MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI
TELEVIZION TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Pedagogika. Psixologiya fanidan
512-guruh talabasining
Topshiriq-5
BAJARDI:Nuriddinova.K
TEKSHIRDI: Azimova Sh
TOSHKENT-2022
5-Topshiriq
Rahbar qobiliyatining psixologik komponentlari va xususiyatlari nimalardan iborat?
Muloqotning hayotdagi ahamiyati qanday?
Javoblar
1.Tizimli va vaziyatli yondoshuv orqali esa tashkilotda amalga oshayotgan jarayonlar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi hamma ishtirokchilar o'rtasida sababiy aloqa mavjudligi, tashqi muhit va vaziyat xodim xulqidagi hal etuvchi omil ekanligini tushunish imkoniyati paydo bo'ladi.
Zamonaviy yondoshuvlardan biri inson resurslarini rivojlantirish konsepsiyasi boʻlib, bunda tashkilot manfaati yo'lida xodimning o'z tashabbusi boʻyicha samarali mehnat kilishi uchun yaratiladigan sharoitlar markaziy masala deb qaraladi. Tashkilot personalini rivojlantirish omili sifatida xodimlarning ehtiyojini aniqlash va qondirish, ularning kasbiy va shaxsiy kamolotga erishishi uchun shart-sharoit yaratish g'oyasi yotadi. Aniqlangan ehtiyojlar majmuasiga har tomonlama ta'sir etish natijasida ishchining mehnatga ijobiy yondoshuvi va samarali mehnati ta'minlanadi.
G'arbda boshqaruvning psixologik muammolarini o'rganish boʻyicha koʻplab qimmatli tajribalar o'tkazilgan. Jumladan, mashhur nemis psixologi K.Levin rahbarlarni 3 tipga bo'lib o'rgangan. Ular quyidagilar: avtoritar demokrativ va liberal rahbarlik. Olim avtoritar boshqaruv uslubi to'g'risida gapirib, ushbu tipdagi rahbarlarga jamoa, jamoatchilik fikr-mulohazalarini inobatga olmaslik, tanho hukm va xulosalar chiqarishga odatlanish, jamoani qattiqqo'llik bilan boshqarish, o'zini yakka hokim sifatida tan olish kabi sifatlarzos ekanligini ta'kidlaydi. O'zini yakka hokim K.Levin odil boshqaruv usull sifatida demokrativ ishlash uslubini taklif qiladi. Uning fikricha, demokrativ uslubdagi boshqaruvchi jamoa fikri, g'oyasi,muayyan darajada qarorga kelishi, huquqiy tenglikka rioya qilinishi, erkinlikni ro'yobga chiqishi to'g'risidagi masalalarga oqilona munosabatda bo'ladi. Olim liberal boshqaruvchilarni qat'iyatsizlik va prinsipsizlikda ayblaydi. Bu uslub ilmiy Jamoalarda, inoq guruhlardagina ijobiy natija berishini ta'kidlaydi.
Amerikalik olim L.Laykert boshqaruv uslubining samaradorligini oshirish muammosini o'rganib, rahbarlik uslubida majbur qilish usullaridan foydalanmaslik kerakligini ta'kidlaydi hamda eng oqilona usul sifatida ishontirish usulini taklif qiladi.
Ingliz olimi M.Meksonning troll izohlashicha, rahbar faoliyatining samaradorligi, eng avvalo, kommunikatsiya samaradorligiga bog'liqdir.Kommunikatsiya samaradorligiga esa quyidagilar bilan izohlanadi:
1) Kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
2) Telefonda so'zlashish qobiliyati;
3) Rasmiy hujjatlarni tuzish va o'qiy olish qobiliyati;
4) Majlislarda qatnashish
Muallifning fikricha, har bir rahbar 50-90% gacha vaqtini kommunikatsiya sarflaydi. Rahbar qanchalik kommunikativ qobiliyatga ega bo'lsa, uning rahbarligidagi jamoada shunchalik nizoli holatlar kam boʻladi.
Taniqli psixolog D.Karnegi boshqaruv samaradorligini rahbar va xodimlaro'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar, muomala jarayonlari bilan bog'lab tushuntiradi. Uningang faridha, weg veshi palang ko'p gapirishi biladigan emas yaxshi balki qo'l ostidagi xodimlami ko'proq eshita oladigan rahbar hisoblanadi.
Rahbarlarda tinglash qobiliyatining mavjudligi uning mehnat Jamoasida obro' topishida oʻziga nisbatan ishonch hosil bo'lishida, odamlarni ortidan ergashtira olishida muhim o'rin tutadi.
Mashhur rus psixologi S.L.Rubinshteyn o'z ilmiy izlanishlarida jamoada ruhiy muhitni o'rganishga oid ko'rsatmalar, tavsiyalar ishlab chiqqan.
Atoqli olim A.N.Leontevning boshqaruv haqidagi ta'limotida rahbar emotsiyasi, motivatsiyasi, ehtiyoji uning shaxsiyatini belgilovchi asosiy omillar sifatida qaralgan.
Mashhur mus psixologi B.R.Lomov o'z ilmiy izlanishlarida rahbarlik muammolarini samarali o'rganib, boshqaruv faoliyatining bir nechta yo'nalishlari ochib berishga uringan:
1) muomala-faoliyat, jarayon, fikr uzatish vositasi sifatida;
2) qaror qabul qilish tiplari, vositalari va undagi bilvositalikni;
3) hamkorlik, faoliyatining tuzilmasi va uning o'ziga xos tavsiflari;
4) rahbar kadrlar faoliyatining tuzilishi;
5) rahbaring tiplari va ish uslublart.
Muallifning rahbar faoliyatiga nisbatan o'ziga xos yondashuvi hamda uning yaxlit tuzilishiga ega ekanligi to'g'risidagi mulohazalari muhim ahamiyatga egadir.
Bozor iqtisodiyoti davrida rahbarda kommunikativ qobiliyat bilan birga tashkilotchilik qobiliyatining ham bo'lishligi Juda muhimdir. Bugungi kun rahbari o'ta uddaburon, Ishbilarmon, muassasa yoki korxonaning oldida turgan vazifalarini maqsadga muvofiq, sobliqadamlilik bilan bajarishni uyushtira olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. O'zi rahbarlik qilayotgan korxonaning moliyaviy va iqtisodiy masalalarini to'g'ri va oqilona tashkil qilishi, yangi g'oyalar, yo'nalishlar, ishlab chiqarish texnologiyasi, chet el ilg'or tajribasini mahalliy sharoitga olib kirishi,tobe kishilar jinsi, yoshi, aqliy va jismoniy imkoniyati, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olib ish taqsim qilishi, xodimlar mehnatini to'g'ri baholay olishi, korxona istiqboll va xodimlar ijtimoiy himoyasi uchun hamisha g'amxo'rlik qilishi undagitashkilotchilik qobiliyatining mavjudligidandir.
Ushbu uslub yordamida shaxsdagi kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyati (odamlar bilan aniq va tez ishchanlik muloqotini o'mata olish, o'z tanishlari davrasini kengaytira olish, ommaviy tadbirlarda qatnashuvi, odamlarga ta'sir ko'rsata olish va bunda tashabbuskorlik sifatlarini namoyon qila olish kabilar)ni aniqlashga imkon beradi.
Lavozim talablari turli bo'g'in rahbarlari uchun turlicha aqliy salohiyat zarurligini ta'kidlaydi. Yuqori bo'g'in rahbarlari aniq ifodalangan ijtimoiy intellektga ega bo'lishlari shart. Ular tashabbuskor, muloqotga boy, yuksak siyosiyva ijtimoiy mavqega ega ishga aloqadar Janish-bilishlari ko'p, intuitsiyasi rivojlangan va tashkilot faoliyatining qayerga yo'nalishini tezda payqab olishlari kerak.
Har qanday tashkilotdagi asosiy og'irlikni o'ziga oluvchi oʻrta bo'g'in rahbarlarida esa maxsus qobiliyat ko'proq rivojlangan bo'lishi lozim. Ular ishga diqqat-e'tiborli, mas'uliyatli, katta hajmdagi miqdoriy va sifat maʼlumotlarini tahlil etish qobiliyatiga e ega shaxslardir.
Tajribalar davomida uch tipga xos rahbarlar uchradi va ulaming psixologik tavsifi dalillab berildi. Kuzatishlarimiz natijasining ko'rsatishicha, rahbarlikning eng samarador tipi demokratik uslub hisoblanar ekan. Bunda boshqaruvchining rahbarlik funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshirishi, guruh a'zolari bilan hamnafas ishlashi, ularning fikrini eshitishi va ko'pchilikka suyanib qarorlar qabul qilishi tadqiqotda ishtirok etgan xodimlar tomonidan qo'llab-quvvatlanishi isbotlandi. Chunki bunday rahbarlik uslubi bo'ysunuvchilarning shaxsiy faoliyatini rivojlantiradi, jamoada oʻrtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.
Tadqiqot natijalarida ishchi-xodimlar tomonidan rahbarlikning avtoritar uslubi ko'pham yoqtirilmasligi aiqlandi. Ularning izohlashlaricha, avtoritar rahbarning o'z irodasiga boshqalarni bo'y harakat qilishi, mas'uliyatli qarorlarni faqat o'zi qabul qilishi, nazoratini ham o'zi qilishi bo'ysunuvchilarga biroz yoqmaydi. Avtoritar rahbarlarning buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, Jamoadan o'zini uzoq tutadt, Jamoa a'zolarini bevosita muloqotda bo'lishini chegaralab qo'yadi.
Tadqiqotchilar liberal rahbarlik uslub haqida ham o'z fikrlarini bildirib, bunday rahbar boshqaruvidagi jamoada ishlash har doim ham yoqimli ekanligini ta'kidlaganlar.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo'lgan hislatlardan yana biri tom ma'noda "ziyoli" bo'lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo'lishdir.
Boshliq oʻzidagi avvalo muomalada, odamlar bilan boʻladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog'i lozim. Muomala madaniyati - bu o'rinli, aniq, qiska, samimiy gapirish san'ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar o'rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlaming asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni to'g'ri yo'sinda gapira olmaslik yotadi. O'zganing o'miga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo'lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Yuqorida aytib o'tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki,psixologik mahoratni talab etgani odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a'zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ulaming psixologiyasini, har bir a'zo psixologiyasini va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki "o'zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yoʻlidir", -deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi - ijtimoly psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar Jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda
tayyorlanmoqdalar.
2.Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.
Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.
Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |