Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy ish



Download 7,26 Mb.
Sana10.12.2022
Hajmi7,26 Mb.
#882838
Bog'liq
O’zbekistonning Muqaddas qadamjolari


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI

Amaliy ish

Bajardi: 218-19 guruh talabasi


Berdiyorova Shahnoza 

 
TOSHKENT 2022
Oq saroy, Shahrisabzning asosiy diqqatga sazovor joyi va marvarididir. Sizga, Temur davridning ushbu ulug‘vor me’moriy yodgorligining qurilish tarixi haqida 10 ta faktni taqdim etamiz.


  • Saroy qurilishi, 1380-yilda boshlanib 1386-yilda tugallangan, ammo uning bezash ishlari 1404 yilgacha davom etgan. Ushbu muhtasham saroy, Amir Temurning onasi Takinaxotun xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Yodgorlikning faqat bir qismigina bizning davrimizgacha yetib kelgan.

  • Saroy qurilishida Xorazm, Eron va boshqa mamlakatlarning taniqli hunarmandlari qatnashgan. Masalan, gumbazli arkini bezashda tosh kesuvchi usta- Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlanadi. 20 yil davomida qurilgan va hozirda xarob ahvolda bo‘lgan noyob me’morchilik durdonasi bugungi kunda ham o‘zining hashamati va ulug‘vorligi bilan shahar mehmonlarini hayratga solmoqda.

  • Bino dastlab 73 metr balandlikda bo‘lgan. Saroy tomining tepasida joylashgan kichik hovuzdagi suv qo‘rg‘oshin quvurchalar bo‘ylab taxtalik ostonadan o‘tib, sharshara hosil qilib yerga tushar edi. Saroyda, suvni tozalash, havo almashinuvi, yorug‘lik va soya joylarning yoritilish masalalari hal qilinishini o‘z ichiga olgan badiiy-me’moriy yechim ishlab chiqilgan edi.

  • Oqsaroy poydevorining qurilishida oltin qumdan foydalanilgan. Poydevor, yer sathidan chuqurlikda joylashgan bo‘lib binoning mustahkamligi va namlikka qarshiligiga mo‘ljallangan murakkab usullarini o‘z ichiga oluvchi bir qancha qavatlardan iborat edi.

  • Oqsaroy devorlarining rang sxemasi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzularni o‘zida mujassam etgan, kufiy yozuvlari, ziynatli bezaklar, “girih” uslubida talqin qilingan islomiy naqshlar, binoga ulug‘vor va sehrli ma’no bergan.

  • Etti xil rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan poydevorda “Amir - Ollohning yerdagi soyasi” degan ma’nodagi yozuvlar mavjud. Old gumbazning old tomonida cho‘zilgan olti burchak shaklida “Adolat - davlatning asosi va hukmdorlar shiori” degan arabcha yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning cho‘zilgan old qanotida, arabcha kufiy uslubida “Agar bizning buyukligimizga shubha qilsangiz, biz qurgan qasrlarga qarang”, “Aql-idrok o‘zining harakatlariga, johillik esa o‘zining orzulari va umidlariga asoslanadi” degan hikmatli so‘zlar yozilgan.

  • Bobur yozganidek, saroyning o‘rtasida hovuz bor edi, uning qarshisida - mehmonlarni qabul qilish uchun gumbazli zal, yonida-maslahatchilar uchun kichkina xona, hovlida hashamatli ayvonlar, saroy ichida esa haram va amirning qarorgohi joylashgan edi.

  • Saroy qabulxonasining kirish arkida sher va quyosh, shuningdek uchta halqa shaklidagi Temur davlatining ramzi tasvirlangan. Ichkarida va yon tomonlarda, gumbazlar, burchakdagi minoralarda esa, g‘ishtdan yasalgan qalqon shaklidagi jimjimador naqshlar bor. Bu naqshlar, silliqlangan g‘isht va tsirkoriyadan yasalib feruza rangga bo‘yalgan. Ular birgalikda, qadimgi sufiylar yozuvlarining och ko‘k rangli kompozitsiyasini yaratadi.

  • Oy nurida saroy fasadi va gumbazlari ranglari o'zgarib turishi sababli, Oqsaroy o‘zining shunday afsonaviy nomini olgan.

  • 1707-yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon saroyda yashagan va bu o‘sha paytda oldingi portal hali vayron bo‘lmagan deb o‘ylashga asos bo‘ladi.

  • 1973-75- yillarda, Oqsaroyda arxeologik tadqiqotlar, 1994-96-yillarda esa - konservatsiya ishlari olib borildi, 2002-yilda YuNESKO homiyligida Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash munosabati bilan saroy qisman qayta tiklandi.

Uvays ibn Amir al Qaroniy – islom va sufizmda juda hurmatli shaxs hisoblanadi. U, Muhammad Payg‘ambar (SAV) davrlarida yashab o‘tgan. Bu avliyo odam o‘zining butun umrini dunyo bo‘ylab sayohat va islomni targ‘ibot qilish bilan o‘tkazgan. Uvays Qaroniyning umri va o‘limi ko‘plab afsonalarga sabab bo‘lgan. Aytishlaricha uning Siffa jangida o‘limidan so‘ng yettita sulton Qaroniyuni kim dafn etishini hal qila olishmagan ekan. Har bir sulton tobut tayyorlab qarashsa ularning har birida avliyo yotgan ekan.



Musulmon olamida Qaroniy dafn etilgan bir necha joy mavjud. Shunday joylardan biri Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan. Afsonaga ko‘ra, u bu yerlarga islomni targ‘ibot qilish uchun kelgan. Bundan tashqari Qaroniyning onasi ham shu yerda dafn etilgan deyishadi. U o‘layotgan vaqtda avliyo uni yuvish uchun ancha vaqt suv topa olmagan ekan, shunda Qaroniy allohdan suv so‘rab murojaat qilib qo‘li bilan quruq yerga uradi u urgan joyda muqaddas buloq paydo bo‘ladi.

Bu joydagi Mozor, 12-13 asrlarda barpo etilgan va vaqt o‘tishi bilan bu erda, masjid, maqbara va muzeyini o‘z ichiga olgan katta me‘moriy majmua paydo bo‘lgan. So‘nggi yillarda bu erda keng ko‘lamli qayta qurish ishlari olib borildi. Majmua hududi va unga tutash qism obodonlashtirildi, kutubxona va hattoki mehmonxona qurildi. Bugungi kunda majmuada ziyorat marosimlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Asosiy kirish ramziy darvoza bilan bezatilgan. Markaziy qismida suv ombori joylashgan, masjid va maqbaraning qad rostlagan binolari shu qadar mohirlik bilan bezatilganki, ular qushlar uchadigan balandlikdan qaraganda o‘yinchoqlarga o‘xshab ko‘rinadi.

Mana bir necha asrlar davomida ziyoratgoh butun dunyodan tashrif buyuruvchi ziyoratchilar o‘ziga tortadi va hozirgi kundagi eng go‘zal majmua, xilvatlik va tinchlik makoniga aylandi.
Navoiy viloyati, azaldan o‘zining qadimiy me’morchiligi va noyob ziyoratgohlari bilan dong taratgan. Qiziltepa tumanining vangoziy qishlog‘ida ajoyib me’morchilik majmuasi – Toshmasjid barpo etilgan edi.


Bu go‘zal majmua, afsonalarga o‘ralgan qiziq tarixga ega. Ma’lumki ansambl XVI asrda barpo etilgan va masjid, minora, madrasa, hammom va qadimiy qabristondan iborat.
Qabriston, madrasa va hammomning mavjudligi, bu yerda avliyo shaxs dafn etilgan degan xulosa qilishga yordam berdi. Majmuaning markazida, katta hovli joylashgan. Markazda yana juma masjidi joylashgan. San’atshunoslar va tarixchilar, XVI asrda, bu joy yirik sufiylik markazi bo‘lgan deb taxmin qilishmoqda. Ba’zi binolar qayta qurilgan, ba’zilari esa buzib tashlangan.

Me’moriy uslub nuqtai-nazaridan, majmua Buxoro vohasining eng yaxshi o‘rta asr an’analariga ko‘ra barpo etilgan. Bu joy haqida, tarixchi Badriddin Kashmir o‘zining “ Rivzat ar-Rivzon va Hadiqat al-Gilmon” asarida eslab o‘tgan. U shunday yozgan: “Vangoziy qishlog‘ida vaqt o‘tishi bilan buzilib ketgan Sinchli masjidi bor. Xo‘g‘a sayid Jiboriy eski masjidni buzib o‘rniga g‘ishtdan yangi masjid va uning yonida baland minora qurdirdi”. Yangi masjid qurilishi olti yil davom etib 1580-yilda tugallandi. Bino, ko‘olab ustun va gumbazlari bilan kuydirilgan g‘ishtdan qurilgan. Uning markaziy qismidagi chiroyli mahobatli tuzilishida baland darvoza va katta havorang gumbaz barpo etilgan.
Masjidning umumiy binosida, ikkita katta va o‘n oltita kichik bir xil gumbazli bir kishilik xona bor. Masjidning asosiy qismi sharqqa yo‘nalgan, kirishda esa baland poydevor turibdi. Poydevorning har ikkala tomonida chuqur bo‘lmagan mehroblar bor, uning yuqori qismi gorizontal epigrafik naqshlar bilan bezalgan. Binoning tashqi devorlari, kuydirilgan g'ishtdan fasadga ega.
Minoraning ko‘rinishi kishini hayratga soladi, u uzoqdan ko‘rinib turganligi uchun uni payqamaslik qiyin. Uning balandligi, 24 metr, pastki qismi esa asosgacha -3,8 metr, poydevori toshdan. Minoraning asosini, g‘ishtdan qilingan olti qatorlik rel’eflik belbog‘ bezab turadi, yuqoridagi sakkiz arkalik qafas, pastki qismi va uchlari to‘qilgan naqshli bilan bezalgan Minora, 1583–1586 – yillarda qurilgan.

Madaniy meros va me’moriy san’atni asrash nuqta’iy nazaridan, Toshmasjid majmuasi, faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun musulmon dunyosi uchun katta qimmatga ega. Agar siz, bu yerda kim dafn etilganligi haqida yoki mahalliy afsonalar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, barcha diqqatga sazovor joylarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun albatta Vangozi qishlog‘iga keeling.



Xiva shahrining shimoliy qismida joylashgan sayid A’loaddin xo‘ja eshon nomli (shu bugungi kunlarimizgacha Chodirli eshon deb nomlangan) ko‘hna qabriston yaqinida Sirchali ariq bo‘yida Qalandarxona yonida Qo‘ng‘irot sulolasi vakillarining bir talay qabrlari, shu qabrlarga atab qurilgan mahsura, maqbara, madrasa va masjidlar bugungi kunlarimizgacha o‘z ulug‘vorligini yo‘qotmay shahrimizga ko‘rk bag‘ishlab turibdi. Ushbu ulug‘ maskanda Xiva xonlaridan Eltuzarxon (1804-1806 yy) va uning yaqinlari, Rahimqulixon ibn Olloqulixon ( 1842-1845 yy), Muhammad Aminxon (1845-1855 yy) va inisi Muso to‘ra, Sayid Muhammadxon (1855-1864 yy), Muhammad Rahimxon soniy (1864-1910 yy) va nevarasi Temurg‘ozi to‘ra ibn Isfandiyorxon, hamda xon oilasiga mansub o‘ttizdan ziyod inoqlar, to‘ralar, sayidlar va Muhammad Rahimxon soniyning tog‘asi Ibrohimxo‘ja (1889 yilda vafot qilgan) va uning o‘g‘li vaziri akbar Islomxo‘ja (1872- 1913 yy) yaqinlari bilan, shoir va tarixchi Muhammad Yusufbek Bayoniy (1840- 1926 yy) o‘z qarindoshlari bilan abadiyat uyqusida barhayot yotishibdi.
Ushbu maskan to‘g‘risida Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogohiy (1809-1874 yy) Muhammad Aminxonga bag‘ishlangan “Jome al-voqeoti sultoniy” asarida shunday ma’lumot beradi:- “ Muarrix Muhammad Aminxon 1855 yilda urushda o‘lgandan keyingi voqealar to‘g‘risida to‘xtalib. Ul voqeai hayratangiz va hodisai kulfatomuz vuqu’idin besh-olti kun so‘ng Oxal takasidin bir jamoakim, xizmatkorlig‘ va hovoxohlik jodasin masluk tutar erdilar, peshbinlik yuzidin ixlosmandlik ayon qilib, izhori xizmat qilmoq uchun podshohi sa’id shahidning va shahzodai mag‘furi marhum Muso to‘raning humoyun jasadlarini qatlgohlarida muzallat tufrog‘idin olib, izzat mahfasig‘a soldilar. Abdulla mahram va Erniyoz mahramning dog‘i o‘liklarin tevalarga yuklab, sur’ati tamom bila Saraxsdan Xorazm jonibig‘a tavajjuh ko‘rgizdilar. Xivaning Gandimiyon qishlog‘idagi Muso to‘raning hovlisida xon va shahzodani mayitlarini yuvib, kafanlab ota urug‘larini so‘ngi oshyoni bo‘lmish, qudvatulatqiyo hazrati sayyidi A’loaddin xo‘ja alayhirahmaning javori fayzosorida Imorat mavze’idakim, aboang‘an jada xoni, mag‘firatpanohning marqadu qabrgohidur, eltib dafn qildilar”.
Muhammad Yusufbek Bayoniy o‘zining “Shajarai Xorazmshohiy” asarida Sayid Muhammadxon vafoti to‘g‘risida to‘htalib “ Sayyid Muhammadxon hazrati qutb avliyo shamsil atqiyo Olavuddin xo‘ja eshon alayhi rahmaning javori fayz osorlarida Imorat mavze’ida, o‘zlarining qubbai oliylarida madfun bo‘ldilar”,- deb yozadi. Muhammad Rahimxon soniy 1884 yilda ona tomondan qarindoshchiligi bo‘lgan Shabbozlik avliyo Sayyid Muhammad Mohiro‘yi jahon nomiga va o‘zi uchun otasi Sayid Muhammadxon qabriga yaqin joyda hashamatli bir maqbara qurdirgan. Hozir bu joyda bir xonada Sayyid Muhammad Mohiro‘yi jahon, ikkinchi katta gumbazli xonada Sayid Muhammadxon, Muhammad Rahimxon soniy, Temurg‘oziy to‘ralarni qabrlari bor.
Poytaxtimizda 2002-yilda bunyod etilgan ushbu me’moriy yodgorlik majmuasi Vatanimiz ozodligi uchun kurashda jon fido qilgan Vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan. “Shahidlar xotirasi” maydoni shahrimizning go‘zal maskanlaridan birida joylashgan bo'lib, u yerda vafot etgan shahidlarning ko‘pchiligini ziyoli vatandoshlarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va boshqa buyuk jadidchi arboblarimiz tashkil etgan. Mazkur me’moriy yodgorlik ushbu buyuk bobolarimizning buyuk o‘tmishi hamda yorqin xotiralarini o‘zida mujassamlashtiradi.



Hozirgi kunda ushbu maydon Toshkentning eng mashhur va diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi ulkan hududni egallagan bo‘lib, uning maydoni taxminan 17 gektarni tashkil etadi. Jumladan, Me‘moriy inshootlar majmuasi muzey, Rotunda va bog‘ni o'z ichiga oladi. 2001-yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti buyrug‘i asosida “Shahidlar xiyoboni” maydoni hududida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi tashkil etildi. Muzey Sharqiy me'moriy uslubda qurilgan bo‘lib, uning ekspozitsiyasida noyob fotosuratlar va tarixiy hujjatlar saqlanadi.

“Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining bunyod etilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi.





Insonning azob-uqubatlarini eslab qoladigan dahshatli joy endi xotira va hurmat oroliga aylandi. Talabalar qatag'on qurbonlari xotirasiga tashrif buyurishadi va nafaqat Vatan tarixi haqida ko'proq bilish uchun, balki ota-bobolarining xotirasini sharaflash uchun ham yodga olib qadrlanadi.



20-asrning boshlarida shahar o‘zgara boshladi, chunki o‘ziga xos "Yangi shahar" barpo etildi. Toshkent ikki – eski va yangi qismlarga bo‘lindi. Biroq 1940-yilga kelib, rejalashtirish loyihasi tuzilib, unga ko‘ra, shaharning ikki qismini birlashtirish ko‘zda tutilgandi. Qayta qurish ishlari natijasida rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan ixcham hudud yuzaga keldi. Shahar obodonlashtirildi, taassurot qoldiradigan me’moriy inshootlar, xozirgi kungacha ko‘rish mumkin bo‘lgan xiyobonlar, istirohat bog‘lari barpo etildi.

So‘nggi yillarda Toshkent yangilanish va qayta qurishni boshdan kechirdi. Bugungi Toshkent – bu qadimiy va boy tarixga ega zamonaviy industrial va iqtisodiy megapolisdir.

Rasmlarni Wondershare Filmora dasturiga yuklab olamiz.



Rasmlardan ostidan musiqa joylashtiramiz

Videoga text kiritamiz

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, qachonki inson o’zligini, azaliy qadriyat va an’analarini unutar yoki ularga ularga biroz bo’lsa ham befarqlik bilan qarar ekan ma’naviy tahdidlarga duch keladi va unga yengiladi. Shu sababdan ham yurtimizda bu kabi tarixiy obidalar doimo yosh avlodga biz kim ekanligimiz, kimning avlodlariligimiz va albatta kelajakda nimalarga erisha olishimiz mumkinligini eslatib turuvchi qo’ng’iroq singari bong urib turaveradi. Obidalar qurilishida tarbiyaviy jihatlar ham alohida e’tiborga olingan bo’lib, bunga yorqin misol tariqasida obidalardagi har bir hujraning eshiklari inson bo’yidan past qilib yasalganligi, bu esa xonaga kirayotganda u yerda o’tirgan shaxsga nisbatan egilib xurmat bajo qilishga inson beixtiyor majbur bo’lganini anglatganligidir. Bu ham sharq ma’naviy tarbiyasining o’ziga xos tomonlaridan biridir. Obidalarni o’z ko’zi bilan ko’rgan inson esa ko’plab bunday ajoyib va tarbiyaviy holatlarga duch keladi. Shu bois mana shunday ishlarni izchil amalga oshirish uchun yoshlarni tarixiy obidalar bilan yaqin tanishtirishimiz va ularni asrab-avaylashga o’rgatishimiz lozim. Ular bunday obidalar tarixini ming marta o’qib o’rgangandan ko’ra, bir marta borib ko’rganlari mqasadga muvofiqdir. Yoshlarni o’z yo’llaridan odimlab borishida bu kabi inson ruhiyatiga ma’naviy ozuqa beruvchi obidalarning o’rni beqiyosdir va buni hech narsa bilan baholab bo’lmaydi. Biz ularni asrashimiz, dovrug’ini yetti iqlimga yoyishda ko’maklashishimiz va kelajak avlodlarga asl holda yetkazishimiz zarur. Zero, bu yurtning har bir farzandi ushbu obidalar orqali o’tmish ulug’vorligidan ozuqa olishga haqlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”. T .: “Ma’naviyat”, 2008;
Axmedov B. “Sohibqiron Temur. Toshkent. 1996;
Boynanzarov Fayzulla. “Antik dunyo”. “Mehnat” 1989;
Bahodir Eshov. “O’rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi”- T.: “Ma’rifat”, 2009.
Foydalanilgan saytlar:
www.meros.uz,
www.centrasia.com
https://uzbekistan.travel/
Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish