 
olish  choralari  ko’rilishi  kerak  va  bu  haqida  burg’ilash  korxonasi  rahbariyatiga, 
hamda harbiylashtirilgan qism xizmatchilariga habar berish kerak; 
- Har bir vaxtaning a’zolari neft - gaz hosil bo’lishi bilan bog’liq  bo’lgan 
halokatlarni  oldini  olish  bo’yicha  amaliy  o’rgatilgan    (o’qitilgan)  bo’lishi  va 
halokat  sodir  bo’lganida  har  bir  ishchining    bajaradigan  vazifasi  burg’ilash 
ustasining xonasida osilgan  bo’lishi kerak; 
- Burg’ilash ustasi burg’ilash korxonasi tomonidan tasdiqlangan ko’rsatma-
larga asosan har bir vaxta ishchilari bilan halokatlarni bartaraf etish bo’yicha o’quv 
mashqlarini  o’tkazishi  va  bu  haqida  texnika  havfsizligi  jurnaliga  belgilab  borishi 
kerak; 
-  Burg’ilash  eritmasining  turi  va  kattaliklari  -  quduqni  qazishni  halokat-
larsiz olib borishni va mahsuldor gorizontni sifatli ochishni ta’minlashi kerak; 
- Burg’ilash eritmasining zichligi, burg’ilash eritmasi ustuni hosil qiladigan 
gidrostatik bosim qatlam bosimidan quyidagi kattaliklarda ortiqcha bo’lishi kerak; 
Chuqurligi    1200  metrgacha  bo’lgan  quduqlar  uchun    10-15%  (ammo  1,5  
MPa dan oshmasligi kerak); 
Chuqurligi     2500  metrgacha bo’lgan quduqlar  uchun   5-10%   (ammo  2,5  
MPa dan oshmasligi kerak); 
Chuqurligi     2500 metrdan yuqori quduqlar uchun  4-7%  (ammo 3,5  MPa 
dan oshmasligi kerak); 
-  Murakkab  sharoitli  quduqlarni  va  gazli  gorizontlarni  burg’ilashda 
burg’ilash  eritmasining  zichligini  va  qovushqoqligini  har    10-15  minutda;  SNS 
ko’rsatkichi, suv bera oluvchanligi va  haroratini har 1 soatda o’lchab turish kerak. 
Burg’ilash  eritmasining o’lchangan kattaliklari mahsus jurnalga yozib  boriladi; 
-  Burg’ilash eritmasi tarkibidagi gazning  miqdori  1% dan oshib   ketgani 
ma’lum bo’lganda, eritmani darhol gazsizlantirish kerak,  keyin esa buning sababi 
(qatlam  ishga  tushishi,  eritma  ko’pirib    ketishi)  aniqlanadi  va  bartaraf  etish 
choralari ko’riladi; 


265 
 
-  Og’irlashtirilgan va kimyoviy qayta ishlangan burg’ilash  eritmalari bilan 
quduqni  burg’ilash  jarayonida,  burg’ilash    maydonchasida  yetarli  miqdorda 
(geologik-texnik  sharoitni  hisobga  olgan  holda)  kimyoviy  reagentlar  va 
og’irlashtiruvchi  materiallar zahirasi bo’lishi kerak.  
 

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish