Rad etish. Foydalanuvchi (A) foydalanuvchi (B) ga haqiqatan ham ma‘lumot jo`natgan bo`lib, uzatilgan ma‘lumotni rad etishi mumkin.
Bunday qoida buzilishining (tartibsizlikning) oldini olish maqsdida elektron (raqamli) imzodan foydalaniladi.
Modifikatsiyalash (o‘zgartirish). Foydalanuvchi (B) qabul qilib olingan ma‘lumotni o`zgartirib, shu o`zgartirilgan ma‘lumotni foydalanuvchi (A) yubordi, deb ta‘kidlaydi (da‘vo qiladi).
Soxtalashtirish. Foydalanuvchi (B)ning o`zi ma‘lumot tayyorlab, bu soxta
ma‘lumotni foydalanuvchi (A) yubordi deb da‘vo qiladi.
Faol modifikatsiyalash (o‘zgartirish). (A) va (B) foydalanuvchilarning o`zaro aloqa tarmog`iga uchinchi bir (V) foydalanuvchi noqonuniy tarzda bog`lanib, ularning o`zaro uzatayotgan ma‘lumotlarini o`zgartirgan holda deyarli uzluksiz uzatib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |