farzandidan ayrilganmiz. Garchi kuz kelishiga bir oy vaqt bor bo’lsa-da, kuz bizning
qalbimizga o’z hazonlarini erta to’shab ketdi. Nailoj, bandasi bariga ko’nikib ketadi.
Muhabbatxon, bir necha bor sizga telefon qildim, ammo sizni topa olmadim.
Akangiz qatnashgan barcha ko’rsatuvlarni yozib olmoqchi edim. Xarxolda taskin
bo’lardi. Albatta men bu ishda yordam berishimni aytdim. So’ngra Nazira opa hazin
Men o’zimni to’xtatolmay yig’lab yubordim. So’ngra. bir kun kelib o’z jonajon
Tasvirga olish jarayonidamiz. Shoir xonasiga kirib borarkanman, uning yozuv
O’zimni qo’lga olib, fotiha o’qidik. Ishni shoirning ish stolidan boshladik.
So’ngra suratlar, nazarimda, Muhammad akaning ruxi uyning qaysidir burchagidan bizga
-Shoir vafotidan so’ng qanday armonlar qiynayapti sizni, nima deb o’ylaysiz, biz
tirik chog’ida ba'zida yaqinlarimizga mexr ko’rsatib ulguramiz yoki yo’q. Shunga
qo’shilasizmi, yo’qmi?
-Muhammad akangiz bizdan ayrilgilari kelmasdi. Men bo’lsam, bolalarimni olib,
tez-tez Marhamatga ketardim. Onalarining, yaqinlarining ko’nglini olibmanu yonimdagi
insonning ko’nglini ovlashga kech qolibman. Mana armon! Endi uyimdan bir qadam
chiqqim kelmaydi. Ammo foydasiz!
-Nazira opa, xuddi shu o’rinda Muhammad akaning bir satrlari yodimga tushdi:
Biz tiriklar yig’i nima ekanligini anglab yetgan chog’imizda bizning yaqinlarimiz bu
dunyodan o’tgan bo’lishadi.
-Muhabbatjon! Yig’i nimaligini men bundan o’n bir yil avval - bittayu bitta akam
bedarak yo’qolganda, uch yil avval mexribon otamdan ayrilganimda tushunib
yetganman. Ammo Muhammad akangiz - menga ham ota, ham aka bo’lib qolgan
suyanchig’imdan ayrilish hayolimga ham kelmagandi. O’z g’amim bilan bo’lib, u men
uchun qanchalik aziz ekanligini xis qilib yashashga ulgurmay ham qolibman. Siz
keltirgan satrlar bugungi to’kayotgan ko’z yoshlarimga daxldor bo’lsa kerak.
Shoir A.Oripov shoirni shunday xotirlaydi: Bir kuni tush ko’ribman. Emishki,
Muhammadjon oppoq soqolda, oppoq kiyimda yurganmish. Iloxim, u dunyoda ham
jannatlarda yurgan bo’lsin. Uning ijodini men hech qaysi shoirga o'xshatmayman. Uning
o’z yo’li, o’z ovozi, o’z qalami bor edi. Ming afsuski, erta ketdi. Uning she'rlari umriga
umr qo’shadi, deb umid qilaman. Adabiyotimiz, she'riyatimiz juda og’ir judolikka
uchradi. Biz halqimizning sevimli shoiri, mening ishongan shogirdim Muhammad
Yusufdan ayrildik. Bolalari uning izidan borib, otasining ruxini shod etadi, degan
umiddamiz.
Shu o’rinda shoirning eng yaqin do’stlaridan biri - Yulduz Usmonova: Bilasizmi,
menga xozir do’stim Muhammadning o’rni juda bilinyapti. Nafaqat menga, o’zbek
qo’shiqchiligiga ham. Uning ijodida men boshqa shoirlarda ko’rmagan bir xususiyat bor:
dard bor. Eng asosiysi - sizning dilingizdagi armon bor. Men yaqin do’stlarimiz Oxunjon
Madaliev va Muhammad Yusuflarning nomini halqimiz hech qachon yoddan
chiqarmaydi deb o’ylayman. Chunki, har ikkalasi ham o’ziga munosib o’rin qoldirib,
nomlarini manguga muxrlab ketishdi. Joylari jannatda bo’lsin. Iloxim, ot bosmagan
izlarni, toylar bossin. Ayollariga juda ham qiyin. Ularga sabr-bardosh tilayman.
O’tganlarning oxirati obod bo’lsin!
Ha, bu foniy dunyodan kimlar o’tmadi. Ammo kelmak va ketmakda xikmat ko’p.
Odamzot ustun bo’lolmagan bu ochun xech kimga vafo kilmagan. Ammo sening bedor
tunlaring, qalb og’riqlaring, dardu intilishlaring sendan so’ng, ajoyib xaykal qo’yishadi,
senga.
Shu ma'noda shoir Muhammad Yusufning nomi biz muxlislarning qalbida mangu
yashaydi.
Shoir bizga bergan intervyularidan birida shunday degan edi: "Shoirlar - ezgulik
elchilari, Xudoning erkatoylari ular. Ular hamisha yaxshilikka oshno bo’lishadi. Orzulari
hamisha qalbi misol beg’ubor bo’ladi ularning. Kisqa umr ko’radigan iste'dodlar o’z
umrining qisqaligini bilganlariday shoshib yurishadi".
Qisqa, ammo mazmunli umrida Muhammad Yusuf o’zidan so’ng, to’g’rirog’i
tirik chog’ida yaxshilikdan, ezgulikdan o’ziga haykal qurib ulgurdi.
Yer yuzida bitta bo’lsada she'r muxlisi qolguncha shoir yashaydi. U bizning
qalbimizda. Aytishadiku, marxumlar bu foniy dunyodan ko’z yumganlaridan so’ng,
ularning vujudi qabristonga, ruxlari esa tiriklar qalbiga ruhan dafn etiladi. Illo, shunday.
O’tganlarning oxirati obod bo’lsin, Ollox barchamizdan rozi bo’lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: