Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali "telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta'limi" fakulteti


O‘quv adabiyotlarini yaratish tartibi



Download 436,47 Kb.
bet2/20
Sana01.01.2022
Hajmi436,47 Kb.
#288311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ilmiy ta'lim

O‘quv adabiyotlarini yaratish tartibi

 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha yaratilishi zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatini shakllantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

-       oliy ta’lim muassasalari davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq yaratilishi zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxatini shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) kiritadi;

-       Markaz oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatlarini o‘quv reja va fan dasturlariga mosligi nuqtai nazaridan o‘rganib chiqadi, bilim va ta’lim sohalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari bo‘yicha takrorlanadigan adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari tomonidan ro‘yxatga kiritilgan turli o‘quv adabiyotlarini tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda optimallashtiradi va maqbul holatga keltirilgan o‘quv adabiyotlarining ro‘yxatlarini tegishli oliy ta’lim muassasalariga o‘z tavsiyalari bilan yuboradi;

-       o‘quv adabiyotlari ro‘yxatlarini shakllantirgan oliy ta’lim muassasalarining rektorlari Markaz tomonidan tahlil qilingan tegishli o‘quv adabiyotlari ro‘yxatlarini Vazirlik tomonidan belgilanadigan yagona shakldagi jadval ko‘rinishida ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va Markazga belgilangan tartibda taqdim etadi.

O‘quv adabiyotlarini yaratish uchun oliy ta’lim muassasalarida sohaning yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari va olimlar tarkibidan muallif (mualliflar jamoasi) tayinlanadi. Mualliflar tarkibiga turdosh oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda xorijiy olim va mutaxassislar ham kiritilishi mumkin.

 Zarur hollarda, o‘quv adabiyotlarini yaratish uchun mualliflar tanlov asosida belgilanishi mumkin. Tanlovda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ishlab chiqarish, fan, ta’lim va tegishli boshqa sohalarning yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek xorijiy mamlakatlar mutaxassislari ham ishtirok etishi mumkin.

 O‘quv adabiyotlari davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlari hamda o‘quv adabiyotlariga qo‘yiladigan talablarga mos holda tayyorlanishiga tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasi mas’uldir.

 O‘quv adabiyotlari matbaa va noshirlik me’yorlariga amal qilgan holda tayyorlanadi.

 O‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini tayyorlash va ularni nashr qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- tayanch oliy ta’lim muassasalarida muallif (mualliflar jamoasi) tomonidan o‘quv adabiyotining qo‘lyozmasi tayyorlanadi;

-  tayyorlangan qo‘lyozmaga fanning yetuk mutaxassislari, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliy ta’lim muassasalari, tegishli soha tashkilotlarining taqrizlari olinadi;

- tayanch oliy ta’lim muassasasining kengashida o‘quv adabiyoti qo‘lyozmasi atroflicha muhokama qilinadi va nashr qilishga tavsiya etish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi kengashining bayoni rasmiylashtiriladi;

- ekspertizadan o‘tkazish maqsadida o‘quv adabiyotining qo‘lyozmasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan Markazga kiritiladi;

- Markaz tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini ta’lim sohalari va yo‘nalishlariga muvofiq jamlab, Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarga (keyingi o‘rinlarda o‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar deb ataladi) taqdim etadi;

- o‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari hamda o‘quv adabiyotlariga qo‘yilgan talablarga mosligi, talabalarga mukammal zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishga xizmat qilishi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi, har biri bo‘yicha asoslangan xulosa hamda uning o‘zbek, rus, qoraqalpoq tilidagi adadi va nashr etish manbalari (markazlashgan budjet mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari va boshqalar) yuzasidan tavsiya beradi;

- o‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarning o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalari yuzasidan bergan xulosasi Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) majlisida muhokama qilinadi;

- muhokama natijasida ijobiy deb topilgan o‘quv adabiyotlarning qo‘lyozmalari Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi bayoni bilan nashr etishga tavsiya qilinadi, salbiy baholangan o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalari qayta ishlash uchun tegishli tayanch oliy ta’lim muassasalariga yuboriladi;

- Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan nashr etishga tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar qo‘lyozmalarining ro‘yxati ularni tayyorlagan oliy ta’lim muassasasi, mualliflar familiyasi va ismi, o‘quv adabiyotining turi, uning hajmi, adadi va moliyalashtirish manbasi ko‘rsatilgan holda Vazirlikka taqdim etiladi;

- Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlarni Vazirlik buyrug‘i bilan nashr etishga ruxsat beriladi;

-  nashr etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlari belgilangan tartibda nashr qilinadi va ehtiyojga muvofiq tegishli oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlariga joylashtiriladi.

Chop etilgan o‘quv adabiyotlaridan talabalar foydalanishi uchun mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlariga o‘quv adabiyotlarining bosma hamda elektron nusxalari joylashtiriladi.

O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar tomonidan o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini ekspertizadan o‘tkazish, muhokama qilish va xulosa ishlab chiqish tartibi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.

 Oliy ta’lim muassasalarida tayyorlangan o‘quv adabiyotlari qo‘lyozmalarini Markazga kiritish, ushbu qo‘lyozmalarni o‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarga taqdim etish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

 Oliy ta’lim muassasalari tomonidan, zaruratga ko‘ra, ko‘zi ojiz talabalar uchun axborot-resurs markazlariga joylashtirilgan o‘quv adabiyotlari asosida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tegishli o‘quv adabiyotlarining tinglab o‘rganadigan audio-darsliklari yaratiladi va axborot-resurs markazida saqlanadi.


Download 436,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish