Signalning buzilishi. RChKda, umuman radioqabul qilgichning o‘zida uchta turlardagi buzilishlar bo‘lishi mumkin:
amplituda-chastotaviy buzilishlar, ular to‘liq tanlovchan tizimning shakli orqali aniqlanadi;
faza-chastotaviy buzilishlar FChXning nochiziqliligi natijasi hisoblanadi;
foydali signalning past sathi tufayli nochiziqli buzilishlar, ular asosan tashqi polosali kuchli halaqit orqali aniqlanadi.
Dinamik diapazon RChKning amplitudaviy xarakteristikasi bo‘yicha baholanadi (11.7- rasm).
11.7- rasm. RChKning amplitudaviy xarakteristikasi
Miqdoran u logarifmik kattaliklarda ifodalanadi:
D = 20lg(Uvx.maks/Uvx.min)
Ukir.min – o‘z shovqinlari sathi orqali cheklanadi;
Ukir.max – yo‘l qo‘yiladigan nochiziqli buzilishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |