LABORATORIYA STENDI №3……………………………………………………….
LABORATORIYA STENDI №4……………………………………………………….
LABORATORIYA STENDI №5………………………………………………………. Hulosa....................................................................................................
Adabiyotlar ro‘yxati.............................................................................
KIRISh
Electronics Workbench (Multisim) kompyuter dasturi oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy tadqiqot muassasalarida keng ko‘lamda ishlatilmoqda, bunga sabab, u o‘zida dunyodagi ko‘zga ko‘ringan ishlab chiquvchilar elektron qurilmalari modellarini, katta hajmda komponentlar kutubxonalarini mujassamlashtirgan.
Dastur qimmat turadigan uskunalar o‘rnini bosa oladigan modellarni yarata oladi. Hozirgi paytda tibbiyotning barcha sohalarida , jumladan tibbiy diagnostikada, fizioterapiyada va tibbiy-biologik tadqiqotlarda electron qurilmalarning murakkabligi va qilinadigan ishlarning katta hajmi zamonaviy elektron qurilmalarni ishlab chiqishda va qo‘llashda modellashtirishning kompyuter usullaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Electronics Workbench (Multisim) kompyuter dasturi muomalada oddiy bo‘lib, kompyuter texnikasi bo‘yicha chuqur bilimlarni talab qilmaydi, shu sababli o‘quv jarayonida ko‘p masalalar va tajribalarni, jumladan raqamli elektronika elementlarini ishlatishni, talabalar tomonidan bajarilishiga imkoniyat yaratib beradi.
Electronics Workbench (Multisim) dasturi soddaligi va yaqqolligi uni tezda o‘zlashtirib olishga imkon beradi. Dasturni o‘rganib olish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
– dastur ishchi oynasida qurilma elektr sxemasini modellashtirish;
– sxemaga funksional generator, voltmetr, ampermetr, ossillograf kabi asboblarni ulash;
– manba virtual tugmasini bosib sxemani aktivlashtirish;
– davriy jarayon ossillogrammalarini va qurilma amplituda-chastota
xarakteristikalarini tahlil qilish va hotirada saqlab qolish ( bu ma'lumotlar tajriba ishlarini rasmiylashtirishda kerak bo‘ladi).
Laboratoriya stendlarida diagnostika va fizioterapiya qurilmalarining va ular qismlarining soddalashtirilgan prinsipial sxemalari keltirilgan.
Laboratoriya ishlari virtual hisoblanadi, lekin bu dasturda real elektr sxemalari katta darajadagi aniqlikda modellashtiriladi.
Talaba mustaqil ravishda elektr sxemalarini o‘zi yig‘adi, sozlaydi, o‘lchov asboblarini ulaydi va sxemaning ishlashini kuzatadi, kerakli o‘lchash amallarini bajaradi.
Tibbiy diagnostika qurilmalarida shu narsani ta'kidlash lozimki, juda kichik signallar – biopotensiallar kuchaytirilishi kerak. Masalan, elektrokardiografiyada biopotensiallar 0,1 dan 5,0 mV gacha, elektroensefalografiyada 0,02 dan 0,3 mv gacha, elektromiografiyada 0,01 dan 1,0 mv gacha, elektrookulografiyada 0,02 dan 2 mv gacha, teri –galvanik reaksiyalarida 1 dan 100 mv gacha kuchlanishlarga ega bo‘ladi. Shu sababli modellashtiriladigan sxemalarning sezgirligi yetarli darajada katta bo‘lishi kerak.
Electronics Workbench (Multisim) dasturi bu talablarga javob beradi. Sekin o‘zgaruvchi biopotensiallarni kuchaytirish uchun o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari qo‘llaniladi.
Uslubiy qo’llanmada keltirilgan laboratoriya stendlarida kuchlanishni ko‘paytirish, stabilizatsiya qilish, chegaralash, galvanizatsiya va elektroforez qurilmasi sxemasi, yolg‘onlik detektori ( poligraf)ning soddalashtirilgan sxemasi, qon aylanishi tezligini o‘lchashda qon urishi (bienie)ning signallari spektral analizi sxemasi, elektrokardiografning soddalashtirilgan sxemasi, elektroakupunktur (elektr igna) stimulyatorning soddalashtirilgan sxemasi ko‘rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |