Muhammadsharif Gulxaniy Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri - XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan. IKKI TAXALLUS - Jo‘shqin fe’lligi va olovqalbligi tufayli o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan.
- Keyinchalik she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan.
ADABIY MEROS - Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qasidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan.
Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz adabiyotni o‘qib o‘rgangan. - Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz adabiyotni o‘qib o‘rgangan.
- Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan.
Gulxaniy O‘ZBEK va TOJIK tillarida yaratgan «Barmog‘im», «Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan. - Gulxaniy O‘ZBEK va TOJIK tillarida yaratgan «Barmog‘im», «Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan.
“ZARBUL- MASAL” Zarbulmasal nima? - «Zarbulmasal» arabcha “zarb” va “masal” so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, «MASALLAR YIG‘INDISI» ma’nosini beradi.
- Zarbulmasal bo‘lish - el og‘ziga tushish, afsona bo‘lish, mashhur bo‘lish ma’nolarida ham keladi.
- Masal so‘zi o‘tmishda biz hozir qo‘llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so‘zga maqol qo‘shib gapirish, o‘xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi.
BILASIZMI?
«Zarbulmasal»da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. - «Zarbulmasal»da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud.
«Zarbulmasal» xalq orasida «Yapaloqqush hikoyasi» nomi bilan mashhur. - «Zarbulmasal» xalq orasida «Yapaloqqush hikoyasi» nomi bilan mashhur.
- «Zarbulmasal» - hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg’ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir. Shoir qush haqidami, tuya haqidami, chayon yoki toshbaqa haqidami yozmasin, hamisha odamni ko’z oldiga keltirib asar yozgan.
Qisqasi - Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahramonlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo’lishiga bog’liq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush -bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o’zidan ham sarmoyaliroq, taniqliroq kishi bilan quda bo’lishni orzu qiladi. O’zidan balandlarga intilgani uchun ham o’g’liga Kulonkir sulton deb ism qo’yadi, Boyqush bilan quda bo’lishga urinadi. Va hikoya ichida hikoya tarzida davom etadi…
KABUTAR BILAN ZOG‘ - Hakimi hoziq bir gulistoni ruhafzog‘a doxil bo‘ldi. Ko‘rdiki, bir shox uzasinda Kabutar ila Zog‘ nishast qilib o‘lturubdur. Ikkisi bir-biriga vahshat bila nazar qilur, ulfati baror kelmas...
MAYMUN BILAN NAJJOR - Hindistonning Kashmir viloyati atrofidagi tog‘da bir maymun rohat-farog‘atda, o‘rmondagi daraxtlarning behisob mevalaridan xohlaganicha totinib, umrguzaronlik qilar edi. Nogoh bu tog‘ o‘rmoniga bir najjor, ya’ni duradgor yog‘och kesish uchun keladi.
TUYA BILAN BO‘TALOQ Bor edi Farg‘onada bir sorbon, Tevasi bor erdi, tug‘ub nogahon. Ahli ayoli ani bor erdi cho‘x, Ozuqadin kulbasida narsa yo‘x… TOSHBAQA BILAN CHAYON Sangpusht Iroqdin Hijozga borur erdi. Bir Chayon anga yo‘ldosh bo‘ldi…Ammo Chayonga inon-ixtiyorini verub, bodiyalar qaf edub borur erdi. BILIMINGIZNI SINANG! - «Kabutar bilan Zog‘» hikoyatidan qanday ma’no uqdingiz?
- Qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda bo‘ladi, degan fikr qaysi masalda aks etgan?
- «Tuya bilan Bo‘taloq» hikoyati nima haqda? Bo‘taloq onasidan nega xafa bo‘ldi?
- «Toshbaqa bilan Chayon» hikoyati mazmuni orqali qanday ibratli fikr ilgari surilgan?
- «Zarbulmasal»dan keltirilgan naqllardagi odamlarning latifanamo holatini sharhlang.
- O‘z ahvolidan doim shikoyat qilib yurish, noshukurlik illatlari haqida so`zlang.
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |