Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnalogiyalari Universiteti Huzuridagi Toshkent Viloyati Axborot Texnologiyalari Texnikumi mustaqil ish mavzu



Download 54,69 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi54,69 Kb.
#841120
1   2   3   4
Bog'liq
algaritm tushunchasi

Determinantlik sifati
Berilgan boshlangich qiymatlarda bir qiymatli javob olinishi;
Ommaviylik sifati
Ma’lum turdagi masalalar uchun turli boshlangich qiymatlarda yechim olish mumkin bo’lishi;
Diskretlilik sifati
Algoritmni EHM(Elektron Hisoblash Mashinalari) yoki inson tomonidan bajarilishi mumkinligi shubxasiz bo’lgan ayrim-ayrim sodda bosqichlarga bo’lish mumkinligi.
Natijaviylik sifati
Har qanday boshlangich qiymatlarda ham javobning mavjudligi, bunda «bu holda yechim yo’q» singari axborot ham algoritmning ishlash natijasi deb qabul qilinadi;
Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan xolda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari xaqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy usullari fodalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.
Keltirilgan sifatlardan kelib chiqqan holda algoritmni ifodalash va bajarish qoidalari haqida so’z yuritish mumkin. Amaliyotda algoritmni ifodalashning uchta asosiy usullaridan foydalaniladi. Bular matnli ko’rinishi, sxematik(grafik) ko’rinishi, biror algoritmik tildagi (dasturiy) ifodasi.
Algoritmning matnli ifodasiga misol sifatida qadimiy ikki sonning eng katta umumiy bo’luvchisini topish (Evklid) algoritmini keltirish mumkin. Masalan A va B sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi topilsin.
Algoritmi:
1) kattasidan kichigini ayiramiz,
2) agar ayirma kichik songa teng bo’lsa bu ayirma eng kichik bo’luvchi sifatida olinadi, aks holda ayirma va berilgan sonlarning kichigi uchun.
1) bosqichga qaytiladi, ya’ni ayirish amali toki ayirma va ayiriluvchi son teng bo’lguncha davom ettiriladi.
Buni bir misolda tahlil qilish mumkin. Masalan 6 va 15 sonlari uchun eng katta umumiy bo’luvchi topilsin.
15 – 6 = 9 va berilgan sonlardan kichigi 6 olinadi. Ular teng emas. Demak, 9 va 6 uchun yuqoridagi jarayonni takrorlaymiz.
9 – 6 = 3 va 6 soni teng emas. 3 va 6 uchun takrorlasak. 6 – 3 = 3 va 3 teng. Demak, eng katta umumiy bo’luvchi 3 ga teng ekan.
Algoritmning matnli ifodasi murakkab jarayonlar uchun hajman katta bo’lib, yetarli darajada ko’rgazmali bo’la olmaydi. Shuning uchun algoritmning matnli ko’rinishidan dastlabki bosqichda masalani ishlashning asosiy bo’g’inlarini ifodalashda foydalaniladi. Masalaning algoritmini va kompakt (ixcham) ko’rinishda ifodalash uchun sxematik usuldan foydalaniladi.
Bu usul grafiklar deyilib, bunda algoritm o’zaro bog’langan funksional bloklar tarzida ifodalanadi. Har bir funksional blok ma’lum bir amal, yoki amallar ketma-ketligini bajarishni o’z ichiga oladi. Funksional bloklarning mazmuniga ko’ra shaklini va ularning o’zaro bog’lanishini ifodalashda davlat standartiga ko’ra qabul qilingan qoidalarga rioya qilinadi.
Odatda axborot yo’nalishiga mos kelayotgan bog’lanish yo’nalishi, yuqoridan pastga, strelka bilan ifodalanmasligi mumkin. Boshqa barcha hollarda bog’lanish yo’nalishi strelka (ko’rsatgich) bilan ko’rsatib qo’yiladi. Qulaylik uchun algoritm bloklari tartibli tarzda nomerlanishi kerak.
Bugungi ma`ruzamiz mavzusi saralash algoritmlarining eng sodda turi bo`lmish “Bubble sort”ga bag`ishlanadi. Bu mavzuni tushunib olish unchalik qiyin emas. Shunchaki diqqat bo`lsa bo`lgani. Demak, boshladik…
“Bubble sort” bu eng sodda, ketma-ketlikdagi har bir sonni boshqa sonlar bilan solishtirishga, asoslangan algoritm hisoblanadi. Unda solishtirish natijasida son noto`g`ri o`rinda turganligi aniqlansa, son o`rni almashtiriladi. Bu jarayon almashtirish kerak bo`lmay qolguncha davom etadi, ya`ni kerakli ketma-ketlikka kelguncha. Bu jarayonni to`liqroq tushunish uchun quyidagi rasmdan foydalanamiz:

“Bubble sort” eng ko`p vaqt talab qiluvchi saralash algoritmi hisoblanadi. Chunki unda n ta element uchun takrorlanishlar soni n*n ga teng. Bu, n kichik son bo`lsa unchalik sezilmaydi. Sababi, hozirgi zamonaviy kompyuterlar uchun bu takrorlanish soni qiyinchilik tug`dirmaydi. Ammo butun boshli ma`lumotlar bazasidagi ma`lumotlarni saralash talab etilsachi? Albatta vaqtdan yutqazamiz. Ammo, bu algoritm saralash algoritmlarini tushunib olish uchun ilk qadam hisoblanadi. Endi esa, bu algoritmlani kodga o`giramiz:







Download 54,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish