MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Yo’nalish: Kompyuter injineringi AT-servis
Fan: Elektron hukumat
Mavzu: Elektron hukumat tizimini loyihalash
Tayyorladi: Jamoliddinov Kamoliddin Jaloliddin o’g’li
Tekshiruvchi: Yuldashov Raxman Xusanovich
Mundarija
1. “Elektron hukumat” da tizimini loyihalash va rivojlantirish
2. “Elektron hukumat” tizimini boshqarish bo‘yicha funksiyalar
Kirish
“Elektron hukumat” da tizimini loyihalash va rivojlantirish
“Elektron hukumat” da tizimini loyihalash va rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish masalasi ham oʻrin olgan.
Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali koʻrsatishni kengaytirish;
Davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish;
“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish;
Shaxsga doir maʼlumotlarning himoyasini taʼminlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish;
Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish;
“Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish;
Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini kengaytirish;
Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga oʻtkazish kabi loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Asosiy qism
“Elektron hukumat” tizimini boshqarish bo‘yicha funksiyalar
“Elektron hukumat” tizimini boshqarish bo‘yicha funksiyalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga o‘tkazilganligi vaqtinchalik choraga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Norma.
Prezidentning 2018 yil 13 dekabrdagi farmonida vakolatlarni idoralar o‘rtasida qayta taqsimlashning sababi aniq belgilandi – LBMA raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ, Elektron hukumat esa uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘yish va bir oy muddatda ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish topshirildi. LBMA, o‘z navbatida, 2019 yil 1 aprelga qadar amalga oshirilayotgan loyihalarni tanqidiy ko‘rib chiqadi hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini ta'minlaydi. 2019 yil 1 mayga qadar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyixasi prezident Administratsiyasiga kiritiladi.
"Elektron hukumat" ishini to‘xtatib qo‘yish haqida gap borayotgani yo‘q. Elektron davlat xizmatlarini odatdagi tartibda ko‘rsatish davom ettiriladi.
Bunda kelasi yilda barcha davlat xizmatlarini faqat “Universal Mobile Systems” MChJ ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari orqali taqdim etish boshlanadi. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yilning 1 mayiga qadar ma'lumotlarni qayta ishlash markazlariga bo‘lgan ehtiyoj va ularning joylashuvi to‘g‘risida prezident Administratsiyasiga takliflar kiritadi. Mohiyatiga ko‘ra, operator "Elektron hukumat" uchun hisoblash quvvati va aloqa kanalini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, Elektron hukumatni rivojlantirish uchun alohida bojxona ombori tashkil etiladi.
Xulosa
"Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadiinteraktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlarixizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardanfoydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznesvakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilishimkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklartaqdim etiladi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabielektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.
Foydalanilgan adabiyodlar
Manba: https://www.uzavtoyul.uz/ru/post/ozbekistonda-elektron-hukumatni-joriy-etish-va-rivojlantirish.html
Manba: https://kun.uz/uz/news/2018/12/14/elektron-hukumatni-rivojlantirish-boyicha-loyihalar-toxtatib-qoyildi
Do'stlaringiz bilan baham: |