Muhabbat qissa yetim


-yil 177 AD A BIY O T M U A L L IM I



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/45
Sana26.04.2022
Hajmi3,68 Mb.
#584112
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
Bog'liq
Abdulla Qahhor - anor

1936-yil
177


AD A BIY O T M U A L L IM I
0 ‘zining aytishiga ko‘ra “ nafis adabiyot m u allim i” o ‘rtoq 
B oqijon Baqoyev og'ilga kirib t a ’bi xira b o ‘ldi: sigirning 
q u lo g liga yana kana tushibdi! K anadan ham k o ‘ra sigir uning 
a c h ch ig ’ini keltirdi: kanani teray desa q o ‘ym aydi - boshini 
silkiydi, pishqiradi.
— Hayvon! Sigir em as, hayvon!— dedi og‘ilning eshigini 
q a ttiq yopib.— Hayvon!
X otini M ukarram hovlida samovarga suv quyar edi.
— H a y v o n !- d ed i B a q o y e v ,- bu sigirni so tib p uliga 
c h o ‘chqa olish kerak!
— Shaharda cho‘chqa asrash mumkin e m a s ,- dedi Mukarram 
samovaiga ko'm ir solayotib.
— N im a uchun? T aqiq qilinganm i? Kim aytdi? M en aytib 
edim m i? T o ‘g ‘ri, m um kin em as... albatta, m um kin em as...
— Uyga kiring, H am ida keldi.
H am ida o 'n olti yoshlardagi tiyrak, quvnoq qiz, pochchasini 
k o ‘rib sevinib ketdi.
— Siz uvda ekansiz, bilsam daftarim ni olib kelar ekanm an... 
esizgina...
CTrtoq Boqijon Baqoyevning ta ’bi ochildi - sigir, uning 
qulog'idagi k o ‘m -k o ‘k kana, g ‘o ‘qillab tu m sh u g 'i bilan ariq 
yoqalarini buzib yurgan c h o 'c h q a k o ‘z oldidan ketdi.
— Texnikum dan rabfakka o'tibsan deb eshitdim , rostmi?— 
dedi?— Hm m ... yaxshi qilibsan. Rabfakka o ‘t, deb m en aytib 
edim shekilli? H m m ... AufF, zarda b o ‘libman... Rabfak yaxshi. 
M en bir boigan edim. Kanselyariyaning eshigiga praktikum deb 
yozib qo'yi p ti.T o 'g ii emas. Praktikum , m inim um , m aksimum
bular ham m asi lotincha yoki lotinchaga yaqin so‘zlar. M en 
shaxsan shunday deb bilam an.
Biroz jim qolishdi.
— Boqijon a k a ,— dedi qiz uyalibroq,— bir narsani sizdan 
so ‘ram oqchi edim : biz sinfda Chexovning “ U yqu istagi” ni 
o ‘qidik, go‘dakni o ‘ldirgan qizni sud qilm oqchim iz. D a ’vogar 
g o ‘dakning onasi — R ah im a b o ‘ladi, qoralovchi — Sharifjon. 
Sudyalar ham b o'ladi. M en qizni oqlab, butun gunohni uning
178


x o ‘jayiniga, yosh qizni b u q a d a r berahm ekspluatatsiya qilgan 
kishiga qo‘ymoqchiman. M an a shu... Shuni yozdim. Shu to‘g‘rida 
sizning fikringizni b ilm oqchim an. Chexov shunday dem oqchi 
emasm i?
0 ‘rtoq Baqoyev o ‘y la b turib, so‘radi:
— Nafis adabiyot d a rsin i sizlarga kim beradi? H akim ov? 
A hm oq odam! 0 ‘z ustida ishlamaydi. Savol alom ati ham m avaqt 
“ m i” dan keyin q o ‘yiladi desam , kuladi. G ap b u n d a ham
emas...
M ukarram sam ovar k o ‘tarib kirdi. H am ida irg‘ib turib, 
samovam i opasining qo'lidan oldi va stolga qo‘ydi. U hom ilador 
xotiniga sam ovar k o ‘ta rtirib , qarab o 'tirg a n p o c h c h asid an
o ‘pkalam oqchi edi, b iroq uyaldi, indam adi. 0 ‘rtoq Boqijon 
Baqoyev juda chanqab tu rgan ekan, ustm a-ust t o ‘rt piyola 
choy ichdi va terladi.
— C huchvaradan keyin choy juda yaxshi k e ta d i-d a ,— dedi 
yuzidagi terni artib.— H m m ... soqol ham o 's ip ti, sartarosh 
b o ‘lm asa odam lar m aym un b o ‘lib ketar edi. M aym un ju n i 
t o ‘kilib, odam b o ig an . Bu haqda Engelsning fikri bor...
— H alig in i a y tm a d in g iz , B o q ijo n a k a ,— d e d i q iz .— 
Chexov shunday d e m o q c h i emasmi?
0 ‘rtoq Baqoyev yana b ir piyola choy so ‘radi.
— C hexovm i? H m m ... burjuaziya realizm i t o ‘g ‘risida 
so'zlaganda eng aw al u n in g ob’yektiga diqqat qilish kerak. 
Burjuaziya realistlari tushungan, ular aks ettirgan o b ’yektiv 
voqelikni anglash lozim b o ‘ladi. Turgan gapki, Chexovning 
ijodi b o sh d a n -o y o q , b u tu n m ohiyati bilan ilk bu rju aziy a 
realizmi, ya’ni... hmm... M ukarram , tovuqqa moyak qo'ydingmi? 
Q o ‘yish kerak, bo'lm asa d a v d ib o ‘lib k e ta d i... Tavba, tovuqdan 
a hm oq jonivor yo‘q - m oyak qo‘ysang tug‘adi! N im a uchun 
m oyak qo‘ysang tug'adi? X o ‘roz nima uchun saharda qichqiradi? 
Ajoyib psixologiya! Biologiya o‘qiysizlarmi?
H am ida biologiyadan nim alar o ‘qiganini, bu o ‘qish yilida 
yana nim alar o ‘tilajagini so ‘zlab berdi va o ‘zining oqlash 
nu tq id a fiziologik asoslar ham k o ‘rsatish niyati b o r ekanini 
aytib, yana so‘zni C hexov ustiga burdi.
179


— H m m ... - dedi B aqoyev,- Chexov to ‘g‘risida o ‘zimning 
fikrim bor. Boshqalar nim a desa desin, har holda uning dunyoga 
qarashida... Uning dunyoga qarashi Pushkin va Lermontovlaming 
dunyoga qarashidan farq qiladi. Bir davr, bir sinf, b ir m am lakat 
yozuvchilari b o ‘lishJariga qaram asdan m utlaqo farq qiladi!
— Chexov Pushkin bilan bir davrda yashagan em as-ku, 
dedi M ukarram ,— bizning kutubxonada uning M aksim G orkiy 
bilan oldirgan surati bor. Chexov 1904-yilda o ‘lgan b o ‘lsa 
kerak..
0 ‘rtoq Baqoyev biroz o ‘ng‘aysizlandi.
— S iz la r qaysi C h e x o v t o ‘g ‘risid a g a p ira y o tib siz la r?
C hoydan quy!.. 
Bu C hexov haqidam i? T o ‘g ‘ri, bu 1904- 
yilningbirinchi yarm idam i, ikkinchi yarmidami o ‘lgan... Boshqa 
r o ‘m o lc h a b e r, b u n d a n piyoz hidi kelayotipti. M en ana u 
C hexov, ilk buijuaziya realizm ining nam oyandasi b o ‘lgan 
C hexov haqida so ‘zlayotibm an.
— “ U yqu istagi” qaysi C h e x o v n ik i? - dedi H am ida.
— H ech shubhasiz, bu Chexovniki. Bu narsa b irin ch i 
m arta “S ovrem ennik” ju m alid a bosilgan.
S hundan keyin o ‘rtoq Boqijon Baqoyev u zu n d a n -u z o q
so‘zlab ketdi. Uning nima to ‘g‘rida so'zlayotganini Ham ida bilmas 
edi. D etirding degan allaqanday m ashhur tanqidchi Shelling 
d egan yozuvchiga “sen dastyorga zor b o ‘lguncha o ‘g ‘ling 
d a sty o rb o ‘ladi” deb xat yozgan; Marks Dobrolyubovni M ering 
bilan bir qatorga q o ‘ygan; Stending degan allaqanday bir 
dram aturg o ‘lar c h o g ‘ida D em ping degan b ir tanqidchiga: 
“ Agar butun jo nivorlam i xudo yaratgan bo'lsa, m en uning 
zavqiga qoyil em asm an, eskiem ar ham jonivor b o ‘ldim i?” 
degan... H am idaning boshi og‘irlashib ketdi, ikki m arta sekin, 
og‘zini ochm asdan esnadi.
H am ida m ezbonlar bilan xayrlashib k o ‘chaga chiqqanda 
qorong‘i tushgan edi, “ Uyqu istagi” to ‘g ‘risida pochchasidan 
hech qanday fikr ololm adi. U ning so‘zlaridan nim a olgani 
haqida o ‘ziga hisob berar ekan, g‘uvillab tuigan boshida shundan 
boshqa hech narsa y o ‘q edi: praktikum, m inim um , m aksimum ; 
D etirding, Stending, Shelling, M ering, Dem ping...

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish