Toshmuxammad Alievich Sarimsoqov
Toshmuxammad Alievich Sarimsokov — o‘ttizinchi yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti dargohida, prof. V.I. Romonovskiy raxbarligida tarbiyalanib, o‘sib unga mashxur sovet olimi, davlat jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari daktorn, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, o‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, O‘zbekistonda funktsional analiz va topologiya maktabining asoschisi, davlat mukofotining laureatai, Mehnat qaxramoni.
T.A.Sarimsokov 1915 yil 10 setyabrda Farg‘ona hozirgi Andijon oblastining SHaxrixon qishlog‘ida dehkon oilasida tug‘ildi. O‘rta ma’lumotni Qo‘qon shaxridagi M.I. Kalinin nomli maktabida va O‘ra Osiyo Davlat universitetining tayyorlov bo‘limida oldi. 1931 yilda O‘rta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakul’tetiga kirdi. Universitetni 1936 yilde tugatgach, ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga aspiranturada koldirildi shu davrda u fizika-matematika fanlari kandidati ilmiy darajasini olish uchun «Ikkinchi tartibli defferentsial tenglamalar integrallarining ildizlari taqsimoti va algebraik tenglamalarni asimtotik yechimlari» degan temada dissertattsiyani yokladi va shu yili unga dottsent ilmiy unvoni berildi. 1939-1941 yillarda umumiy matematika kafedrasining mudiri va fizika-matematika fakulьteti dekanining muovini, 1941-1942 yillarda Sovet armiyasi safida xarbiy meteorol vazifasida xizmat qildi. 1942 yilda «mumkin bo‘lgan xolatlari sanoqli bir jinsli tasodifli jarayonlar nazariyasiga doir» degan temada doktorlik, dessertatsiyasini yokladi va unga professor unvoni berildi.
1943 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil bo‘lganda birinchilar qatorida akademiyaning xaqiqiy a’zosi etib saylandi.
T.A. Sarimsoqov mamlakatimiz va chet el matematika jamoatchiligi orasida ehtimolliklar nazariyasi, matematik analiz, umumiy topologiya va ularning tadbiqi sohasidagi chuqur tadqiqotlar muallifi sifatida tanilgan.
T.A.Sarimsoqov ilmiy kadrlar tayyorlashga katta ahamiyat beradi. Uning rahbarligida 40dan ortiq fizika–matematika fanlari kandidati tayorlangan. U.S.H. Sirojiddinov, SV. Nagaev, M.Ya. Antonovskiy, Yo. Qo‘chqorov, Sh.Ayupov va boshqa yirik olimlarning ilmiy ijodlariga katta ta’sir ko‘rsatgandir.
T.A. Sarimsoqov yirik pedagog. U ToshDUni tugatgan vaqtdan (1936 y) boshlab universitetda dars berishni to‘xtatmagan. ToshDU matematika fakultetida bir qator maxsus kurslar va fuktsional analiz, fuktsiyalar nazariyasi asosiy kurslaridan lektsiyalar o‘qiydi. Ilmiy seminarlarga rahbarlik qildi. O‘zbek tilida chop etilgan «Xaqiqiy o‘zgaruvchining fuktsiyalari nazariyasi», «Funktsional analiz» kabi original darsliklarning, 5 monografik va 200 dan ortiq ilmiy maqolalarining muallifi.
T.A.Sarimsoqov respublikada taniqli jamoat arboblaridan biri:
O‘zbekistonda xalkaro ilmiy kongres va konferentsiyalarda ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |