p=h/λ yoki, λ=h/p bunda h - Plank doimiysi
Ushbu nisbatning mohiyati quyidagicha: kvant obyektini agar istalsa, p harakat miqdoriga ega bo‘lgan zarracha tarzida ham, yoki, xohlansa, λ to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan to‘lqin sifatida qarash va tadqiq qilish mumkin. Va ushbu xossalarning har ikkalasini yuqoridagi oddiy nisbatdan iborat matematik tenglama orqali ifodalash mumkin. Lo‘nda qilib aytganda esa, kvant zarrachaning to‘lqin va korpuskulyar xossalari fundamental ravishda o‘zaro bog‘liqdir.
5-savol:
Elektronlar diffraksiyasini tajribada kuzatish
Javob:
De Broyl nisbati, o‘sha yillari endi-endi tug‘ilib, oyoqqa turishni boshlagan kvant mexanikasi ilmidagi eng ulkan jumboqlardan birining yechilishiga imkon berdi. Daniyalik olim Nils Bor o‘zining atom modelini fanga taklif qilganida, uning g‘oyasida yadro atrofida aylanuvchi elektronlarning ruxsat etilgan orbitalari mavjudligi haqida konsepsiya mavjud edi. Unga muvofiq, elektronlar yadro atrofidagi bunday orbitalarda hech bir energiya yo‘qotishlarisiz, istalgancha muddat davomida aylanishlari mumkin deb qaralardi. Ushbu tushunchani biz de Broyl nisbati orqali tushuntirib berishimiz mumkin bo‘ladi. Agar, elektronni biz zarracha deb qabul qilsak, unda elektron o‘z orbitasida doimiy qolishi uchun, u yadrodan istalgan masofada bir xil tezlikka (yoki, to‘g‘rirog‘i, bir xil impulsga) ega bo‘lishi shart. Basharti biz elektronni to‘lqin deb qabul qilsak, unda mazkur elektron berilgan radiusli orbitaga mos kelishi uchun, ushbu orbitaning aylana uzunligi, elektronning to‘lqin uzunligini ifodalovchi sonning butun qismiga teng bo‘lishi shart. Boshqacha aytganda, elektron orbitasi aylana uzunligi, faqatgina elektron to‘lqin uzunligining bir, ikki yoki, uch (va ho kazo butun son) barobariga teng bo‘lishi mumkin xolos. Agar bunday bo‘lmasa, elektron kerakli orbitaga tusha olmaydi.
6-Savol:
To‘lqin funksiyasining xususiyatlari
Javob:
De Broyl nisbatining asosiy fizik mohiyatiga shundaki, unga ko‘ra biz elektronning orbitalardagi biz ruxsat etilgan impulslarni (korpuskulyar tasavvur bo‘yicha), yoki, to‘lqin uzunliklarini (to‘lqin tasavvuridagi) doimo aniqlay olamiz. Biroq aksariyat orbitalar uchun de Broyl nisbatini tadbiq etilganida, zarracha sifatida qaralayotgan va muayyan impulsga ega bo‘lgan elektron, to‘lqin tasavvuriga ko‘ra, mazkur impulsga muvofiq keluvchi uzunlik bilan ayni orbitaga mos kela olmaydi. Va aksincha, muayyan to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan to‘lqin sifatida qaralayotgan elektron, mazkur orbitada sobit bo‘lishga yetarli impulsga ega bo‘la olmaydi (korpuskulyar tasavvurda). Aniqroq aytadigan bo‘lsak, aniq bir radiusga ega bo‘lgan aksariyat orbitalar uchun, yoki, to‘lqin, yoki korpuskulyar tasavvurlardan albatta qaysidir biri, elektronning yadrodan ushbu orbita masofasida bo‘la olmasligini ko‘rsatadi.
Shunga qaramay, yana bir necha orbitalar mavjudki, ularda elektron haqidagi to‘lqin tasavvuri ham, korpuskulyar tasavvur ham birdek o‘zaro muvofiqlikka erishadi. Bunday orbitalar uchun, elektronning orbitada qolishiga va harakatda davom etishiga yetarli bo‘ladigan impuls bilan, uning mazkur orbita aylanasiga mos kelishi (sig‘ishi) uchun kerakli bo‘lgan to‘lqin uzunligiga aniq mos keladi. Aynan shunday orbitalar Borning atom modelida ruxsat etilgan orbitalar deyiladi. Chunki ularda korpuskulyar va to‘lqin xossalari o‘zaro ziddiyatga kirishmaydi
Xulosa
Men bu muataqil ishni bajarishda, modda zarrachalarining korpuskulyar to’lqin dualizmini, ularning xususiyatlari, qaysi paramertlarda namoyon bo’lishini va De-Broyilning tajribalarini o’rgandim hamda shuni aytish kerakki, De-Broyil nazariyasi amliyotda, hayotda, sanoatda muhim rol o’ynashini bilib oldim.
1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y.
2. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17, 2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2.
3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан мультимедиа лекциялар тўплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск + СНМ.
4. Internet sahifalari.
Foydalangan adabiyotlar
414-20 Guruh
Do'stlaringiz bilan baham: |