AKMlarining mahalliy taqsimlangan modeli. 1-model 1970-80-yillar va 90-yillar boshida yetakchi G‘arb davlatlarining kutubxona va arxivlarida keng tarqalgan edi. Bunda har bir axborot muassasalari o‘zining elektron kataloglarini tashkil etib, elektron pochta va Internetdan axborot va yozuvlar almashuvida foydalanganlar.
Mijoz-server modeli. 2-model Internet rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi, bunda Internet orqali uzatiladigan ma’lumotlar tezligi mahalliy tarmoqdagi ma’lumot almashinuviga tenglashgan davrga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ikki modelning asosiy farqi shundaki, 2-model bir ixtisoslashgan tashkilotda markazlashgan ma’lumotlar bazasi boshqaruvi tashkil etilishini taqozo etadi, 1-modelda ma’lumot bazalarining boshqaruvi har bir axborot muassasasida tashkil etiladi (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |