Zamonaviy ishlab chiqarish, axborotlarni yuqori tezlikda ularni qayta ishlash, saqlash, uzatish usullarini qulayligini va mamlakat iqtisodiyotidagi iqtisodiyotni boshqarishda katta jamoani ishtirok etishini talab etadi. Bunday jamoalar shaharning turli tumanlarida, regionlarida joylashgan bo`lishi mumkin. Boshqaruv vazifalarni echishda, aktual tezlik, axborotlarni almashtirish qulayligi, shuningdek boshqarish vazifalarini qayta ishlash jarayonlarda barcha ishtirok etuvchilarni o`zaro chambarchas aloqasini o`rnatish lozim. Bu maqsadga muvofiq ma`lumotlarni markazlashtirgan qayta ishlash maqsadga muvofiq bo`lmay qoldi. SHuning uchun hisoblash tarmoqlari barpo etilishi, axborotlarni tezkorlik bilan qayta ishlanishi, ularni to`liq saqlash, uzatish jarayonlarini operativ, to`liq, aniqlik darajasida etkazishni amalga oshiradi. Kichik EHM, mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarning barpo etilishi ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlarini tashkil etishga, yangi informatsion texnologiyalarni barpo etishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |