Toshkent Axbarot Texnologiyalar Universitetining Telekomunikatsiyalar fakultetining 410-21-guruh talabasi Jo'rayev Hasanboyning Ehtimollar nazaryasi va statistika asoslari fanidan bajargan 1- mustaqil ishi
Mavzu:TOVAR, MAHSULOT, XIZMATLARGA BOʻLGAN TALAB FUNKSIYASINI QURISH
Mening biznes g’oyam Iqtisodiy darsliklarda talab funksiyasi haqida koʻp gapiriladi, lekin uni qanday olinganligi haqida gapirilmaydi. Shunday boʻlsada uni empirik maʼlumotlar boʻyicha baholash qiyin emas. Biznesni oltin qoidalaridan biri biror bir mahsulotga bo‘lgan talab bormi yo‘qligini bilish uchun buni iste’molchini o‘zidan so‘rash kerak. “Qandaydir tovar, mahsulot yoki xizmat turi uchun qancha mablagʻ bergan boʻlar ediz?” Aytaylik biror bir fan boʻyicha oʻquv darslik haqida gap ketsin. Soʻrovnoma oʻtqazilgan isteʼmolchilar maksimal berishlari mumkin boʻlgan mablagʻ miqdorlari quyidagicha boʻlsin:10 (1 ta ), 20(2ta) , 30L(4ta) ,40(4ta) , 50(5ta)
Olingan soʻrovnoma maʼlumotlari boʻyicha talabni bahoga nisbatan bogʻliqligi funksiyasini quramiz. Talabni bahoga nisbatan bogʻliqligi – bu 4-ustunni 2-ustunga bogʻliqligidir. Jadvalfagi bogʻliqlikni 5 ta nuqtasi boʻyicha talab egri chizigʻini eng kichik kvadratlar usulida yasaymiz. Aytaylik bitta darslikni ishlab chiqarishdagi sarf-xarajat 10($) tashkil qilsin. Hozirgina talab funksiyasi topilgan bozorda ushbu darslikni qanday bahoda sotish lozim? Buning uchun har bir kitobdan olingan daromadni talab qilingan darsliklar soni ga koʻpaytiramiz
Korrelyatsion bog`lanishni tekshirishda ko`zlanadigan ikki hodisa vazifasi bir hodisaning o`zgarishiga qarab, ikkinchi hodisa qancha miqdorda o`zgarishini aniqlashdan iborat. Afsuski, korrelyatsion tahlil usuli – korrelyatsiya koeffitsientlari bu haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Regression tahlil deb nomlanuvchi boshqa usul mazkur maqsad uchun xizmat qiladi. Regressiya so`zi lotincha regressio so`zidan olingan bo`lib, orqaga harakatlanish degan lug`aviy ma’noni bildiradi. Bu atamaning statistikaga kirib kelishi ham korrelyatsion tahlil asoschilari F.Gal’ton va K. Pirson nomlari bilan bog`liqdir. Buning tarixi quyidagicha bo`lgan: Otalar bo`yi ularning o`g`illarining bo`yi orasidagi bog`lanish F.Gal’ton va K.Personda qiziqish uyg`otgan. F. Gal’ton 200 dan ortiq oilalarni o`rganib otasi bo`ychan bo`lgan oilalardan o`g`illarining o`rtacha bo`yi pastroq va aksincha, otasi pakanaroq oilalarda esa o`g`illar bo`ychanroq ekanini aniqlangan. Bundan kelib chiqib tadqiqodchi aholi bo`yining o`rtachadan tafovuti kelajak avlodda kamayadi – regressiyalanadi degan xulosaga kelgan. Buning sababi shundaki, farzandlari bo`ylari nafaqat otalari bo`yicha bog`liq, balki ularga ona bo`yi va boshqa bola voyaga etishi bilan bog`liq omillar ta’sir etadi va ular ikkiyoqlama yo`nalishda bola o`sishiga ta’sir etgani uchun o`g`il bolalar bo`yini o`rtacha darajaga yaqinlashtiradi. Umuman olib qaraganda, bo`y o`zgaruvchanligi kamaymaydi, albatta, hozirgi “akseleratsiya” davrimizda o`rtacha inson bo`yi avloddan avlodga cho`zilib (uzayib ) bormoqda. Korrelyatsiya koeffitsent kuzatilayotgan 2 kishi orasida bog`lanish bor yo`qligini aniqlab beradi. Lekin belgining aniq bir qiymatiga 2 belgining qanday qiymati mos kelishini, bir belgining qiymatlari qanchagadir o`zgarganda 2-chi belgining qiymatlari qanchaga o`zgarishini korrelyatsiya koeffitsientidan aniqlab bo`lmaydi. Bu savollarga javob olish uchun regressiya koeffitsenti va regressiya tenglamasi topiladi. Regressiya koeffitsenti quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |