10.2. “ Yaqindagi” va “olisdagi” abonentlar uchun LTE tarmog‘i kanalidagi ruxsat etiladigan uzatish tezligini baxolash
LTE tarmog’ida “yaqin” (sota markazida)dagi foydalanuvchilar uchun kanadagi ma’lumot uzatish tezligi (Mbit/s) quyidagicha aniqlash mumkin:
, (10.5)
“uzoq” (sota chekkasi)dagi foydalanuvchilar uchun:
(10.6)
bu yerda, W – tizim polosasi, MGts, η – SINR.
1. Agar tizim polosasi W=10 MGts, SINR sota markazi uchun η1(u)=4, SINR sota chekkasi uchun η2(u)=0,3 bo’lsa, DL uchun sotaning markazida va chekkasida joylashgan foydalanuvchilar uchun kanal tezligini hisoblang.
Hisob:
10.5 formula orqali sota markazidagi foydalanuvchilar uchun ma’lumot uzatish tezligini aniqlamiz:
, (10.5)
10.6 formula orqali sota chekkasidagi foydalanuvchilar uchun ma’lumot uzatish tezligini aniqlamiz:
, (10.6)
10.5-jadvalda keltirilgan topshiriqning varianti bo'yicha mustaqil hisob-kitobni amalga oshiring.
10.5-jadval
Dastlabki ma’lumotlar
Variant
|
W, MGts
|
η1(u)
|
η2(u)
|
1
|
10
|
5
|
0,3
|
2
|
11
|
4
|
0,25
|
3
|
12
|
5
|
0,27
|
4
|
10
|
3
|
0,4
|
5
|
13
|
4
|
0,24
|
6
|
11
|
5
|
0,26
|
7
|
13
|
4
|
0,31
|
8
|
10
|
6
|
0,28
|
9
|
12
|
3
|
0,26
|
10
|
14
|
4
|
0,32
|
11
|
12
|
3
|
0,27
|
12
|
13
|
4
|
0,4
|
13
|
15
|
5
|
0,24
|
14
|
16
|
4
|
0,26
|
15
|
14
|
6
|
0,31
|
16
|
11
|
3
|
0,28
|
17
|
12
|
4
|
0,27
|
18
|
13
|
3
|
0,4
|
19
|
15
|
4
|
0,24
|
20
|
12
|
5
|
0,26
|
21
|
11
|
4
|
0,31
|
22
|
13
|
6
|
0,28
|
23
|
15
|
3
|
0,27
|
24
|
15
|
4
|
0,4
|
25
|
14
|
3
|
0,24
|
2. Agar tizim polosasi W=10 MGts, SINR sota markazi uchun η1(u)=4, SINR sota chekkasi uchun η2(u)=0,4 bo’lsa, UL uchun sotaning markazida va chekkasida joylashgan foydalanuvchilar uchun kanal tezligini hisoblang.
Hisob:
10.5 formula orqali sota markazidagi foydalanuvchilar uchun ma’lumot uzatish tezligini aniqlamiz:
10.6 formula orqali sota chekkasidagi foydalanuvchilar uchun ma’lumot uzatish tezligini aniqlamiz:
10.6-jadvalda keltirilgan topshiriqning varianti bo'yicha mustaqil hisob-kitobni amalga oshiring.
10.6-jadval
Dastlabki ma’lumotlar
Variant
|
W, MGts
|
η1(u)
|
η2(u)
|
1
|
10
|
5
|
0,4
|
2
|
11
|
4
|
0,36
|
3
|
12
|
5
|
0,29
|
4
|
10
|
3
|
0,39
|
5
|
13
|
4
|
0,37
|
6
|
11
|
5
|
0,38
|
7
|
13
|
4
|
0,39
|
8
|
10
|
6
|
0,36
|
9
|
12
|
3
|
0,29
|
10
|
14
|
4
|
0,37
|
11
|
12
|
5
|
0,36
|
12
|
10
|
4
|
0,29
|
13
|
13
|
6
|
0,39
|
14
|
11
|
3
|
0,37
|
15
|
13
|
4
|
0,38
|
16
|
12
|
5
|
0,36
|
17
|
10
|
4
|
0,29
|
18
|
13
|
6
|
0,36
|
19
|
11
|
3
|
0,29
|
20
|
13
|
4
|
0,39
|
21
|
12
|
5
|
0,37
|
22
|
10
|
4
|
0,38
|
23
|
13
|
6
|
0,36
|
24
|
11
|
3
|
0,29
|
25
|
13
|
4
|
0,39
|
Dastlabki qiymatlarda RS, Mbit/s ruxsat etiladigan uzatish tezligini baxolang
Hisobot tarkibi
1. Ishdan maqsad.
2. Topshiriq.
3. Hisoblash natijalari.
4. Xulosa.
Nazorat savollari
1.Mobil radioaloqa tizimlari qanday tasniflanadi?
2. UMTS va LTE radio tarmoqlarini rejalashtirish.
3.LTEtarmog’ida kanalidagi ruxsat etiladigan uzatish tezligi qanday?
4.LTE uyali aloqa tarmog’ida yo’qotishlarni tushuntiring.
№11-Laborotoriya mashg’uloti. 4G avlod mobil aloqa tizimlarini tadqiq qilish
Ishdan masad
LTE standartidagi tarmoqlaring arxitekturasi, resurslar to‘ri, pastga va yuqori kanalarini tashkil etishni o‘rganish
Topshiriq
1.LTE standartining arxitekturasi bilan tanishish.
2.LTE resurslar to‘rni o‘rganish.
3.LTE pastga va yuqori kanalarini tashkil etishni o‘rganish.
4.4G tarmoqlar o‘tkazish qobiliyati va potensial abonentlari sonini hisoblash.
Hisobot tarkibi
1. Ishning nomi va maqsadi.
2. LTE standartidagi tarmoqlaring arxitekturasi, resurslar to‘ri, pastga va yuqori kanalarini tashkil etish sxemalari va hisoblash natijalari.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
4G sotali tizimlarni qurilishi uchun nomzod ma’lumotlarni uzatilishi tezliklaridagi ehtiyojlarni qondirish uchun CDMA va UMTS texnologiyalarni takomillashtirish bo‘yicha standart bo‘lgan 3GPP Long Term Evolution (LTE) loyihasi hisoblanadi. Bu takomillashtirishlar samaradorlikni oshirish, kechikishlarni kamaytirish, ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish va takomillashtirish, shuningdek mavjud protokollar bilan integratsiyalanishga tegishli bo‘ldi. 3GPP LTE standarti bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi nazariy jihatdan qabullashga (download) 326,4 Mbit/s va uzatishga (upload) 172,8 Mbit/sga etadi. Xalqaro standartda qabullashga 173 Mbit/s va uzatishga 58 Mbit/s tavsiflangan. LTE fizik darajaning asosi paketli uzatish, adaptivko‘p sathli modulyasiyalash, ko‘p tomonlama ulanish uchun OFDMA texnologiya va qabul qilish va uzatishda ko‘p antennali ajratish (MIMO) hisoblanadi.
LTE bazaviy stansiyasining ishlash radiusi quvvat va ishlatiladigan chastotaga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. Optimol holda bu k km atrofida, lekin zarurat bo‘lganida ishlash masofasi 30 kmni yoki hatto 100 kmni (antenna etarlicha ko‘tarilganida) tashkil etadi.
LTEning qamrab olish zonasida qilingan qo‘ng‘iroq yoki ma’lumotlarni uzatish seansi texnik jihatdan 3G (W-CDMA, CDMA2000) yoki GSM/GPRS/EDGE tarmog‘iga uzilishsiz uzatilishi mumkin. SHunday qilib, LTE tarmoqlarining rivojlanaishi mavjud rivojlangan ham GSM, ham CDMA operatorlar tarmoqlarida bo‘lishi mumkin, bu tarmoqni qurish narxini sezilarli pasaytiradi (WiMax tarmoqlarga qaraganda).
LTE radiointerfeysi uchta asosiy OFDM ortogonal tashuvchilar orqali multiplekslash, MIMO ko‘p antennali tizimlar va tarmoqning evolyusion tizim arxitekturasi (System Architecture Evolution) texnologiyalariga asoslanadi.
Kanallarni dupleks ajratilishi, ham chastota bo‘yicha (FDD), ham vaqt bo‘yicha (TDD) bo‘lishi mumkin va bu operatorlarga chastotani tez moslashuvchan ishlatilishiga imkon beradi. Bunday echim juftlangan chastotalarga ega bo‘lmagan kompaniyalarga bozorga yo‘lni ochadi. Boshqa tomondan, FDDni qo‘llash an’anaviy sotali operatorlar uchun juda qulay, chunki ularda juftlangan chastotalar oldindan mavjud, deyarli barcha sotali aloqa tizimlari shunday tashkil etilgan. O‘z-o‘zicha FDD tizimi chastotalar resurslaridan foydalanish bo‘yicha ga qaraganda sezilarli samarador, unda ustama sarflar (xizmat maydonlari va h.k.) kam.
Bazaviy stansiya (BS) va mobil stansiya (MS) orasidagi almashlash siklli qaytariladigan kadrlar (atamashunoslikda LTE – radiokadr) prinsipi bo‘yicha quriladi. Radiokadrning davomiyligi 10 msni tashkil etadi. LTE spetsifikatsiyasidagi barcha vaqt parametrlari Ts = 1/(2048·∆f) minimal vaqt kvantiga bog‘langan, bu erda ∆f – nimtashuvchilar orasidagi qadam bo‘lib, u standart 15 kGsga teng. SHunday qilib, radiokadrning davomiyligi 307200Tsga teng bo‘ladi. Vaqt kvantining o‘zi 30,72 MGs takt chastotasiga mos keladi, bu 3G-tizimlardagi (5 MGs kanal polosasili WCDMA) 3,84MGs qayta ishlash chastotasiga karrali (8×3,84 = 30,72) bo‘ladi.
Har bir abonentlar qurilmasiga (AQ) har bir slotda chastota-vaqt sohasidagi ma’lum kanallar resurslari dipazoni – resurslar to‘ri (11.1-rasm) tayinlanadi.
Resurs elementi deyiladigan resurs to‘rich yacheykasi chastotalar sohasidagi bitta nimtashuvchiga va vaqt sohasidagi bitta OFDM-simvolga mos keladi. Resurs elementlari resurslar bloki-kanaldagi minimal axborot birligini hosil qiladi. Resurslar bloki slotning umumiy davomiyligi 0,5 msni tashkil etishi uchun siklli prefiksga bog‘liq ravishda 12 ta nimtashuvchilar (ya’ni 180 kGs) va 7 ta yoki 6 ta OFDM-simvollarni egallaydi.
Resurslar to‘ridagi NRB resurslar bloklari soni kanalning polosasikengligiga bog‘liq va 6 dan 110tagachani (LTEda pastga/yuqoriga kanallar chastotalar polosalarining kengligi 1,4 dan 20 MGsni tashkil etadi) tashkil etadi. Resurslar bloki bu bazaviy stansiyaning rejalashtirgichi tomonidan abonentlar qurilmasiga ajratiladigan minimal resurslar elementi hisoblanadi. Har bir slotdagi resurslarning taqsimlanishi haqida bazaviy stansiya maxsus boshqarish kanalida xabar qiladi.
11.1-rasm. Nimtashuvchilar qadami Δf = 15 kGs bo‘lganida LTE resurslar to‘ri
Prefiksning 4,7 mks davomiyligi to‘g‘ri tarqalgan signalga nisbatan 1,4 kmga ortiq yo‘lni bosib o‘tgan qaytgan signalning kechikishi bilan kurashishga imkon beradi. SHahar sharoitlaridagi sotali aloqa tizimlari uchun bu odatda etarli bo‘ladi. Agar etarli bo‘lmasa, 120 km radiusli yacheykalardagi simvollararo interferensiyani so‘ndirilishini ta’minlaydigan kengaytirilgan prefiks ishlatiladi. Bunday juda katta yacheykalar mobil TV-uzatish kabi keng uzatishli servislar (MBMS) uchun foydali bo‘ladi. Burejimlar uchun (faqat pastga kanalga) tashuvchilar orasidagi 7,5 kGs qadamli va 33,4 mks siklli prefiksli alohida slot tuzilmasi ko‘zda tutilgan. Slotda bunda faqat uchta OFDM-simvol bo‘ladi. Keng uzatishli servisning alohida holini MBSFN (multimediynыy shirokoveщatelnыy servis dlya odnochastotnoy seti) rejimi beradi. bu rejimda ma’lum MBSFN-zonadagi bir necha BSlar bir vaqtda va sinxron umumiy keng uzatish signalini translyasiyalaydi.
Har bir nimtashuvchi 4-, 16- va 64 - pozitsiyali kvadraturali fazaviy-amlitudaviy modulyasiyalash (QPSK, 16-QAM yoki 64-QAM) orqali modulyasiyalanadi. Mos ravishda bitta nimtashuvchigabitta simvol 2, 4 va 6 bitni tashkil etadi. Standart prefiksda simvolli tezlik 14000 simvollar/sekundni tashkil etadi, bu FDD-dupleksdagi nimtashuvchiga 28 dan 84 kbit/sgacha agregatli tezlikka mos keladi. 20 MGs polosali signal 100 ta resurslar bloklari yoki 1200 ta nimtashuvchilarga ega bo‘ladi, bu kanaldagi 33,6 dan 100,8 Mbit/sgacha umumiy agregatli tezlikni beradi.
LTE spetsifikatsiyasida BS va AS orasidagi (E-UTRA tarmoqlarida) yuqoriga va pastga kanallarning kengligi uchun bir necha qayd etilgan qiymatlar aniqlanadi (11.1-jadval). Binobarin, OFDMda Fure tez o‘zgartirishi ishlatiladi,signalning raqamli qayta ishlash protsedurasini soddalashtirish uchun rasman tashuvchilar soni N = 2n ga karrali (ya’ni 128, 256, ..., 2048) bo‘lishi kerak. Bunda tanlanmalar chastotasi Fs = ∆f · N ni tashkil etishi kerak. Standartda berilgan qiymatlarda u WCDMA texnologiyasidagi tanlanmalar standart chastotasi 3,84MGsga karrali bo‘lib qoladi. Bu ham WCDMA, ham LTEni qo‘llaydigan ko‘p modali qurilmalarni yaratish uchun qulay bo‘ladi.
11.1-jadval.
BS va AS orasidagi uzatish kanalining parametrlari
Kanalning kengligi, MGs
|
1,4
|
3
|
5
|
10
|
15
|
20
|
Resurslar bloklari soni
|
6
|
15
|
25
|
50
|
75
|
100
|
Nimtashuvchilar soni
|
72
|
180
|
300
|
600
|
900
|
1200
|
FTO‘ uchun nominal tashuvchilar soni
|
128
|
256
|
512
|
1024
|
1536
|
2048
|
FTO‘ uchun takt chastotasi, MGs
|
1,92
|
3,84
|
7,68
|
15,38
|
23,04
|
30,72
|
“Ortiqcha” nimtashuvchilar amplitudalarini shakllantirishda (shu jumladan kanalning markaziy nimtashuvchisi) nolgateng hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |