KOMPYUTERLASHTIRISH (computerization) - kompyuter mahsulotlari va xizmatlari industriyasining rivojlanish jarayoni va ulardan jamiyatda keng foydalanish. Korxonalar, muassasalar va o‘quv yurtlarini hisoblash texnikasi bilan ta’minlash va aholi umumta’lim darajasini kompyuterlarni qo‘llash orqali yuksaltirish.
KOMMUNIKATIV FORMAT, ALMASHUV FORMATI (exchange format) – turli tashkilotlarning avtomatlashtirilgan tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashishni ta’minlaydigan mashina o‘qiy oladigan format (MARC formatlar, UNIMARC, USMARC).
Do'stlaringiz bilan baham: |