O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TENOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI
FAKULTETI
TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI
KAFEDIRASI
SIMSIZ TARMOQALAR
fanidan laboratoriya ishlari to‘plami
S AMARQAND
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali
Kilichov J.R : Simsiz tarmoqlar
Ushbu uslubiy ko’rsatma xuddi shunday deb nomlangan dastur va davlat standarti asosida yozilgan bo‘lib, unda simsiz tarmoqlar fanining asosiy tushunchalari, simsiz tarmoqlar va texnologiyasi, simsiz tarmoqlarining ma'lumot uzatish tarmoqlaridagi evolyusiyasi, simsiz tarmoqlarning turlari va vazifalari, Aloqa tarmoqlaridagi elementlarni boshqarish va ularni ta'rif-tavsiflarini aniqlash uslublari ham keltirilgan.
“Simsiz tarmoqlar” fani bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha “Telekommunikasiya texnologiyalari” mutaxassisligida bakalavrlar tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
TATU Samarqand filiali o‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan __________20__ yildagi ____-nchi bayonnomasida ko‘rib chiqilgan.
KIRISH
O'zbekiton Respublikasida dolzarb masalalarni kompleks o'rganish, amaldagi qonunchilik, qonunchilikda qo'llanadigan amalyot va ilg'or horij tajribasini tahlil qilish, shuningdek keng jamiyat muhokamasi yakunlari bo'yicha “2017 — 2021 yilarda O'zbekiston Respublikasini beshta ustuvor rivojlantirish yo'nalishlari harakatlar strategiyasi” qabul qilingan. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaidan biri ta'lim va fan sohasini rivojlantirish hisoblanadi, u ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini qurish, rekonstrutsiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha ishlarni o'tkazish yo'li bilan mustahamlash, zamonaviy o'quv va laboratoriya qurilmalari, kompyuter texnikasi, o'quv-uslubiy ko'rsatmalar bilan jihozlash bo'yicha maqsadga yo'naltirilgan choralarni amalga oshirishni o'z ichiga oladi [1]. “Simsiz aloqa” fani doirasida O'zbekiston Respublikasida simsiz, shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi avfzalliklari, simsiz shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi avfzalliklari, simsiz aloqa tizimlarining qurilish tamoyillari, ularning asosiy elementlari va xarakteristikalari, simsiz tizimlarda ma'lumotlarni yuborish asoslari, signallarni modulyatsiyalash va spektrni kengaytirish texnologiyalari, simsiz keng polosali tarmoqlarida axborot xavfsizligini tashkil etish, turli shifrlash algoritmlari va protokollari, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash haqida asosiy tushunchalar haqida asosiy ma'lumotlar bayon etiladi.
Ushbu “Simsiz tarmoqlar” fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun uslubiy ko'rsatma 5350100 – Telekommunikasiya texnologiyalari (Telekommunikasiya) yo'nalishida taxsil oluvchi bakalavrlariga mo'ljallanganligi, uslubiy ko'rsatma kirish, 15ta laboratoriya ishlanmasi va foydalangan adabiyotlar ro'yxatidan iborat ekanligi, uslubiy qo'llanmada simsiz aloqaning o'ziga hos hususiyatlari, tarmoq qurilish arxitekturalari ishlash printsiplari, qo'llanilish soxalari shuningdek sotali aloqa tarmoqlarining avlodlari, ularda qo'llaniladigan texnologiyalari va standartlariga ta'luqli laboratoriya ishlanmalari keltirilgan. Uslubiy qo'rsatma “Simsiz aloqa” fani doirasida O'zbekiston Respublikasida simsiz, shu jumladan mobil, aloqa tizimlari faoliyatini tashkil qilish va nazariy asoslari, texnologiyalari va ularning oddiy kabelli tizimlar oldidagi afzalliklari, simsiz aloqa tizimlarining qurilish tamoyillari, ularning asosiy elementlari va xarakteristikalari, simsiz tizimlarda ma'lumotlarni yuborish asoslari, signallarni modulyatsiyalash va spektrni kengaytirish texnologiyalari, simsiz keng polosali tarmoqlarida axborot xavfsizligini tashkil etish, simsiz aloqa tarmog'i qurilish arxitekturasining ishlash printsiplari, qo'llanilish soxalari, radioreleli aloqa liniyasining energetik xarakteristikalari, UMTS standarti sotali aloqa tarmog'i va GSM-900 sotali aloqa tarmog'ining parametrlarini tadqiq qilishga doir ishlanmalar keltirilgan.
Oliy ta'limning davlat ta'lim standartiga ko'ra ishlab chiqarish va texnik sohalarida o'qitiladigan “Simsiz aloqa” fanining maqsadi telekommunikasiya sohasi bo'yicha ta'lim oluvchi talabalar tomonidan zamonaviy axborot va telekommunikatsiya tizimlarida tobora keng qo'llanilayotgan simsiz aloqaga oid bilimlar, ko'nikmalar va malakani egallashga qaratilgandir. Bunda laborotoriya mashg’ulotilarning ma'no jihatdan ketma-ketligi o'quv jarayonining modul tamoillariga va qo'shimcha o'quv axborotini olishga hamda talabalar bilimlarini mustahkamlashga undaydi.
№1-Laboratoriya mashg’uloti.
Do'stlaringiz bilan baham: |