- Kompyuter tarmoqlari va uning turlari, kompyuter tarmoqlarining apparat va dasturiy ta’minoti.
- Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda
- echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi.
- Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
- 1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan
- juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata
- yordamida bog'lanadi.
- 2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar
- yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari
- yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi
- kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.
Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq. va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini
,
Web-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma'noda
belgilanuvchi mantiqiy birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror
voqelik, xodisa yoki ob'ekt to'g'risida ma'lumotlarni o'zida jamlagan ma'lumotlar
faylidir. Web serverlar bazasi web saytlardan iborat bo'lsa, web saytlar esa o'z
navbatida sahifalardan iborat bo'ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi
fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa
elementlardan iborat bo'lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan
bo'lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida
sahifa mos keladi.
Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so'zining
o'zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o'rgimchak to'ri ma'lum axborotni topish mumkin
bo'lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil web-
saytning bosh sahifasi manzilini ko'rsatadi. O'z navbatida, bosh sahifada web-
saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo'ladi. Web-
sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma'lumotlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Web-
saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli
web saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa
ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.
.
Адабиётлар: 1. Ш.А.Асраров, Ш.А.Уролов “Ўқитишни бошқарувчи тизимлар асосида талабаларнинг мустақил таълимини ташкиллаштириш ва бошқариш” Услубий қўлланма Самарқанд 2019 йил 2. http://www.gmail.com 3. http://www.classroom.google.com
Do'stlaringiz bilan baham: |