Muhabbat uchun Turfa lazzatlardan ko'rardim ta'tib, Hech biri qilmasdi menga kifoyat. Qalbim diyorida seni uchratib, Yashamoqdan mazmun topdim nihoyat. Iymon kalimasin kuyladim jo'shib, Shu kungacha ishqing sezmabman, nechun?



Download 24,28 Kb.
bet4/6
Sana26.02.2022
Hajmi24,28 Kb.
#467540
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jasur To\'rayev She\'rlari

Jasur TO'RAYEV
29.06.2021-YIL
09:30
Pochtachiga

Rasmiyat gapingni qani chetga qo'y,


Yangi zafarlardan biyron so'zlagin.
Men bilaman, o'g'lim, sen juda rostgo'y,
Kel, endi shu bugun yolg'on so'zlagin.

Sen nega kelganing sezib turibman,


Ishon, g'aybni ko'rar ko'ngil ko'zim bor.
Jim turgin, qara, men arang yuribman,
Chunki yaratganga so'nggi so'zim bor.

O'zi charchaganman kutib yashashdan,


Yetib olsam bo'ldi iqomatgacha.
Qaro yer insonni yutib yashashdan,
Bildim, to'ymas ekan qiyomatgacha.

Shundoq ham men uchun tordir bu olam,


Kasbingga ko'rsatma sadoqatingni.
Iltimos, bir safar o'qima, bolam,
"O'g'ling o'ldi", degan qora xatingni.

Jasur To'rayev
11.07.2021
23:40

Onamga sezilar...

Safarda, uyimdan bo'lganda yiroq,


Goh o'yga alishar ko'ngil to'qligim.
Bilaman, hamma o'z dardida biroq,
Onamga sezilar mening yo'qligim.

Xislatlarim so'zlab sog'inar zimdan,


Doim kelishimni poylar izimdan,
Qolib ketar bo'lsam bayram- bazmdan,
Onamga sezilar mening yo'qligim.

Ekkan daraxtlarim cho'zib qolsa bo'y,


Radiodan yangrasa men yoqtirgan kuy,
Mensiz o'tar bo'lsa qo'shnim qilgan to'y,
Onamga sezilar mening yo'qligim.

O'tkazar kuz-u qish, bahor-u yozni,


Changlarini artib men chalgan sozni,
Ko'rsalar xonamda bo'sh joynamozni,
Onamga sezilar mening yo'qligim.

Hech kimsaga yoqmas misralar to'qib,


Ba'zan o'z-o'zimni qo'yaman no'qib,
Lek aniq bilaman, she'rlarim o'qib,
Onamga sezilar mening yo'qligim.

Jasur TO'RAYEV (20.07.2021, 02:25)
Sevgi bobida


Kuylasam hayotim gullari to'p-to'p,
Yigitlik ne'mati ayni tobida.
Nolimayman, to'g'ri, yutuqlarim ko'p,
Bir armon - omad yo'q sevgi bobida.

Qancha g'amni ko'rdim, qancha hayitlar,


Umr falsafasi qiziq imtihon.
Sevgi deb bir bulbul ming xil gul hidlar,
Men bir qizga fido qildim mingta jon.

Uni birov yomon deya eslasa,


Ham tonar edimda, ham yonar edim.
Hamma suyganidan xislat izlasa,
Men uning soyasin qizg'onar edim.

Afsus, xiyonatdan quridi sekin,


Ishqiy buloqdan suv ichgan palagim.
Ishonmasdim, nahot, sotildi tekin,
Mening bir koinot qadar malagim.
Muhabbat shahridan otildim xorib,
Ko'ngildan his ketib bo'ldim so'ng faqir.
Endi armon to'la dilni shart yorib,
Oshiqman deyishdan ne foyda axir.

Men shunday oshiqki, qo'rquvni yengib,


Bahorda bog'ini zeblay olmagan.
Men shunday oshiqki, boshini egib,
Bir dilbarni sevib eplay olmagan.

O'zimning dardimdan o'zim zerikib,


Armoniy she'r qilib yozib alamni.
Qog'ozga bema'ni misralar ekib,
Faqat azoblayman jonsiz qalamni.

Yashayverar ekan o'lmasa inson,


Hozir yigit davrim ayni tobida.
Oh, qancha ne'matlar keltirdi zamon,
Faqat omad kelmas sevgi bobida.



Download 24,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish