Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun yaratiladigan o‘quv adabiyotlarining asosiy funksiyalari quyidagilar:
axborot funksiyasi — ta’lim oluvchi muayyan fan bo‘yicha egallashi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar mazmunini qamrab olganligi;
tizimlovchi funksiyasi — o‘quv fani mazmuni tizimlangan shaklda qat’i ketma-ketlikda va izchillikda oddiydan murakkabga rioya qilingan holda bayon qilinishini ta’minlashi;
muvofiqlashtiruvchi funksiyasi — fan o‘quv materialini loyihalash jarayonida boshqa o‘quv manbalarida keltirilgan materiallarni o‘rganish, ular orasida uzviylikni ta’minlash, axborot oqimini tez o‘zlashtirish, olgan bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy faoliyat jarayonida qo‘llash yo‘llarini topishga xizmat qilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |