6.1. Radiokanallar sonini hisoblash.
Chastotalar kanallarining umumiy soni. Sotali aloqa tarmog‘ini qurish uchun ajratilgan kanallar soni quyidagiga teng bo‘ladi:
Nk = int(ΔF/Fk) (6.1)
bu erda int(x) – x sonining butun qismi,
Fk – sotali aloqa tizimining bitta kanali egallaydigan chastotalar polosasi (UMTS standartida 50 kGs).
6.2. Bitta BTS ishlatadigan radiokanalar sonini aniqlash.
Sotaning bitta sektorida abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan chastotalar kanallari soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
ns = int(Nk/C·Ns) (6.2)
bu erda Ns – sektorlar soni, S – klaster o‘lchami.
6.3. Ruxsat etiladigan telefon yuklamasini hisoblash.
Bitta sotaning bitta sektoridagi ruxsat etiladigan telefon yuklamasi quyidagi nisbat orqali aniqlanadi:
(6.3.1)
bunda quyidagi shart bajarilishi kerak:
(6.3.2)
bu erda RV – chaqiruvni bloklanishi ehtimolligi, RV=0,11.
Agar ildiz ostidagi qiymat RV qiymatidan katta bo‘lsa, u holda RV=0,11 olinadi.
(6.3.3)
6.4. Bitta BTS xizmat ko‘rsatadigan abonentlar sonini aniqlash
Eng katta yuklama soatida berilgan bitta abonentning aktivligida bitta BTS xizmat ko‘rsatadigan abonentlar sonini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
NaVTS = int (A/β)·Ns (6.4)
6.5. Bazaviy stansiyalar sonini hisoblash
Berilgan xizmat ko‘rsatish hududidagi zarur bazaviy stansiyalar soni quyidagi nisbat orqali hisoblanadi:
NVTS = int (Na/NaVTS), (6.5)
bu erda Na – sotali aloqa tarmog‘i xizmat ko‘rsatadigan berilgan abonentlar soni.
6.6. Bazaviy stansiyaning xizmat ko‘rsatish zonasi radiusini hisoblash.
Sotaning radiusini quyidagi ifodadanfoydalanish bilan aniqlash mumkin:
(6.6)
6.7. Himoya masofasini aniqlash
Bir xil chastotalar kanallarili VTSlar orasidagi himoya intervalining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(6.7)
6.8. MS qabullagichi kirishidagi signalning sathini hisoblash
hBTS=const va Puz.BTS=const bo‘lganda MS qabullagichi kirishidagi signalning Pqab.MS zarur quvvati birinchi uzatish tenglamasidan foydalanish bilan aniqlanadi:
Pqab.MS = –Puz.BTS + GBTS – 70 – 26,16 lg(f, MGs) + 13,82lg(hBTS, m) –
– [45 – 6,55lg(hBTS, m)] · lg(R, km) – αfBTS (6.8)
bu erda GBTS – BTS antennasining kuchaytirish koeffitsienti, dB;
f – ajratilgan diapazonning o‘rta chastotasi, MGs;
Puz.BTS – BTS uzatkichining quvvati, dBVt;
αfBTS –fiderdagi to‘liq yo‘qotish;
6.9. Radiospektrdan foydalanish samaradorligini hisoblash
Sotali aloqa tarmog‘ining muhim parametri γ radiospektrdan foydalanish samaradorligi hisoblanadi. U BTS uzatishiga(yoki qabul qilishiga) 1 MGs chastotalar polosasiga aktiv abonentlar soni orqali shartlanadi, ya’ni
(6.9)
6.1-Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |