Muhammadiyeva sohibaning


Oilada ma’naviy - axloqiy munosabatlarni negizi va mazmuni



Download 68,18 Kb.
bet3/5
Sana22.04.2022
Hajmi68,18 Kb.
#571895
1   2   3   4   5
Bog'liq
SHAXS MA\'NAVIY YUKSALISHIDA QADRIYATLARNING AHAMIYATI

1.2. Oilada ma’naviy - axloqiy munosabatlarni negizi va mazmuni
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. „maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi“, degan edi OʻzR Birinchi Prezidenti I. A. Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti. Qadriyat tushunchasi - juda kеng tushuncha. Uning bir qismi - ma'naviy qadriyatlardir. Milliy ma'naviy qadriyatlar - «milliylik», «ma'naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kеsishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.
«Milliy ma'naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta'rif bеrish mumkin: Muayyan millat, shu millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma'naviy boyliklar, amallar va tamoyillar, g`oyalar va mе'yorlar milliy ma'naviy qadriyatlardir.
Har bir xalqning o`zi uchun e'zozli, qimmatli bo`lgan ma'naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kеlgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, qirg`iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalar, frantsuzlar Parijdagi Luvr saroyi, o`zbеklar Samarqandu-Buxoro va Xiva bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Millat va elatlarning o`ziga xos tarixiy mеrosi, san'ati va adabiyoti bilan bir qatordaularning urf-odat va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari  ham ma'naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o`ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol o`ynaydi. Milliy ma'naviy qadriyatlarda xalqning dunyoqarashi va hayotga munosabati, ichki tabiati va turmush tarzi o`z ifodasini topadi. Bularda millatning ruhiy olami va tafakkurtarzi, orzu-umidlari va idеallari, vijdoni va or-nomusi aks etadi. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o`ziga xos mеzon vazifasini o`taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydo bo`layotgan faoliyat turlari va rasm-rusumlarga baho bеriladi. Yosh avlodning hayotiy mo`ljallari, «zamona qahramoni» haqidagi tasavvurlari ham ma'naviy qadriyatlardan kеlib chiqib shakllanadi. Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o‘zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan-asrlarga o‘tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy va ma’naviy jarayonlarning sa’ra namunalaridir. Zero, qadriyat bu - millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini belgilab beruvchi muhim omildir. Bizga ma’lumki har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo‘lib, u xalqning ko‘zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma’naviyatida, ongi-shuurida, o‘zaro muloqotida aks etib, o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, shu tufayli ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari xodisalaridir. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab quyidagi: Milliy; Diniy; Mintaqaviy; Umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, insonlar ijtimoiy hodisalarga turli xil munosabatda bo‘lish asosida ularning dunyoqarashi, yashash tarzi, mentaliteti shakllanadi. Milliy qadriyatlar millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Bulardan tashqari, milliy qadriyatlar tabiatiga ko‘ra, tor doiralar bilan cheklanib qolmaydi, balki rivojlanib, turmush jarayoni chig‘iriqlaridan o‘tib, yangilanib, boshqa xalqlar qadriyatlarining yutuqlari bilan to‘ldirilib, boyib boradi. Bizga ma’lumki xalqimizning ming yillardan beri sayqallanib muhimligi jihatidan o‘zining ahamiyatini saqlab kelayotgan o‘ziga xos milliy qadriyatlar tizimi mavjud. Bu qadriyatlar tizimi, yillar silsilasi, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar ta’sirida shakllanib kelmoqda. Milliy qadriyatlarimiz millatimizning naqadar muhim, jozibador, insoniyat hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bot-bot isbotlab, millat ruhini o‘zida aks ettirib kelmoqda. Bu qadriyatlar tizimini millat taraqqiyotining asosiy omili deb ta’kidlash o‘rinli. Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligidir. Uni avaylab-asrash, rivojlantirish, boyitish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir. Barchamizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy g‘oya”, “o‘zlikni anglash”, “milliy tiklanish”, “ijtimoiy adolat”, “milliy ong”, “milliy g‘urur”, “milliy iftixor”, “Vatanparvarlik” kabi atamalar paydo bo‘ldi. Bu atamalar, bir maqsad sari: “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot” barpo etishda xalqimizni birdam va hamjihatlikda xarakat qilishga undab kelmoqda. Zero, istiqlol ayni paytda milliy o‘zlikni anglash demakdir. Yurtimizda inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, uning qadr-qimmati, sha’ni, ezgu qarashlari ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan inson sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmush sharoitini, bilimi va madaniy-ma’rifiy saviyasini rivojlantirish, salomatligini yaxshilash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi” bosh qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. Hozirgi kundagi yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mazmun-mohiyati ham aynan shundadir. Milliy qadriyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Umuminsoniy qadriyatlar ko‘lami va mazmuni jihatidan chuqur va keng qamrovli bo‘lib, barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad intilishirini o‘zida mujassamlashtirgan. Milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar bilan qanchalik ko‘p uyg‘unlashgan bo‘lsa, ularning rivojlanishiga, ommalashishiga keng imkoniyat yaratadi. Umuminsoniy qadriyatlar tizimi insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bog‘liqligi va umumbashariy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bular: Inson va uning qadr-qimmati ardoqlanishini, barcha millat va elatlar tinch –totuvlik asosida o‘zaro hamkorlikda yashash, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, tinchlikni saqlash, genotsidga nisbatan nafrat, qirg‘in qurollarini to‘xtatish, tabiatni muhofaza qilish kabalarni o‘zida namoyon etadi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Umuminsoniy qadriyatlar biz istiqomat qiladigan kurrai zaminda yashayotgan barcha millat va elatlarning manfaatlarini himoya qiladi. Shuningdek, insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazishni nazarda tutadi. Bu umuminsoniy qadriyatlarning bosh mezonidir.



Download 68,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish