Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari odob-axloqining qoidalari



Download 53,61 Kb.
bet1/16
Sana03.02.2023
Hajmi53,61 Kb.
#907250
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
05 Филиал Одоб аҳлоқ илова (2)


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 20___-yil “___” - “_______”dagi
________ - son buyrug‘iga
1-ILOVA


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlari odob-axloqining qoidalari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (keyingi o‘rinlarda - Filial) xodimlarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.
2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali xodimlari odob-axloqining qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Odob-axloq qoidalari) Filialda yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida Filialga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish, hamda Filial xodimlarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.
3. Filial xodimlari mazkur Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishlari shart. Mazkur Odob-axloq qoidalarini bilish va ularga rioya qilish majburiyati egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qat’i nazar Filialning barcha xodimlariga tatbiq etiladi.
4. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar Filial tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda belgilangan.
5. Filial xodimlari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:
- qonuniylik;
- Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoiylik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;
- fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
- davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;
- adolatlilik, halollik va xolislik;
- korrupsiya holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;
- xizmat sirini qat’iy saqlash;
- mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;
- manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.
6. Filial xodimlari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
- Filial obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;
- mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
- murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;
- xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hisini uyg‘otish;
- oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
- fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’iy nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;
- jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.
7. Filial xodimlari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
va farmoyishlariga, Filial hay’ati qarorlariga, Filialning ichki idoraviy hujjatlariga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
8. Filial xodimlarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
Filial xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
9. Filial xodimlarida mazkur Odob-axloq qoidalari, kasbiy xulq-atvor yoki tartib-taomillar bilan bog‘liq har qanday savollar paydo bo‘lganida ular o‘zining tarkibiy bo‘linmasiga yoki Filialning Ichki audit, moliyaviy va komplayens nazorat boshqarmasiga, shuningdek, “1199 ishonch telefoni”ga maslahat so‘rab murojaat qilishlari mumkin.

Download 53,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish