84. Avtomobilning tortish kuchi yo‘lga nisbatan quyidagi qonun bo‘yicha o‘zgaradi F = D + BS. Kuchning (S1. S2) oraliqda bajargan ishi topilsin.
85. Ikkita jism bir-biriga qarab harakatlanib noelastik urilish hosil qildi. Birinchi jism to‘qnashguncha tezligi 2 m/s, ikkinchisiniki esa 4 m/s ga teng. To‘qnashgandan keyin ikkala jismni birgalikdagi harakat tezligi u = 1 m/s ga teng va yo‘nalishi birinchi jism tezligini yonalishi bilan mos tushadi. Birinchi jismning kinetik energiyasi ikkinchisinikidan necha marta katta?
86. Massasi 5000 kg quroldan massasi 100 kg snarad uchib chiqdi. Uchib chiqishdagi snaradning kinetik energiyasi 7.5 mj. Bu snarad uchib chiqishda qurol qanday “silkinish” kinetik energiyasiga ega bo‘ladi?
87. 1.5 m/s tezlik bilan uchib kelayotgan koptopkni raketka bilan urib 20 m/s tezlik bilan qaytarib yuboriladi. Bunda kinetik energiyaning o‘zgarishi 8.75 j ga teng bo‘lsa, koptokning impulsini o‘zgarishi topilsin.
88. Massasi 2000 kg bo‘lgan temir yo‘l vagoni ulash temiri (bufer) ga 0.2 m/s tezlik bilan kelib uriladi. Bunda har ikkala ulash temirlarining purjinalari 4 sm ga siqiladi. Har ikkala prujinaga ta’sir etuvchi maksimal kuch topilsin.
89. Massasi m bo‘lgan parusli kema shamol yordamida to‘gri chiziqli harakat qilmoqda. Yo‘lning vaqtga bog‘liq funksiyasi ko‘rinishda berilgan. Shamol kuchini 0 dan t gacha vaqt oralig‘ida bajargan ishi topilsin.
90. Massasi 4·104 kg vagon 2 m/s tezlik bilan harakatlanib yo‘lning oxirida prujinali amortizatorga urilib to‘xtaydi. Agarda prujinaning bikrlik koeffitsiyenti 2.25·105 N/m bo‘lsa, prujina necha sm ga siqiladi?
91. Massasi m=103 kg samolyot 1200m balandlikda gorizontal 50 m/s tezlik bilan uchmoqda. Motori o‘chirilgandan keyin u planli uchishga o‘tib yerga qo‘nganda tezligi 25 m/s ga teng bo‘ladi. Bosib o‘tilgan yo‘lni 8 km deb olib samolyotni qo‘nishdagi qarshilik kuchi topilsin.
92. Massasi 10 kg va 600 m/s tezlik bilan uchib kelayotgan o‘q 4 sm yog‘och taxtaga tegib teshib o‘tib, harakatni 400 m/s tezlik bilan davom ettiradi. Taxtani o‘rtacha qarshilik kuchi topilsin.
93. Massasi 2 kg, tezligi 5 m/s shar ro‘parasidan kelayotgan massasi 3 kg va tezligi 10 m/s shar tomon uchib bormoqda. Sharlaning to‘g‘ri chiziq bo‘yicha noelastik urilishidan keyingi kinetik energiya o‘zgarishini toping.
94. Massasi 1 kg jism boshlang‘ich tezligi 2 m/s bilan stol ustida harakatlanmoqda. Stol chetiga borib u stoldan tushib ketadi. Stolning yerdan balabdligi 1 m. Jismning stolga ishqalanish koeffisiyenti 0.1 ga teng. Stol ustida jismning bosib o‘tgan yo‘li 2 m. Jism yerga kelib urilganda ajralib chiqqan issiqlik miqdori topilsin.
95. Atom massalari 10-25 kg va 3·10-25 kg bo‘lgan ikki qismga bo‘linib ketdi. Agarda ularni umumiy kinetik energiyasi 32 kJ bo‘lsa, alohida bo‘laklarning kinetik energiyasi topilsin. Atomni bo‘linishgacha bo‘lgan impulsi va kinetik energiyasi e’tiborga olinmasin.
96. Prujinasining bikirligi 150 N/m bo‘lgan purjinali pistoletdan massasi 8 g bo‘lgan o‘q otilgan. Agarda purjina 4 sm siqilgan bo‘lsa, o‘qni pistoletdan chiqib ketishidagi tezligi topilsin.
97. Atom yadrosi massalari 1.6·10-25 kg va 2.4·10-25 kg bo‘lgan ikki bo‘lakka bo‘linib ketdi. Agarda birinchi bo‘lakning kinetik energiyasi 18 nj bo‘lsa, ikkinchi bo‘lakning kinetik energiyasi topilsin. Yemirilish sodir bo‘lgunga qadar atomning Impulsi va kinetik energiyasi hisobga olinmasin.