Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish



Download 30,53 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi30,53 Kb.
#219316
Bog'liq
muammo taxlili fanidan referat


AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Maqsadlarni aniqlash jarayoni

Bajardi: Jurayeva Shahnoza

Bajardi:Turdiyeva Mehriniso

Bajardi: Buzauova Eleonora Guruh: 022/18 MSKI(АТ)

Toshkent 2021

Reja:


1. Ta’limni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda ta’lim prinsiplarining tutgan o‘rni

2. Pedagogik jarayonda tarbiya prinsiplarining ahamiyati

3. O‘quv-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi

4. Bilimlarni test nazorati asosida baholashning afzalliklari

Pedagogik fan oqitish va tarbiyalashni ularning yaxlitligi va birligida organadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun talim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasini ajratib korsatadilar. Hozirgi davrda didaktika oqitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- talim jarayonlari va ularni amalga oshiri shartlarini tariflash va tushuntirish;

- talim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, yani, talim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish;

- talim jarayoni uchun xos bolgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va tariflash. Oquv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga kora yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga kora faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bolgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) oquv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga kora tashkil etiluvchi talim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Talim tamoyillarida talimning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi meyoriy asoslari (qoidalari) oz ifodasini topgan. Talim tamoyillarini bilish oquv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va oquv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq talim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar oqituvchilar va oquvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, ozaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi. Talim tamoyillari ozida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Talim 5 nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, talim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan talimning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski korinishlari ozgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. Oqitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar kozga tashlanmoqda. Tamoyillar talim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi. Talimni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida etirof etish mumkin: Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular talim mazmunini tanlash bilan bogliq bolgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi goyalarni ifodalaydi:

- fuqarolik;

- ilmiyligi;

- tarbiyalovchi talim;

- fundamentalligi va amaliy yonalganligi (talimning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bogliqligi);

- tabiat bilan uygunligi;

- madaniyat bilan uygunligi;

- insonparvarligi. Fuqarolik tamoyili. Unga kora talim mazmunini shaxsning subektivligini rivojlantirish, uning manaviyligi va ijtimoiy yetukligiga yonaltirishda namoyon bolishi kerak. U talim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, Ozbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, ozbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bogliq. Ta’limning ilmiyligi tamoyili talim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi toplagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil talim vaqtida va oqishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan talim mazmuni oquvchilarni obektiv ilmiy dalillar, hodisalar, 6 qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yonaltirilgan bolishini talab etadi. Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda talim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil talim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni kozda tutadi. Talim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, oquvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bogliq. Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyili umuiy orta talim maktablaridayoq oquvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan otadilar. Mazkur holat an‟anaviy didaktikada talimning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bogliqligi kabi ifoda etiladi. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy o„zining tabiatga uygun bolishi goyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi talim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini takidlaydi. Ertalabki soatlar mashgulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. Oquvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bolishini taminlaydi. Demak, tabiat bilan uygunlik goyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi talim tamoyilining asosi hisoblanadi. Ta’limda insonparvarlik tamoyilinibolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini taminlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini royobga chiqarishi, unga hayotda oz ornini topishda Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan:

- talimning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;

- talimda onglilik va ijodiy faollik;

- talimda korgazmalilik;

- taimning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);

- talimning tushunarliligi;

- guruhli va individual talim birligi;

- talimning oquvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;

- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;

- pedagogik hamkorlik. Talimning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyilibilish bosqichlarining obektivligini anglatadi.

Tarbiya mazmunida oldinga qoyilgan maqsad va vazifalarga muvofiq oquvchilar tomonidan ozlashtirilishi lozim bolgan bilim, konikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qoyiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bolib, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi goyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:

1. Tarbiya maqsadining aniqligi. Ozbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi kozda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. Ozbekiston Respublikasining «Talim toqrisida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» goyalariga kora ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bolgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yolidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, yani, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. Oqituvchilarning bolalar bilan manaviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy meyor va qadriyatlarini aniqlash oquvchining tarbiya jarayonidagi faolligini taminlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali tolatokis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy tasir kuchiga ega. 3. Oz-ozini anglash. Tarbiya insonda etiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy oz-o„zini anglashi, uning o„z shaxsiy hayoti va faoliyatining subekti sifatida etirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o„z-o„zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.



4. Tarbiyaning shaxsga yonaltirilganligi. Mazkur goya talim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki oquvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, oziga xos xarakteri, o„z qadr-qimmatini anglash tuygulari rivojlantirilib borilishi zarur.

5. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya goyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning ozida ham oquvchi, ham oqituvchi ma‟naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o„quvchining qiziqishi, faoliyati, ortoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuygularini ko„ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon boladi. Tarbiyalanuvchining irodali bolishi taminlangan sharoitda uning shaxsiga tasir korsatishga yonaltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi. 6. Jamoa yonalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni tolaqonli talqin etish, insonparvarlik va ozaro hamkorlik tuygularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi. Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining oziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni oziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yonaltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni oqituvchi va oquvchilar ortasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida oqituvchi va oquvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yoli zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi. Tarbiya jarayoni kop qirrali jarayon bolib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub‟ektiv va ob‟ektiv) omillar kozga tashlanadi. Sub‟ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob‟ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yonalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat oqituvchi faoliyati, balki oquvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, oy-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim orin tutadi. Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin: Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama ostirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bolib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bolib kelgan. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yolga qoyish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining 10 dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qoyilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi. Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qoyilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu soz va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi takidlansa, islom talimoti goyalariga kora yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bolishdir. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xattiharakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat azosi bolib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma‟naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy meyorlar mohiyatini ozlashtiradi. Jamiyatning azosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini taminlovchi mehnat faoliyatini yolga qoyadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yolida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Jamoa (lotincha «kollektivus» sozining tarjimasi bolib, yigilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha azo (kishi)lardan iborat bolib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil manoda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yolida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, oquv yurti jamoasi, xojalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, oquvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.

Talabalarning bilim saviyasi, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo`yicha o`zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo`yicha talabaning semetsr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Yakuniy nazoratga -30 ball;

Joriy va oraliq nazoratlarga -70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi). Talabaning reyting daftarchasiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) bo`yicha yakuniy davlat attetsatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magitsratura talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magitsrlik dissertatsiyasi bo`yicha ozlashtirish darajasi-100 ball tizimida baholanadi.

Talabaning fan bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi o`rinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi: a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

xulosa va qaror qabul qilish;

ijodiy fikrlay olish;

mutsaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qo`llay olish;

mohiyatni tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga olish. atoriya va mustaqil ta'limda beriladigan topshiriqlar va vazifalarni qay darajada bajarilishiga qarab belgilanadi. Quyida oliy ta'limda talabalar tomonidan o`qitish shakllarida beriladigan topshiriqlarga to`xtalib o`tamiz. Amaliy mashgulotlarni tashkil etish boyicha korsatma va tavsiyalar. Amaliy mashgulotlarda talabalar nazariy materiallarni mustahkamlaydi. Bunda yakka tartibda, guruh va jamoaviy shakllardan foydalanish tavsiya qilinadi. Amaliy mashgulotlarda talabalarning erkin va ijodiy fikrlashiga sharoit yaratish muhim. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va oquv qollanmalar boyicha fan boblari va mavzularini organish;

tarqatma materiallar boyicha ma`ruza qismini ozlashtirish;

oqitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash;

fanning boblari va mavzulari ustida ishlash;

talabalarni ijodiy jarayonga yonaltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga orgatish, mashqlar bajarish;

yangi texnika, jihozlar, keng kolamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni organish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bogliq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur organish. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Laboratoriya ishlari talabalarda nazariy ma'lumotlarni chuqurroq o`rganishga, pedagogik tahlil va tadqiqot qilish bo`yicha amaliy ko`nikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi. Seminar mashgulotlarini tashkil etish boyicha korsatmalar. Seminar mashgulotlari talabalarda Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanini chuqurroq organishga ,pedagogik tahlil va tadqiqot qilish boyicha amaliy konikma va malaka hosil qilishlariga xizmat qiladi. Kurs loyihasini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar. Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo`llashda amaliy ko`nikmalar hosil qilishdir. Kurs loyihasi mavzulari fanning mazmun mohiyati bilan bog`liq holda beriladi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talablar sonidan 20-30% ko`proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.



O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O`zbekiston Respublikasi Oliy o`quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to`g`risida»gi qarori O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o`rin olgan test usuli mamlakatimiz ta'lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko`rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masala darajasiga ko`tarilganligining yaqqol dalilidir. Pedagogik testlar AqSh, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro`yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo`lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog`lanish mavjud: testlarni qo`llash ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi; ta'lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog`liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi. Testshunoslik batafsil bayon etilishi zarur bo`lgan alohida soha ekanligi va shu bilan birga, test topshiriqlari pedagogik texnologiya bo`yicha loyihanlangan tashhislanuvchi o`quv jarayonini amalga oshirishning muhim vositasi ekanligini ham e'tiborga olib, bu bo`limda testshunoslik tarixi, test usulining afzalliklari, test shakllari va ularni tuzishga oid didaktik talablar haqida ixcham ma'lumot beriladi. Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniya olimi J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo`llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo`nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi bilan matematik uslublar ham qo`llanila boshlandi. Bunday uslublar o`z navbatida test-larni ishlab chiqishga ijobiy ta'sir ko`rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o`quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo`nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo`llash hamda talabalarning o`qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo`ljallangan pedagogik testlarni yaratish va qo`llash sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda reaktsiya vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o`rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usulida amaliy ishlar olib borish lozimligi to`g`risida xulosa chiqarishga olib keladi. Talabalarning bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga o`rganib ko`rilgan. Ch.Grin o`zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko`rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:

test sinovlari uchun mo`ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;

mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo`li bilan aniqlash;

talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o`rtacha tezligi to`g`risidagi amaliy ma'lumotlarni e'tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;

test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to`g`ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;

topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to`g`ri va noto`g`ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo`l qo`ymaslik. Ch.Rassel test sinovlarining natijalarini o`rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to`g`risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o`rganish zarurligini ta'minlashda;

talabalarni guruxlarga taqsimlashda;

o`qitish jarayonida sodir bo`ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda;

shuningdek, mamlakatning turli nohiyalaridagi o`quv yurtlarida ma'lum yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo`llashi mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o`tkazmasdan ta'lim berish mantiqsizdir, faqat testni qo`llash natijasidagina nazoratdan ta'limga yo`naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va qanday yo`nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma'lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta'limni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda, xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo`yicha o`qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o`tishlari ko`zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o`qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Frantsiya to`qson yillik test an'analariga ega bo`lgan davlatdir. O`tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir gurux sotsial-psixologlari AQShda test o`tkazishning zamonaviy ahvolini o`rganishga bag`ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi AQSh o`quv yurtidagi testlarni keng miqyosda qo`llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo`yicha sinovdan o`tmasdan, boshqacha yo`l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko`tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog`lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:

1) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan foydalanish;

2) ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar iste'dodlarni taqdirlashga intilish;

3) amerikaliklarni milliy ta'lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari. Insoniyat erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi. AQShda to`rt yuzdan ortiq markaz o`zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, testlarni tuzish va ularni qo`llash bo`yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. Pedalogiyani soxta fan sifatida qoralash jarayonida sovet pedagoglari hamda psixologlarining talabalar bilim-ko`nikmalarini baholashga qaratilgan ijobiy yutuqlari ham inkor etildi. Shuning uchun test sinovlari muammosi pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlarda uzoq vaqt aks ettirilmadi. Yuqorida ta'kidlaganidek, mustaqil O`zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo`lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo`l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o`rta ma'lumot yakunida, oliy o`quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo`llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o`lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. Shuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o`lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo`lib, ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Shuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me'yor bo`lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko`rsatadilar. Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat: test topshiriqlari o`quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o`zida nazorat qilinadigan o`quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);

hamma talabalar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;

talabalar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;

test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo`lgan shkala yordamida talabalar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo`yishga imkon beradi (reyting);

o`qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;

boshlang`ich darajasini va har qanday vaqt oralig`ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o`lchashga sharoit yaratiladi;

test nazorati kompterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay. Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O`quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o`z ifodasini topadi. Umuman olganda test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o`zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o`qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o`quv dasturini chuqur va har tomonlama o`zlashtirilishini ta'minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQShda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo`llashi bo`yicha AQSh tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarga yoyilgan. Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi. Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. Shuning uchun ham, AQShda testning yuqori sifatini ta'minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan] Bu tashkilot test o`tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test o`tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini belgilash masalalari bilan shug`ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo`yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo`yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo`yicha o`qituvchilar xizmat qiladi. Testlar EHMda ishlanadi va sinaladi.



Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo`ysunadigan 5000 test punktlari mavjud. Test o`tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o`tkaziladigan o`quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o`tkazish bo`yicha yo`llanmalar yuboradi. Bu misoldan ma'lumki, testlashni samarali o`tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo`yicha nazariya va amaliyotni o`zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog`liq.
Download 30,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish