Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Dasturiy injinering fakulteti 3-kurs
311-20 guruh talabasi Turgunov Islom Ўйинлар: аркададан стратегикгача бўлган ҳар хил турдаги ўйинларни таклиф қилувчи дастур.
Topshirdi: Turgunov Islom Qabul qildi: Alijonov Isroiljon Flag Guiz Game Ishning maqsadi:1-labaratoriya Ishida biz yaratmoqchi bo’lgan mobil ilovaga bo’lgan ehtiyojni o’rganamiz vas hu asosida o’zimizning ilovamizni boshlang’ich qismini shakllantiramiz. Nazariy qism: Men labaratoriya ishini bajarishdan oldin qanday ilovalar qilish mumkinligi haqida o’yladim va bir nechta mobil ilovalar bilan tanishdim.Shularning ichidan flag quiz ilovasini labaratoriya ishini bajarish jarayonida yaratishga qaror qildim. Bilamizki, flag quiz mobil ilovasini oramizdan ko’pchilik o’ynagan va uning strategiyasini yaxshi bilishadi. “Flag Quiz” mobil dasturini yaratishda uni quyidagicha bosqichlarga ajratdik:
1. Platformani tanlash: dastlab dasturni qaysi platforma (Android, iOS, Windows Phone) uchun yaratmoqchi ekanligimizni aniqlaymiz. Mobil dasturlar uchun eng keng tarqalgan platforma Android. Shuning uchun biz android platformasini tanlaymiz. 2. Talablarni tahlil qilish: talablarni tahlil qilib, foydalanuvchilar uchun ilovaning qanday imkoniyatlari mavjud bo’lishi va interfeysning qulay hamda jozibador bo‘lishi kerakligini ta’minlashimiz mumkin. 3. Foydalanuvchi interfeysining dizaynini ishlab chiqish: mobil ilovani yaratishda bir necha ilovalarning foydalanuvchi interfeysining prototipi va dizaynini yaratish (UI) tahlil qilindi, sababi bu o‘ta muhim bosqichdir. UI foydalanuvchi uchun aniq va oson tushuntirilishi kerak.
4. Mobil ilovaning kodini yozish: dasturning kodini ishlab chiqish Java, Swift yoki Kotlin kabi dasturlash tillarida amalga oshirilishi mumkin. 5. Testlash va xatolashtirish: ilovaning tegishli faoliyat ko‘rsatishiga va xatolarga ega emasligiga ishonish uchun test o‘tkazish. 6. Dasturlarni “play market”ga yuklash: dasturni dasturlar do‘koniga yuklash (Google Play, App Store), foydalanuvchilar uni o‘z uskunalariga yuklash va o‘rnatish uchun.
7. Qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash: ilovani qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash va foydalanuvchilarning o‘zgarayotgan ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun uning faoliyatini takomillashtirish.
Xulosa: Bu android telefonlar uchun yaratilgan dasturiy vosita hisoblanadi. Bu dastur o’yin- kulgu ya’ni inson vaqtini maroqli o’tkazish uchun yaratilgan hisoblanib, bu dasturdan shunchaki zerikishlarni bartaraf etishda foydalaniladi. Dastur har qanday yoshdagi insonlar uchun mo’ljallangan hisoblanadi. Biz flag quiz mobil ilovasini yaratishda uni yuqoridagi kabi bosqichlarga ajratdik , 1- labaratoriya ishimizda 1-bosqichni amalga oshiramiz ya’ni platformani tanlaymiz va flag quiz mobil ilovasining dastlabki ko’rinishini yaratamiz.