Undosh tovushlar tasnifi
O’pkadan kelayotgan havo oqimi bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida tovush paychalarini biroz titratib, og‘iz bo‘shlig‘ida turli-tuman to‘siqlarga uchrasa, undosh tovushlar hosil bo‘ladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud bo‘lib, ular yozuvda 20 ta harf, 3 ta harfiy birikma orqali ifodalanadi: Bb, Dd, Ff, Gg, Hh, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Vv, Xx, Yy, Zz, G‘g‘ hamda Shsh, Chch, ng. Harflar sonining tovushlar sonidan kamligiga sabab j harfi 2 ta tovushni ifodalaydi: jo‘ja, javob, jannat – vijdon, jirafa, jurnal.
Do'stlaringiz bilan baham: |