Muhammad Yusuf (1954-2001)



Download 261,82 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi261,82 Kb.
#467295
Bog'liq
Muhammad Yusuf


Muhammad Yusuf (1954–2001)
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida tahsil olgach, 1998 yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritdi.
Muhammad Yusuf avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. El mehriga sazovor boʻldi.
Mustaqillikning ilk davrlaridayoq “Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston”, deya kurash maydoniga tushgan, Istiqlolni baralla kuylagan, vijdoni uygʻoq ijodkor Muhammad Yusufning hayot yoʻli, ijodi va qizgʻin ijtimoiy faoliyati yoshlarimiz uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Uning “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima ena allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Saylanma”, “Biz baxtli boʻlamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulugʻimsan, Vatanim” singari oʻndan ortiq sheʼriy toʻplamlari adabiyotimizning oltin merosiga aylandi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf oʻzbek sheʼriyati va qoʻshiqchiligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 1996 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi. Uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni, xalqimiz maʼnaviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida oʻzlikni anglash, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirish borasidagi xizmatlarini inobatga olib, 2013 yilning 27 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi hamda shoirning tavallud ayyomi milliy adabiyotimizning haqiqiy bayrami sifatida tantana qilindi.

VATANIM
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, 
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.
Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.
Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.
Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb 
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…
O`g`lim desang osmonlarga 
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…
O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.
Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan 
Ulug`imsan, VATANIM !
Buyuk yozuvchi o’z sheri orqali vatan madxini keng va juda juda chiroyli tarif etgan va juda chiroyli o’xshatishlar va qofiyalar orqali o’ta go’zal sher bitgan.Sher orqali yozuvchi buyuk tariximiz va bobolarimiz qilgan buyuk ishlari va vatan va yurt yo’lida chekkan azoblarini ochib bergan .
Men bu shoirimiz takrorlanmas sherlari orqali xalqimiz qalbida buyuk iz qoldirgan adibimizning ijodi keng qamrovli va takrorlanmas sherlari orasidan sher tanlash ham mushkul ish bo’ldi adibning xar bir sheri o’zgacha mano beradi o’zgacha mazmun kashf etadi.Shoir ijodi keng qamrovliligidan bitta sher tanlash ham oson bo’lmadi.
Sherda yuritilgan mavzu buyuk siymolar va ularning vatan yo’lida qilgan buyuk ishlarini o’ta chiroyli yoritgan uning Mexr qolur va Biz baxtli bo’lamiz xodo xoxlasa satrlari bilan boshlangan sherlari ham juda manoli va mazmunlidir.

U rostgo’y shoir, halol pokiza qalb egasi, shuning uchun ham uning sheriyati butun ma’naviyatiga to’la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo’shiq to’qiydimi, yoki tariximiz taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiyqatga hamnafaslik sezilib turadi.


Uning sherlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko’rinadi. Shoirning “Mexr Qolur” sherini eslang .

O’tar inson yaxshi yomoni


Mexr qolur muhabbat qolur
Shoir sheriyati ham shunday
Mexringizda , qalbingizda qo’shiq bo’lib qoladi.
Ona diyor va istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf noyob istedod egasi, odamlarni mehribon, sofdil mard va kamtarin inson edi.

Foydalanilgan adabiyotlar.


Wikipedia.uz sayti
Ziyonet.uz sayti
Download 261,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish