Muhammad Sharif Gulxaniy. Test.
1. Gulxaniy she’rlarida yana qanday taxallusni qo’llagan?
a)Otashin b)Farhat c)Jur’at d)Azmiy
2.Gulxaniyning bizgachga yetib kelgan merosi nimadan iborat?
a)Zarbulmasal b)12 g’azal, 1 qasida c)5 muxammas d)a va b
3.Gulxaniyning qaysi g’azallarida lirik qahramonning kechinmalari ta’sirli ifodalangan? a)Ey to’ti, Lola ko’ksidek bag’rim b)Barmog’im ,Bideh c)Barmog’im , Ey to’ti d)a va c
4.Gulxaniyning qaysi g’azalida navkarlik davridagi ogir hayoti tasvirlangan? a)Bideh b)Barmog’im c)Amirim d)Ey, to’ti
5. “Ulug’ning borgohinda xiradmandi donish va aqli xiradi boxush qancha ko’b bo’lsa ham oz bo’lur” kimning tilidan aytilgan? A)Boyo’g’li b)Yapaloqqush c)Ko’rqush d)Kordon
6. Podshohi olamga 3 toifadan guzir yoqdur. Bularga qaysi biri kirmaydi?a)olim b) askar c)vazir d)munshiyi
7. “Zarbulmasal” ga qancha hikoya va masallar kiritilgan? a)400 b)15 c)20 d) a va b
8. “Zarbulmasal”ga quyidagi qaysi asar va ijodkorlarning ijodidan namunalar kiritilgan?
1.Kalila va Dimna 2.Ganjaviy 3.Silailat uz-zahab 4.S.Sheroziy 5.Bedil 6.Dehlaviy 7.Navoiy 8.Fuzuliy 9.Ogahiy 10.S.Olloyor 11.Munis a)1,3,4,6,7,10 b)1,2,3,47,10 c)2,5,8,9,11 d)1,3,4,6,8,10
9. “Zarbulmasal” asari haqida berilgan to’g’ri fikrlarni aniqlang
1) xalq orasida Yapaloqqush hikoyasi deyilgan 2) “Tuya bilan bo’taloq” masalida erki o’zida bo’lmagan inson fojiasi tasvirlangan 3) “Maymun bilan najjor” masalida qo’lidan kelmagan ishga uringan kishi sharmanda bo’ladi degan fikr ilgari surilgan 4) “Toshbaqa bilan chayon” masalida do’st tanlashda adashmaslik kerakligiga e’tibor berilgan 5) “Maymun bilan najjor” masalida voqealar Qo’qonda bo’lib o’tadi 6) “Tuya bilan bo’taloq” masalida voqealar Farg’onada bo’lib o’tadi 7) “Kabutar bilan zog’” masalida o’z o’rnini bilmagani uchun nobud bo’lgan qahramon bor A) 1,3,5,6,7 B) 1,2,3,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 3,4,5,6,7
10.Qaysi masalda sohibi fahm-farosatli, safarlarda yurib ko’p tajriba orttirgan obraz bor? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
11.Qaysi masalda o’qur edi qissai “Hubbul vatan’ deb ta’riflangan qahramon bor? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
12.Qaysi masalda 3 xil nom bilan atalgan qahramon bor ? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
13.Qaysi qahramon yelkasida qurol ko’tarib yurgan soqchiga o’xshatilgan? a)toshbaqa b)duradgor c)chayon d)maymun
14.”Eshak o’yuni qirq yilda va yana it o’yuni bor anda” maqoli qaysi masalda ishlatilgan? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
15.Qaysi qahramon Iroqdan Hijozga sayohat qilayotgandi? A)maymun b)toshbaqa c)duradgor d)chayon
16.Qaysi masalda “Farhod va Shirin ”dostoniga ishora qilingan? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
17. Qaysi masalda Dehlaviyning asari yodga olinadi? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
18.”Zarbulmasal”da qaysi qahramon oyoqyalang u u yoqdan bu yoqqa yuruvchi posbonga o’xshatilgan? A) sangpo’sh B) maymun C) kajdum D) najjor
19.Yodgor po’stindo’z 15 yoshida qayerda hozir edim deydi? a)Nuh kemasini itarganda b)Yasaviy xonaqohini obod qilishda c)Qul Muhammad Bahodir yonida
d)Ibrohim alayhissalomni kofirlar manjanaqqa solib otganda
20.Qaysi masalga ustoz ko’rmagan shogird har maqomga yo’rg’alar maqoli mos tushadi? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
21. Gahi topdim falakdin notavonlig’,
Gahi ko’rdim zamondin komronlig’,
Base issiq, sovuq ko’rdim zamonda,
Base achchiq, chuchuk totdim jahonda. Parchaning janrini aniqlang. A) qit’a B) bayt C) fard D) masnaviy
22. Qaysi shoirning nomi podshoh ma’nosini anglatadi? A) Nizomiy Ganjaviy B) Xusrav Dehlaviy C) Jomiy D) Navoiy
23. Qaysi asarda hayotning dolzarb muammolari, turli odamlar o’rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarsi va udumlari haqida majoziy uslubda so’z yuritiladi? A) 36.“Mahbub ul-qulub” B) “Zarbulmasal” C) “Sobiq” D) “Yulduzli tunlar”
24. Qaysi asarda ho’l shoxni quruq shohga payvand qiladigan bog’bon tilga olinadi? A) “Mahbub ul-qulub” B) “Zarbulmasal” C) “Sobiq” D) “Yulduzli tunlar”
25. Qaysi masalda farg’onalik bo’lgan obraz uchraydi? a)Maymun bilan najjor b)Toshbaqa bilan chayon c)Tuya bilan bo’taloq d)Kabutar bilan zog’
Do'stlaringiz bilan baham: |