Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Download 5,55 Mb.
bet139/204
Sana21.01.2022
Hajmi5,55 Mb.
#395291
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Ochiq foydalanish shartlari

Deklaratsiyada ko‘rsatilganidek «Ochiq foydalanishga» qo‘shilgan hissa ikki shartni qondirishi kerak:

1. Muallif va egalik huquqiga ega bunday hissa barcha foydalanuvchilarga erkin, cheklanmagan global kirish huquqini va nusxa olish, ishlatish, tarqatish, oshkora ko‘rsatish hamda har qanday raqamli muhitda har qanday mas`uliyatli maqsad uchun muvofiq mualliflikka ishora bilan (hamjamiyatlar standartlari xuddi hozirgidek keyinchalik ham mualliflikni majburiy ko‘rsatish mexanizmini va e’lon qilingan ishni ishlatishga nisbatan mas`uliyatni kafolatlaydi), yana shaxsiy foydalanish uchun unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda bosma nusxalar qilish huquqini beradi.

2. Ishlarning to‘liq versiyasi va unga qo‘shimcha barcha materiallar, avvalambor belgilangan ruxsatnoma nusxasini kiritgan holda, kelishilgan standart elektron formatda depozitlanadi (va shu ma’noda chop etiladi, e’lon qilinadi), hech bo‘maganda, qabul qilingan texnik standartlarni ishlatuvchi bir tarmoq jamg‘armasida, ochiq kirishni ta’minlash, to‘siqsiz tarqatish, tarmoqdagi hamkor va uzoq muddatli arxivatsiya qilishga vakolatlangan universitet, ilmiy jamiyat, davlat agentligi va boshqa nufuzli institut tomonidan qo‘riqlanadi va qo‘llab-quvvatlanadi.

Deklaratsiya tashkilotlarni yangi «Fan va jamiyat ravnaqi uchun Ochiq foydalanish» paradigmasining keyingi taraqqiyot harakatlanishlaridan manfaatdor bo‘lishga chaqiradi.

Tashkilotlar muvaffaqiyatga erishishi uchun:



  • tadqiqotchilar, grant oluvchilar o‘z ishlarini «Ochiq foydalanish» paradigmasi tamoyillariga muvofiq e’lon qilishga rag‘batlantirish;

  • madaniy meros asrovchilarining Internet-resurslarini ta’minlagan holda «Ochiq foydalanish»ni qo‘llab-quvvatlashga rag‘batlantirish;

  • yaxshi sifat va ilmiy amaliyot kafolatlari standartlarini qo‘llab-quvvatlab turish uchun «Ochiq foydalanish» va tarmoq jurnallariga qo‘shadigan hissalarni baholash vositalari va usullarini ishlab chiqish;

  • ilmiy darajalar berilganda va o‘qituvchilik lavozimi bandligi haqidagi qarorda «Ochiq foydalanish» e’lon qilingan ishlarning tan olinishiga erishish;

  • kiritiladigan dasturiy vositalarni rivojlantirish, kontent yetkazib berilishi va metama’lumotlar yoki individual maqolalarni e’lon qilish yo‘li bilan «Ochiq foydalanish» infrastrukturasining yuqori sifatga erishishiga intilishi kerak.

Ma’lumot va bilimlarga kirishninig ochiqligi – insoniyatning zamonaviy taraqqiyotidagi muhim tezislardan biri hisoblanadi. Lekin barcha axborot manbalari barchaga cheklovlarsiz ochiq bo‘lishi kerakmi, degan savolga ijobiy javob berishdan avval, qator savollarga javob berish lozim. Bu asar mualliflariga foydalimi? Kim bu ma’lumotlarni yig‘ishi, tizimga solishi va nimaga asosan tarqatishi kerak? Kimga «Ochiq foydalanish»dan foyda bor?

«Ochiq foydalanish» harakatining rivojlanishiga xalqaro EIFL.net konsorsiumi katta hissa qo‘shdi. Yuqorida aytilganidek, konsorsiumning dasturlaridan biri ochiq kirish nashrlarini va milliy (mahalliy) kontentli institutsional repozitoriylarni yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Dasturning asosiy vazifalari:


  • «Ochiq foydalanish» repozitariylari va jurnallarini yaratishga yordamlashish;

  • «Ochiq foydalanish» siyosati va amaliyotini rivojlantirish;

  • kutubxonachilar, ilmiy xodimlar, pedagoglar va talabalar uchun trening va maslahatlar berish hisoblanadi.

EIFL.net konsorsiumi «Ochiq foydalanish» manbalarini qidiribgina qolmay, balki o‘z a’zolarini ular haqida xabardor qilib turadi; odamlarni foydali va barcha uchun ochiq axborot bilan ta’minlashning muammolari va foydasi haqida sotsiologik tadqiqotlar olib boradi. EIFL konsorsiumida ishtirok etgan 11 mamlakatdagi so‘rovnoma natijalari ko‘rsatishicha:

  • 86% ga yaqin olimlar nashrlarga «Ochiq foydalanish» bevosita ilmiy tadqiqotlar va ilmiy kooperatsiyada ijobiy samara berishiga ishonadilar;

  • 63% ga yaqin tadqiqotchilarning maqolalari «Ochiq jurnallar»da chop etilgan. 51% olimlar 5 tagacha maqola, 7% ga yaqini – 6 - 10 tagacha maqolalar ochiq matbuotda va deyarli 5% i 10 dan ortiq maqola chiqarishgan.

So‘ralganlar ochiq jurnallarda o‘z maqolalarini e’lon qilganda hisobga olish kerak bo‘lgan beshta muhim omillarni ta’kidlab o‘tdilar:

1. Nufuz (jurnal obro‘yi, tan olinganligi). Albatta, nashr qilinganda jurnalning an’analari va mashhurligi katta ahamiyat kasb etadi. Olimlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar bunday jurnallarda katta xohish bilan va tekinga o‘z ishlarini e’lon qiladilar.

2. Jurnalning ta’sir ko‘rsatish omili. Masalan, universitetlarning ko‘pgina ilmiy jurnallari ta’lim taraqqiyotidagi ilmiy tadqiqotchilarning rivojlantirishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular ommabop fanlar yoki ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

3. Nashrning tezkorligi. Olimlarni doimo ortiqcha byurakratik cheklovlarsiz va maxsus talablarsiz o‘z ishlarini nashr etuvchi jurnallar jalb qilib kelgan.

4. Martaba yoki karyera uchun muhimligi (ilmiy karyera bo‘yicha ko‘tarilishda, lavozim yoki attestatsiyani saqlab qolishda jurnalning muhimligi). Ko‘pgina oliygohlar va ITI uchun xodimni attestatsiyadan o‘tkazishda ham publikatsiyalar soni talab etiladi, ham ularning aynan qayerda chop etilgani muhim hisoblanadi. Nashrlarning soni va joyi lavozim bo‘yicha ko‘tarilishda ham katta ahamiyatga ega.

5. Jurnalning ahamiyatliligi (jamiyat uchun ahamiyatliligi). Mualliflar o‘z maqolalarini chop etishda jurnal ilmiy jihatdan ma’lumotlar yetkazishda qanchalik nufuzliligiga ham e’tibor qiladilar. Bundan tashqari, jurnalning katta tirajda chiqishi, jamiyatga o‘tkaza oladigan ta’siri jihatdan ham ahamiyatga ega bo‘lishi va boshqalar.




Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish