Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti televizion texnologiyalari fakulteti fizika kafedrasi


Jism 49 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. Qanday balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyaga teng bo‘ladi? 127



Download 3,34 Mb.
bet27/32
Sana03.12.2022
Hajmi3,34 Mb.
#878236
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
MEXANIKA MASALA 1-qism. 14.06.2017

126. Jism 49 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan. Qanday balandlikda uning kinetik energiyasi potensial energiyaga teng bo‘ladi?
127. Katta bo‘lmagan jism sferaning eng yuqori nuqtasidan pastga tomon sirpanmoqda. Qanday balandlikda jism sfera sirtidan ajraladi? Sferaning radiusi R. Ishqalanish hisobga olinmasin.
128. Massasi 10 g o‘q 600 m/s tezlik bilan uchib borib ballistik mayatnikka tegadi va uning ichida qolib ketadi. Mayatnikning massasi 5 kg. Mayatnik qo‘zg‘alib qanday balandlikka ko‘tarilgan?
129. Massasi 80 kg va radiusi 30 sm disksimon maxovik tinch holatda turibdi. Maxovikni ν = 10 ayl/s chastota bilan aylantirish uchun qanday ish bajarish kerak?
130. Kinetik energiyasi W = 8000 j bo‘lgan maxovik o‘zgarmas ν = 10 ayl/s chastota bilan aylanmoqda. Maxovikka qo‘yilgan kuch momenti 50 Nm, qancha vaqtda maxovik tezligini ikki marta oshira oladi?
131. Maxovikning aylanish qonuni ko‘rinishda berilgan. Bunda A = 2 rad, V = 32 rad/s, S = -4 rad/s2. Agarda maxovikni inersiya momenti I = 100 kg·m2 bo‘lsa, maxovikni aylanishida ta’sir etuvchi kuchlar hosil qilgan quvvat topilsin.
132. Massasi 280 kg, radiusi R = 1 m disksimon platforma berilgan. Uning chekkasida massasi 60 kg odam turibdi. Agar t = 30 s da platforma ν = 1.2 ayl/s chastotaga erishsa, platformani aylantiruvchi dvigatelni foydali quvvati topilsin.
133. Inersiya momenti 40 kg·m2 bo‘lgan maxovik tinch holatidan boshlab kuch momenti M = 20 Nm ta’sirida tekis tezlanuvchan harakat qiladi. Tekis tezlanuvchan harakat 10 s davom etgan. Maxovikni erishgan kinetik energiyasi topilsin.
134. Velosiped haydovchining velosiped bilan birgalikdagi massasi 78 kg, bunda g‘ildiraklarning massasi 3 kg. G‘ildirakni gardish deb oling. Shu velosipedchining tezligi 9 km/soat bo‘lganda, uning kinetik energiyasini topilsin.
135. Massasi 80 kg va radiusi 40 sm bo‘lgan disksimon maxovik tinch holatda turibdi. Maxovikni ν = 10 ayl/s chastota bilan aylantirish uchun qanday ish bajarish kerak?
136. Massasi 10 g va tezligi 800 m/s bo‘lgan o‘q o‘z o‘qi atrofida ν = 3000 ayl/s chastota bilan aylanib uchib bormoqda. O‘qni diametri 8 mm bo‘lgan silindr deb hisoblab, uning to‘la kinetik energiyasi topilsin.
137. Maxovik 20 Nm kuch momenti ta’sirida tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat qila boshladi. O‘ninchi sekundning oxirida W = 500 j kinetik energiyaga ega bo‘ldi. Maxovikning inersiya momenti nimaga teng?
138. Massasi 1000 kg, radiusi 1 m disksimon stabillashtiruvchi giroskopni 1 min oraliqda burchakli tezligi 30 s-1 bo‘lsa, uni harakatga keltiruvchi motoring quvvati qanday bo‘lishi kerak? Havoning qarshiligi va ishqalanish hisobga olinmasin.
139. Massasi 1 kg, diametri 60 sm disk (disk yuzasiga perpenendikular va markazdan o‘tuvchi) o‘q atrofida 20 ayl/s chastota bilan aylanmoqda. Diskni to‘xtatish uchun qanday ish bajarish kerak?
140. Massasi 5 kg va radiusi 5 sm disk ν = 10 ayl/min chastota bilan aylanma harakat qilib turganda, qo‘zgalmas turgan massasi 10 kg, lekin radiusi yuqoridagidek bo‘lgan diskka tekkizilgan. Agarda ular tekkizilganda sirpanish yo‘q bo‘lsa, disklarni qizdirish uchun sarf bo‘ladigan energiya qismi topilsin.
141. G‘ildirak o‘zgarmas ε = 0.5 rad/s2 burchakli tezlanish bilan aylanmoqda. Harakat boshlangandan 15 s vaqt o‘tgach 73.5 kg·m2/s impuls momentiga ega bo‘lgan. Harakat boshlangandan keyin 20 s o‘tgach uning kinetik energiyasi qanday bo‘ladi?
142. Massasi 100 kg va radiusi 0.4 m tinch turgan disksimon maxovikni ν = 10 ayl/s chastota bilan aylantirish uchun qancha ish bajarish kerak?
143. Aylanma harakat qilayotgan maxovikka M = 1.99 N·m tormozlovchi o‘zgarmas kuch momenti ta’sir etsa, u tekis sekinlanuvchan harakat qilib N = 80 aylanib to‘xtagan. Tormozlanish boshlangan payitda maxovikning kinetik energiyasi qanday bo‘lgan?
144. Massasi 10 kg va radiusi 2 m gorizontal platforma, uning markazidan o‘tuvchi vertikal o‘q atrofida ν = 10 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Massasi 60 kg odam platformani chekkasida turibdi. Agarda odam chekkadan markazga o‘tsa, u qanday ish bajaradi?
145. Inersiya momenti 20 kg·m2 bo‘lgan maxovik 10 Nm kuch momenti ta’sirida tinch holatdan tekis tezlanuvchan harakat qila boshlagan. Bu harakat 10 s davom etgan. Kinetik energiyasi topilsin.
146. ν = 10 ayl/s chastota bilan aylanayotgan maxovikni kinetik energiyasi W = 8·103j . Agarda 5 s vaqtda maxovikni burchakli tezligi ikki marta oshsa, maxovikka qo‘yilgan kuch momenti nimaga teng?
147. Uzunligi 1.5 va massasi 10 kg sterjen yuqori uchidan o‘tuvchi qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanma harakat qila oladi. Sterjenni o‘rtasiga massasi 10 g o‘q gorizontal yo‘nalishda υo = 500 m/s tezlik bilan uchib kelib tegdi va sterjenda qolib ketdi. Sterjen o‘q tekkandan keyin qanday burchakka (φ) burildi?
148. Maxovik o‘zgarmas ν = 900 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Tormozlanish boshlangandan keyin u tekis sekinlanuvchan harakat qilib N = 75 aylanib to‘xtadi. To‘xtatishda sarf bo‘lgan ish A = 44.4 j. Maxovikning inersiya momenti va tormozlanish kuch momenti topilsin.
149. Uzunligi 1 m bo‘lgan ingichka sterjen uchi bilan gorizontal o‘qqa mahkamlangan. Sterjenni muvozanat holatdan 60o burchakka burib qo‘yib yubordi. Muvozanat holatdan o‘tayotgan paytda sterjenning ikkinchi uchini chiziqli tezligi topilsin.

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish