O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAL AL-XORAZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
RADIO VA MOBIL ALOQA FAKULTETI
“Mobil aloqa
texnologiyalari”
kafedrasi
SIMSIZ ALOQA
fanidan laboratoriya ishlari to‘plami
Toshkent 2021
KIRISH
№1-laboratoriya ishi. Simsiz aloqa tizimlarini tadqiq qilish
Ishdan maqsad
Topshiriq
Simsiz aloqa tizimi BS va AS orasidagi ishonchli qabullash maksimal masofasini (1-zonaning radiusini) aniqlash.
1.1-rasm. BS va ASning joylashishi
Hisoblash
Dastlabki berilganlar:
Rn – uzatkichning nominal quvvati, Vt
f – o‘rtacha ishchi chastota, MGs
h2 – qabullash antennasining balandligi, m
Es – AS qabullash punktidagi signal maydonining talab qilinadigan kuchlanganligi, dB
∆h (∆h1 va ∆h2) – xizmat ko‘rsatish zonasidagi joyning relefi:
Vf – filtrlar va antenna ajratkichlaridagi so‘nish, dB;
α – fiderdagi metrga so‘nish, dB/m.
1.1-javdal
Antennalar parametrlari
Antenna turi
|
E,
|
KK,Du , dB
|
1. YArim to‘lqinli vibrator
|
360
|
0
|
2. Bitta to‘lqinli vibrator
|
180
|
1,6
|
3. Yarim to‘lqinli shuntli vibrator
|
360
|
0
|
4. Chorak to‘lqinli shtыr
|
360
|
0
|
5. “To‘lqin kanali” turdagi etti elementli antenna
|
55
|
8,0
|
6. To‘lqinli vibratorlardan to‘rtta qavatli antenna
|
60
|
7,3
|
7. To‘lqinli vibratorlardan ikki qavatli antenna
|
70
|
3,6
|
BS va AS antennalari sifatida antennalar ixtiyoriy tanlanadi.
1) Mahalliy sharoitlarni hisobga olish bilan BSni joylashtirishning eng to‘g‘ri keladigan variantini tanlash uchun xizmat ko‘rsatish radiusini aniqlash maqsadida antennalarning turli balandliklari qiymatlarini olamiz:
h1=30, 50, 70, 100, 150, 200, 300 m. (1.1)
Hisoblashda BS jihozlari tayanchning ostida qoladi, antenna fiderining uzunligi esa h1 balandlikning ortishi bilan ortadi va fiderning umumiy so‘nishini oshiradi.
2) BS antennasining barcha balandliklari uchun fiderning so‘nishini hisoblaymiz:
Bf = h1· , dB, (1.2)
3) olingan ma’lumotlarni jadvalga kiritamiz
1.2-jadval.
BS antennasining barcha balandliklari uchun fiderning so‘nishi
Uzatish antennasining balandligi, m
|
Fiderdagi so‘nish,
dB
|
30
|
|
50
|
|
70
|
|
100
|
|
150
|
|
200
|
|
300
|
|
4) Uzatkichning nominal quvvatini 1kVtdan farqlanishini hisobga oladigan Vr.n – tuzatishni quyidagi formula bo‘yicha hisoblaymiz:
, dB (1.3)
5) Qabullash antennasining balandligini 1,5 mdan farqlanishini hisobga oladigan Vh2 – tuzatishni quyidagi formula bo‘yicha hisoblaymiz:
Vh2=10lg(1,5/h2), dB (1.4)
Bu erda h2 – AS qabullash antennasining balandligi.
6) Joyning relefini hisobga oladigan Vrel - tuzatishni quyidagi tartibda aniqlaymiz. Joyning relefini hisobga oladigan Vrel – tuzatishni aniqlash uchun grafik 1-rasmda keltirilgan.
Keyingi barcha hisoblashlarni ikkita chegaraviy hollar – joy relefi balandligining o‘zgarishi minimal ahamiyatga ega bo‘ladigan (h1 – eng yaxshi variant) va maksimal ahamiyatga ega bo‘ladigan (h2 – eng yomon variant) hollar uchun amalga oshirish zarur.
Mos ravishda har ikkala hollar uchun joyning relefini hisobga oladigan Vrel – tuzatish hisoblanadi. Vrel koeffitsient bu h va r100 km uchun 1a (qishloq joylari) va 1b (shahar joylari) rasmlardagi grafiklar bo‘yicha olingan o‘rtacha arifmetik qiymatlar sifatida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |