Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari



Download 131 Kb.
bet5/18
Sana31.12.2021
Hajmi131 Kb.
#223737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1.Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

Qur’oni Karim kishilarni tinch-totuv yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat ko’rsatishga undaydi. SHunga ko’ra u katta axloqiy ahamiyatga ega. “Qur’on”ning axloqiy qimmati uning insonni ma’naviy kamolotga erishishida rioya etishi lozim bo’lgan talablarni bir butun holda mujassam eta olganligi bilan belgilanadi. SHu bois u necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug’ qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlanib kelinmoqda.

Aslini olganda, islomda ilohiy va dunyoviy hodisalar alohida-alohida olib qaralmaydi. Islom ta’limotida insonning ruhiy va jismoniy kamolotiga ham birdek e’tibor beriladi.

Islomiy g’oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ’ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go’zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ’ib etadi.

Buni biz “Qur’on”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo’ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, inson kamoloti avvalo uning bilim va tafakkur darajasi bilan belgilanadi. Islom dini asrlar davomida insonlarni chuqur bilim olish, ilm-fan sirlarini puxta egallash, o’zlashtirilgan bilimlar asosida ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga undab kelgan. Ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etgan jamiyatgina ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi. “Qur’on”ning “Zumar” surasi 9-oyatida kishilarni ilm o’rganishga da’vat etuvchi shunday fikrlar bayon etiladi: “Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo’lurmi? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila olurlar”.1

Qur’on”da har bir mo’min-musulmon bajarishi zarur bo’lgan yaxshi amallar inson kamolotini belgilovchi omillardir, deb tushuntiriladi. Zero, Islom dini g’oyalarining asl mohiyati ham kishilarga yomonlikning salbiy oqibatlarini ko’rsatish, ularni doimo to’g’ri yo’lda yurishga da’vat etish va yomonlikning oldini olishdan iboratdir.

Beva-bechora, yetim-esir va qarovsiz kishilarga nisbatan ehson ko’rsatish, xayr qilish insonga xos bo’lgan eng muhim axloqiy xislatlardan biri ekanligi, insonda imonning o’ziga xos mezoni sanalgan saxovat, mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, to’g’rilik, vafodorlik va sodiqlikka katta e’tibor beriladi. SHundanmi, insondagi axloqiy xislatlardan eng muhimi hayru ehson haqida alohida fikr yuritiladi. «Ehson» tushunchasi mazmunan keng qamrovli bo’lib, unda muomala ham, inson tomonidan amalga oshiriladigan barcha yaxshi amallar mohiyati ham aks etadi. O’zgalarga nisbatan ehson ko’rsatish - har bir insonning eng oddiy insoniy burchi bo’lishi lozimligi aytiladi. Zero, ikki olamning yaratguvchisi bo’lgan Olloh barcha ne’matlarni o’zi yaratgan mavjudotlarga ehson etgan. Olloh tomonidan qilingan ehsondan foydalanguvchi bandalar ham aholining eng nochor qatlami vakillariga nisbatan muruvvatli bo’lishlari, ularga xayru-ehson ko’rsatishlari lozim: “Olloh senga ehson qilgani kabi sen ham (Ollohning bandalariga) infoq-ehson qil” (“qasos” surasi, 77-oyat). SHuningdek, kim birovga ehson qilsa, uning foydasi o’ziga qaytishi, chunki birovga yaxshilik qilgan kishi o’zida ruhiy qanoat his etishi, boshqalar tomonidan hurmat-ehtiromga sazovor bo’lishi ta’kidlanadi. Mazkur fikrlar «qur’on»da quyidagicha ifodalanadi: «Kim chiroyli amal qilsa, unga o’n barobar bo’lib (qaytarilur). Kim biron yomon ish qilsa, faqat o’shaning barobarinda jazolanur» («An’om» surasi, 160-oyat).


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish