SPIE Digital Library
http://spiedl.org/
SPIE resurslari tavsifi optika va fotonika, unga turdosh bo‘lgan sohalar bo‘yicha 260 000 dan ziyod maqolalarni (yiliga 17 000 ortiq yangi maqolalar, konferensiya materiallari) o‘z ichiga oladi. To‘liq matnlardan foydalanish: elektron shaklda foydalanish mumkin bo‘lgan birinchi sondan (1990-y.), hozirgi vaqtga qadar.
STN International
stnweb.fiz-karlsruhe.de
Akademik yo‘nalishdagi 200 dan ziyod ma’lumot bazalarini to‘playdi. Shu jumladan, ustunlik qilayotgan sohalarga alohida e’tibor qaratiladi. Bular: ximiya, fizika, geologiya, materialshunoslik, biotexnologiya, energetika, farmakologiya, toksikologiya, matematika va qishloq xo‘jaligi. Qidiruv tizimi web-interfeys va telnetga yaqin bo‘lgan qidiruv mexanizmiga ega. Ba’zi resurslarga 4 kunlik bepul sinov foydalanish (IP-manzil asosida aniqlanadi) -STN Sneak Preview taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |