Muhabbatnoma



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana06.07.2021
Hajmi0,56 Mb.
#110507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xorazmiy-Muhabbarnoma

MASNAVIY

 

Kel, ey oy yuzli dilbar, tut biror qo’sh,

 

Biror qo’sh birla qilg’il bizni madhush.



 


Bo’loli aysh-u ishratpeshalardin,

 

Qutulsin ko’nglumiz andeshalardin.



 

Saburdin yaxshi yo’qtur pesha qilsam,

 

Bu yo’lda sabr yo’q, andesha qilsam.



 

ETTINCHI NOMASIN AYTUR

 

Ayo zebo sanam shohi qaboyil,

 

Taolilloh zihi shakl-u shamoyil.



 

Shakar ering qachon so’z qilsa og’oz,

 

Qilur jon to’tisi tanlarda parvoz.



 

Shakarmu erningiz yo qand, yo jon,

 

Uyolur la’lingizdan obi hayvon.



 

Qachonkim bo’lsa tor og’zing shakarbor,

 

Sabo gulg’unchaning og’zini yirtor.



 

Qaro qoshingda yuz ming fitnalar bor,

 

Ko’zung ohusi arslonlarni ovlar.



 

Sango payvasta, ey koni malohat,

 

Ko’zung qoshing bila o’q yo ne hojat.



 

So’zung Shirin, O’zung Xisravdin afzun*, (* Avzun – ortiq.)

 

Bo’lur Layli sening husnungga Majnun.



 

Bilik bilmak ichinda javharisen,

 

Vale husn ichra javhardin arisen.



 

Quyosh har kun yuz urur ul qobuqqa,

 

Jamoling soldi Yusufni quduqqa.



 

Qaro kirpukunga qunduz tengolmas,

 

Saqoqingni yoqang kunduz o’par bas.



 

Dudog’ingdin ko’ngul jon hosil etmas,

 

Ayoqing turpog’in o’psam, ne etmas.



 

Tilarmen kim yuzungga sajda qilsam,

 

Visoling qadrining shukrini bilsam:



 

Sening ishqingda bag’rimdin oqar qon,

 

Jamolingning tamoshosin tilar jon.



 


Jamolingdin xirad shaydo bo’lubtur,

 

Ichim-bag’rim qamuq savdo to’lubtur.



 

Qachon o’lsam sango qadrim bilurgay,

 

Bu yo’lga tushsa Aflotun telurgay.



 

Karashma birla oshiq o’lturursiz,

 

Siz o’lturgan kishi o’lgaymu hargiz.



 

Qilibtur xalqni shaydo karashmang,

 

Qiyomatlar qo’par paydo karashmang.



 

Nechuk mehringni jonimdin bo’yoyin,

 

Ko’ngul sizdin olib kimga beroyin.



 

Bihamdulloh sening husnung chog’inda,

 

Erimiz bor eshiking tuprog’inda.



 

Tirik bo’ling, shaho, davron borincha,

 

Qulunguzmen tanimda jon borincha.



 

Umr kechti qamug’ savdo ichinda,

 

Necha yuzgay kishi daryo ichinda.



 

Ko’ngul ikki jahonni ko’zga ilmas,

 

Sening ishqing umrning hosili, bas.



 

Jahondin oshunu ming yil qildi Xoliq,

 

Sening husnungg’a Xorazmiyni oshiq.



 

Dovur sizning turur davron borincha,

 

Qulunguzmen tanimda jon borincha.



 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish