Muhammad yusuf sheʼrlaridan onaizor



Download 278,51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.01.2021
Hajmi278,51 Kb.
#55557
Bog'liq
MUHAMMAD YUSUF SHEʼRLARIDAN



 

MUHAMMAD YUSUF SHEʼRLARIDAN 

 

 

 



Onaizor 

  

Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, 



Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham… 

Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham – 

Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u… 

  

Sigʻmay qolsam shunday keng bu jahona, 



Osmonlarga ruhim boʻlsa ravona, 

Jonsiz tanim ustida ham parvona – 

Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u… 

  

Tonar boʻlsa qoʻlimdagi tor, dunyo, 



Uch kun oʻtmay unutgay doʻst-yor, dunyo. 

Yeru koʻkni titratib zor-zor, dunyo – 

Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u… 

  

Gulday kulib yurmasmidi, oʻgʻlim deb, 



Koʻrib koʻnglim toʻlmasmidi, oʻgʻlim deb, 

Onang oʻlsa boʻlmasmidi, oʻgʻlim deb – 




Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u… 

  

Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, 



Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham… 

Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham – 

Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u… 

 

 



Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim 

  

Qushday uchib quchogʻingdan dunyo kezdim, 



Kezib-kezib topganlarim sogʻinch boʻldi. 

Qancha olis ketsam shuncha qadring sezdim, 

Qayda yursam yodi mehring ovunch boʻldi. 

Aylanayin qaro qoshu koʻzingdan-a, 

Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim, oʻzingdan-a. 

  

Birov uchun birovlar tush koʻrib bermas, 



Minnat qilmay bir bogʻ oʻtin oʻrib bermas. 

Bayramingda oylab bazm qilgan kaslar 

Boshingga ish tushsa turib bermas. 

Nomus kuyi tushmasin hech boʻgʻzingdan-a, 

Oʻzingdan koʻymasin, xalqim, oʻzingdan-a. 

  

Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu, 



Toy qoqilib ot boʻlguvchi yaylovdir bu, 

Ranj chekmasang nurli, nurli tonglar qayda 

Sinovdir bu, balki buyuk sinovdir bu. 

Bosh ketsa ham qaytma endi soʻzingdan-a, 

Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim, oʻzingdan-a. 

  

Boldan shirin tatir qora bugʻdoying ham, 



Oʻzingdan boʻlsa gar shohu gadoying ham. 

Bir tanu jon, bir-biringdan rozi yursang, 

Xudoyim ham sendan rozi, Xudoyim ham. 

Gohi ipak, gohi yaktak, boʻzingdan-a, 

Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim, oʻzingdan-a. 

  

Er boshiga ish tushsa oʻt kechguvchidir, 



Chidaymiz-da, bu zahmatlar oʻtkinchidir. 

Hurliging haq – qolgan bari oʻtaversin, 

Bu dunyoda eng yorugʻ baxt – el tinchidir. 

Ayirmasin beminnat non, tuzingdan-a, 

Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim, oʻzingdan-a. 

 



 

Download 278,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish