Taqrizchilar:
Ibrohimov A.R
“Kiberxavfsizlik
markazi”
DUK,
Kiberxavfsizlik
boshqarmasining
Axborot
tizimlari
kiberxavfsizlik
bo’limi bosh mutaxxasisi.
Nasrullayev N.B.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, “Axborot
xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi dotsenti, PhD.
Uslubiy ko’rsatma
“Axborot xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi majlisida
ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.
( __ ___________2021 yil ___ – sonli bayonnoma).
Uslubiy ko’rsatma
“Axborot xavfsizligini” fakultetining ilmiy-uslubiy
kengashida tasdiqlangan.
( __ ___________2021 yil ___ – sonli bayonnoma).
3
Uslubiy ko’rsatma
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlangan.
( __ ___________2021 yil ___ – sonli bayonnoma).
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2021 y.
4
KIRISH
Uslubiy ko’rsatmada tarmoq qurilmalarida - Telnet, SSH masofadan
ulanish protokollarini sozlash, komutatorlarda Port Securityni sozlash, tarmoq
qurilmalari xavfsizligini tahlil qilish, STP, RSTP, LACP, PAgP, VTP, OSPFni
sozlash, RIP, EIGRP va BGP, kirish ro'yxatini sozlash (standart, kengaytirilgan),
NAT / PAT texnologiyasini sozlash, SCP, SNMP protokollarini o'rnatish va jurnal
fayllarini tekshirish, shuningdek AAA serverlarida autentifikatsiya rejimini
o'rnatish (RADIUS, TACACS+) ), DHCP Snooping - xavfsizlik texnologiyasini
tahlil qilish, tarmoqdagi ARP Poisoning hujumlarini tahlil qilish, ASA xavfsizlik
texnologiyasini o'rnatish, PPTP, L2F, L2TP va IPSec protokollarini o'rganish,
korxonalarda VPN tarmog'ini yaratish, tarmoq marshrutizatorlarida DMZ o'rnatish,
tarmoq muammolarini bartaraf etish. Troubleshooting, firewall, IDS / IPS dasturini
o'rnatish va sozlash uchun asosiy xavfsizlik sozlamalarini o'rnatish bo'yicha
laboratoriya ishlari shaklida keltirilgan.
"Tarmoq xavfsizligi" fani ixtisoslik fani bo'lib, ta’lim yo’nalishining 3-
bosqichida o'qitiladi. Ushbu fanni o'rganish uchun "Axborot xavfsizligi" va
"Ma'lumotlar bazasi xavfsizligi" kabi axborot xavfsizligi bilan bog'liq fanlar
bo'yicha bilim va ko'nikmalar talab etiladi.
Uslubiy ko'rsatmalar laboratoriya ishlarning mavzusi, ishning maqsadi,
laboratoriya ishlarning tartibi, laboratoriya ishlar uchun topshiriqlar va nazorat
savollari kabi tarkibiy qismlardan iborat.
O'quv semestri davomida talabalar laboratoriya ishi ko'rsatmalariga asosan
topshiriqlarni bajarish va yozma hisobotlarni topshirishlari shart. Laboratoriya
mavzusidan qat'i nazar, har bir hisobot quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo'lishi
kerak:
1. Sarlavha.
2. Ishning mavzusi va maqsadi.
3. Asosiy qism.
4. Nazorat savollariga javoblar.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |