Muhammad Tarag‘ay


Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy



Download 61,49 Kb.
bet3/4
Sana09.03.2022
Hajmi61,49 Kb.
#487660
1   2   3   4
Bog'liq
seminarga

Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiyani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o‘rniaql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. SHunga ko‘ra o‘z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham xalqning, o‘z mamlakatining baxt-saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.
U bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshidamaktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.
Alisher Navoiy o‘zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o‘z zamonasiga etuk muddarislarini yig‘adi va ilm izlagan talabalar ana SHu madrasalarda peshvolaridan tahsil oldilar.
YAxshi xulq asosi-odob,u Navoiy nazarida barcha insoniy xislatlar boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos xislatlar ana shunga bog‘liq ravishda ta’rif beriladi. Navoiy o‘zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy-tarbiyaviy-axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlar deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik va boshqalarni tushungan, ana SHu xislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi kerak deb hisoblaydi.
Insonni har tomonlama etuk inson bo‘lib shakllanishida Navoiy jismoniy tarbiyani ham muhimligini ta’kidlab o‘tadi. Uni biz Navoiyning «Farxod va SHirin» asaridagi Farxod obrazida o‘z qahramonini jismonan etuk yaratganidan bilamiz. Uning qahramonlari har qanday qiyinchilikni o‘z kuchlari, aqli bilan bararaf etadi. U yana bola tarbiyasida oila ya’ni, ota-ona tarbiyasi muhimligini ta’kidlab o‘tadi. U tarbiya va ta’lim ota-ona hamda o‘qituvchi tomonidan olib borishi lozim deydi.
U o‘zining «Xamsa», «Maxbub ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya» asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko‘rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O‘z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o‘qituvchi xaqida gapirar ekan, muallim o‘z shogirdlarini ham, o‘zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo‘lishi zarur deydi. O‘ziga ham, o‘qituvchiga ham talabchan bo‘lishni o‘qituvchini jamiyatda obro‘li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda xurmat kilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy insonn­-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to‘g‘ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu xislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob xislatlarni tarbiyalash kerak deydi va axloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.
Alisher Navoiy “Xayratul- abror” dostonining o‘n birinchi maqolatida ilmni shunday sharhlaydi va uni quyosh,oy va kunduzga o‘xshatib, u insonni baxt-saodatga eltadi, demoqchi bo‘ladi.
“Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqo‘l, johil va ta’magirliklarini: Maktab tutuvchi gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga rag‘batlangan. Ularni kaltaklashga o‘rgangan. O‘zi rahmsiz, miyasi po‘lat va ko‘ngli toshdir. G‘azabli qoshi chimirilgan, gunohsizlarga achchiqlanishga odatlangandir, Ularning ko‘pchiligida ko‘ngil qattiqligi va ta’ma kasalligi oshkor va o‘zlari aql kamligiga giriftor. Ammo yosh bolalar tabiyatidagi qaysarlikni qiynalib rom qiluvchi va kichkinalarning olazarak harakatini do‘q bilan tartibga soluvchidir. Agarchi qiliqlaring qo‘polligi namoyondir, ammo o‘zlari yosh bolalar kelishmaganliklarini silliqlashtirishga yirik egovdir”, -deb qoralash bilan birga o‘qituvchi mehnatining haqqini xolisona baholaydi.
Alisher Navoiy o‘qituvchining xurmatini qanchalik joyiga qo‘ysa, unga bo‘lgan talabni xam shunchalik oshiradi. Ayniqsa madrasa mudarrislarining bilimli, fozil va dono, kamtar, ma’naviy pok bo‘lishlarini talab etadi: ”mudarris kerakki, g‘arazi mansab bo‘lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko‘rgizmasa va olg‘irlik uchun gap-so‘z va g‘avg‘o yurgazmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo‘lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o‘rin bo‘lmasa... YAramasliklardan qo‘rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o‘zini olim bilib, necha nodonga turli fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa; qilmas ishlarni qilmoq undan sodir bo‘lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo‘lib qolsa. Bu mudarris emasdir,yomon odatni tarqatuvchidir”.

Download 61,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish