Tarmoq xavfsizlik fanidan baholash mezonlari
Parrandachilik fanidan o’quv rejasida belgilanganidek, Axborot xavfsizligi yo’nalishlari uchun bosqichlarning dastlabki 2-ta semestrida o’qitiladi. Fan uchun jami 120-soat, shu jumladan, 60 soat nazariy, 60 soat amaliy mashg’ulot hamda 64 soat mustaqil ish uchun vaqt ajratilgan. __ bosqichda o’quv yili davomida 2 ta semestrda 2 ta oraliq nazorat va 2 ta yakuniy nazorat rejalashtirilgan. Bulardan tashqari qolgan darslarda joriy nazoratlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari hamda «O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida» Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli va 2004 yil 24 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 293-sonli qarorlariga asosan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Davlat ta’lim standartlari»ning (bundan keyin Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
2. O’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
II. Reyting maqsad va vazifalari
3. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko’nikma va malakalari saviyasini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: standartga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;
s) o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o’zaro musobaqa muhitini yaratish;
d) o’quvchilarning fanlar bo’yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
o’qituvchining faoliyatidagi mas’uliyatini oshirish va uning pedagogik mehnati samarasini holisona baholash;
e) o’quvchilarning har bir fan va amaliyot turlari bo’yicha o’zlashtirish darajalarini aniqlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |