Stress, psixologik ta’rifiga ko’ra, affektiv holatga yaqin turadigan, lekin davomiyligiga ko’ra kayfiyatga yaqin bo’lgan his- tuyg’ular boshdan kechirilishining alohida shakli bo’lib, kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha «stress»– tazyiq ko’rsatish, zo’riqish degan so’zdan olingan)dan yoxud hissiy zo’riqishdan ibo- ratdir. Hissiy zo’riqish xavf-xatar tug’ilgan, kishi xafa bo’lgan, uyalgan, tahlika ostida qolgan va shunga o’xshash vaziyatlarda ro’y beradi. Psixologiya faniga «stress» tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Sele hisoblanadi. Uning talqini bo’yicha «stress – inson organizmiga qo’yilgan ortiqcha talabdir» .
Do'stlaringiz bilan baham: |