78
3.
ACL qanday maqsadlarda ishlatiladi?
4.
Video trafikni o‘tkazmaslik uchun qanday buyruq yoziladi?
5.
Internet trafigini o‘tkazish uchun qanday buyruq yoziladi?
6.
ACL ro‘yxati tarmoqning qaysi mezonllar bo‘yicha trafiklarni filtrlaydi?
8 – laboratoriya ishi
Mavzu: Marshrutizatorlarda NAT/PAT texnologiyasini sozlash
Ishdan maqsad:
Manzillarni
translatsiya qilish
(NAT) tamoyillari va
vazifalarini tadqiq qilish va amaliy ko`nikmaga ega bo’lish.
Topshiriq
–
Cisco packet tracer muhiti asosida tarmoqni tuzilishini yarating
–
Tamoqdag har bir R1, R2 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang
va
tekshiring
–
Statik NAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring
–
Dinamik NAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring
–
PAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
NAT (Network Address Translation) - bu TCP /
IP tarmoqlarida tranzit
paketlarning IP-manzillarini translatsiya qilish (o’zgartirish, almashtirish) imkonini
beradigan mexanizm. NAT bu TCP/IP tarmoqlarida, paketlarning IP addressini bir
tarmoq segmentidan boshqa tarmoq segmentiga o'tish paytida o'zgartirish
texnologiyasidir. NAT da xususiy (Private) IP manzilni ro'yxatdan o'tkazilgan
ommaviy (Public) IP manzilga translatsiya qilishdan iborat. Umuman olganda,
tarmoqda 2 xil ip adreslar ishlatiladi:
1.Public - ommaviy adreslar(Белый ip-аdres)
2.Private – xususiy adreslar(Серый ip-аdres)
79
Xususiy ip adreslar – bu lokal tarmoqda
ishlatiladigan ip adreslar
hisoblanadi. Deyarli barcha ishxonalarda quyidagi 3 xil diapozondagi xususiy ip
adreslar ishlatiladi:
10.0.0.0/8 (10 dan boshlanadigan ip adreslar)
172.16.0.0/12 (172.16.0.0 dan 172.31.255.255 gacha)
192.168.0.0/16 (192.168.0.0 dan 192.168.255.255 gacha)
Public (ommaviy) adreslarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Nimaga
bunday
bo’lingan?
Lokal
tarmoqdagi
ip
adreslar
marshrutizatsiyalanmaydi. Public ip adreslar marshrutizatsiyanadi.
Bu degani
yuqoridagi 3 ta diapozondagi ip adreslarga internet orqali boshqa joyidan turib
ulanib bo’lmaydi. Public ip adreslarga ulanib bo’ladi.
Shuning uchun veb-
serverlar, onlayn o’yin serverlari va boshqalar public ip adresga ega.
8.1-rasm. Manzillarni translatsiya qilish
NAT texnologiyasining 2 ta asosiy vazifasi mavjud:
1. Ichki tarmoq ip adreslarini tashqi tarmoqqa ko'rsatmaslik.
2. Ipv4 adreslarning yetmay qolish muammosini ma'lum darajada hal etish.
80
Bundan tashqari NATning bir necha nomlari bor: IP Masquerading,
Network Masquerading va Native Address Translation.
Translatsiya IP-manzil
yoki port raqamlari bo`yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya bir tomondan,
IPv4 manzillarining yetishmasligini oldini
oladi hamda boshqa tomondan
tarmoqning xavfsizligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
NAT ko'pincha korporativ tarmoqdagi qurilmalar uchun, Internet tarmog’iga
ulanish uchun yoki aksincha Internetdan LAN tarmoq ichidagi istalgan manbaga
kirish uchun qo’llaniladi.
Manzillarni translatsiya qilishning uchta asosiy turi mavjud:
–
statik (
Static
Network Address Translation
);
–
dinamik (
Dynamic Address Translation
);
–
PAT (NAPT, NAT Overload, PAT).
8.2-rasm. Manzillarni translatsiya
qilish mexanizmi
Do'stlaringiz bilan baham: