Muftalar. Sharnirlli richagli muftalarni hisoblash. Reja



Download 2,77 Mb.
bet1/4
Sana08.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#644180
  1   2   3   4
Bog'liq
Muftalar. Sharnirlli richagli muftalarni hisoblash.


Muftalar. Sharnirlli richagli muftalarni hisoblash.


Reja:

1. Umumiy ma`lumot.


2. Doimiy biriktirilgan muftalar.
3. Prujina bilan ta`minlangan tishli muftalar.
4. Boshqariladigan ulovchi muftalar.
5. Kulachokli muftalar.

Muftalar, val, truba va shu kabi detallarning uchlarini bir-biriga ulash uchun ishlatiladi va mexanikaviy, elektrik, g’idravlik turlarga bo`linadi.


Mashina detallari kursida faqat vallarga mo`ljallangan mexanikaviy muftalargina o`rganiladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o`zaro biriktirish bilan birga ularning biridan ikkinchisiga burovchi moment uzatish ham­dir. Bundan tashqari, muftalar bir qancha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin. Shuning uchun mashinasozlikda ishla­tiladigan muftalarning turi ko`p (161- shakl). Ular vazifasi hamda tuzilishiga ko`ra, quyidagi uch gruppaga bo`linadi:
1. Doimiy biriktirilgan muftalar; bunday muftalardan foydalanilganda mashina ishini to`htatmay turib, vallarini bir-biridan ajratishning mutlaqo iloji bo`lmaydi.
2. Boshqariladigan ulovchi muftalar; bunday muftalar vositasida mashina ishini to`xtatmagan holda, zarur bo`lgan hollarda vallarni ulash yoki ajratish mumkin.
3. O`z-o`zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar; bunday muftalar, ko`pincha, saqlagich sifatida ishlatiladi, ya`ni mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit taminlanganmaga hollarda bunday muftalar avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi va talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan ajratilgan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.
Quyida mashinasozlikda keng ko`lamda ishlatiladigan asosiy muftalarning ishlashi, tuzilishi va ularni hisoblash usullari bilan bog’liq bo`lgan masalalarga to’xtalib o`tamiz.
Doimiy biriktirilgan muftalar
Muftalarning bu gruppasiga vallarni bir-biriga nisbatan biror yo`nalishda siljishiga yo’l qo`ymaydigan qilib biriktiradigan qo`zg’almas muftalar hamda vallarning turli
yo’nalishda siljishiga ma`lum darajada imkon beradigan qo`zg’aluvchi muftalar kiradi. Qo`zg’almas muftalar bir valdan ikkinchi valga burovchi moment uzatish bilan bir vaqtda, vallarda ish jarayonida paydo bo’ladigan eguvchi momentni va o`q bo’ylab yo`­nalgan kuchlarni ham uzatadi. Biroq eguvchi moment hamda o`q bo`ylab yo`nalgan kuchlarning mavjudligi muftaning mustahkamligiga salbiy ta`sir ko’rsatganligidan, bu xildagi nagruz­kalarning bo`lmagani ma`qul. Bunday nagruzkalarga barham berish maqsadida muftalar val tayanchiga mumkin qadar yaqin o`rnatiladi. Qo`zg’almas muftalar, o`z navbatida, qo`yidagi turlarga bo`linadi:
a) vtulka ko’rinishidagi muftalar;
b) bo`lak­larga ajraladigan sirti val o`qiga tik joylashgan flanesli muftalar;
v) bo`laklarga ajraladigan sirti va o`qiga parallel joylashgan muftalar.
Qo`zralmas muftalarning eng oddiysi vtulka ko`rinishidagi muftadir. Vallarni bunday mufta vositasida biriktirish uchun vallarning uchlari ichki diametri ularning sirtqi diametriga teng bo`lgan vtulkalarning ikki tomonidan kiritiladi va shift yoki shponkalar vositasida qo`zg’almas qilib mahkamlab qo`yiladi (162-shakl).

Prujina bilan ta`minlangan tishli muftalar

Bunday muftalar elastik elementi metalldan tayyorlangan kompensasiyalovchi muftalar ichida nisbatan ko`p ishlatiladigan­laridir. Ular maxsus shakldagi tishli ikkita yarim muftadan(168-shakl, 1 va 2) iborat. Yarim mufta tishlari 3 ilon izi qilib o’ralgan prujina 4 vositasida bir-biriga bog’lanadi. Prujinaning qo`zg’alib ketmasligi va detallarning changdan saqla­nishi uchun yarim muftalar ikki qismdan iborat kojux 5 bilan berkitiladi; kojux esa boltlar vositasida biriktiriladi. Kojux muftaga moy berib turadigan idish vazifasini o`taydi. Shuning uchun uning yarim mufta ustiga bevosita tegib turadigan qismiga zichlagich qo`yiladi.


Yarim muftalardagi ish tishlarining ko`ndalang kesimi ikki xil bo`lishi mumkin
(169- shakl, a va b). Ulardan biri mufta bikrligining o`zgarmas, ikkinchisi esa o`zgaruvchan bo`lishini ta`minlaydi. Ko`ndalang kesimining birinchi xili uchun ta`sir etayotgan kuchlar orasidagi masofa, nagruzkaning katta-kichikligidan qat`iy nazar, o`zgarmas miqdorga - ga teng bo`lsa, ikkinchi xili uchun bu masofa nagruzkaning miqdoriga qarab o`zgaradi.
Prujina bilan ta`minlangan muftalarning o`lchamlarini quyidagicha olish tavsiya etiladi: tishlar soni z = 59 ÷ 100; muftaning sirtqi diametri D = (3÷3,5) d; kojuxning eni V=( 1,35 ÷ 2) d; yarim muftalardagi tishlar balandligining o`rtasidan o`tgan aylana diametri Do`r = (0,7÷0,8) d; tishning qadami. t = πDo`r/z; prujinaning eni b=(0,8÷1 )t; prujinaning qalinligi h≈0,2b.
Bunday o`lchamli muftalar vallarning o`q bo`yicha siljishining Δt = 4÷20 mm, radial siljishining Δr= 0,5÷3 mm va burchagi siljishining Δα = 10015' bo`lishiga imkon beradi.
elastik elementi metallmas materialdan tayyorlangan kompensasiyalovchi muftalardan nisbatan ko`p ishlatiladigani vtulka­barmoqli muftadir.



2- shakl. Prujina bilan ta’minlangan 3- shakl. Prujina bilan ta’minlangan
tishli mufta tishli muftalar tishining tuzilishi

Bu muftaning tuzilishi flanesli muftanikiga o`xshash bo`lib, ikkita yarim muftadan iborat (1- shakl)





1-shakl. Vtulka – barmoqli mufta

Yarim muftalar bir uchida rez`basi bo`lgan barmoqlar yordamida bir-biri bilin biriktiriladi. Bamoqlarning yarim muftalardan birida joylashgan qismiga elastik materialdan (rezinadan) tayyorlangan vtulka (l variant) yoki ko`ndalang kesimi trapesiya shaklida bo`lgan bir necha xalqa o`rnatilgan bo`ladi. Vtulka yoki xalqa kesimining balandligi nisbatan katta bo`lmaganligi tufayli, kichik qiymatli (Δr=0,3÷0,6 mm; Δα=10 gacha bo`lgan) siljishlargagina imkon beradi. Bunday muftalar, ko’pincha, elektrik dvigatel vali bilan yuritma valini biriktirish uchun ishlatiladi. Ular burovchi momentning qiymati hamda valning o`lchamlariga qarab, GOST (MN2096-64) jadvallaridan tanlab olinadi. Tanlab olingan muftalarning mus­tahkamligini tekshirib ko`rishda barmoqlar egilishga hamda rezi­na detalning barmoqqa tegib turgan sirti bo`yicha ezilishga hisoblanadi. Buning uchun avvalo har bir barmoqqa to`g’ri keladigan kuch topiladi: R=2MbK/ D1z kG, (8)


bu yerda Mb—muftaga ta`sir etuvchi burovchi moment; D1--barmoqlar joylashgan aylananing diametri; K—ish rejimini hisobga oluvchi koeffisient; bu koeffisient, ko`pincha, 1,5÷2,5 qilib olinadi.
Barmoq va elastik element qo`yidagi formulalar asosida hisob­lanadi:
σeg=Meg/0,1d13=Pl/2Z0,1d13 ≤[σeg] (9)
σ'eg=2MσK/D1d1lz ≤[σez] (10)
bu yerda z—muftadagi barmoqlar soni: 1—barmoqning elastik element joylashtirilgan qismi uzunligi; d1 - barmoqning diametri; eg]—ruxsat etilgan eguvchi kuchlanish (bu kuchlanishning qiy­matini 45 markali po`lat uchun 800÷1000 kG/sm2 qilib olish tavsiya etiladi); ez]—elastik element uchun pyhsat etilgan ezuvchi kuchlanish; uning qiymati 18÷20 kg/sm2 qilib olinadi.


Boshqariladigan ulovchi muftalar
Boshqariladigan ulovchi muftalar aylanayotgan yoki tinch turgan vallarni istalgan vaqtda ulash yoki ajratish uchun ishlatiladi. Bunday muftalar ishlash prinsipiga qarab ikki gruppaga bo`linadi:
a) ilashish asosida ishlaydigan(kulachokli va tishli) muftalar;
b) ishqalanish asosida ishlaydigan (friksion) muf­talar.
Boshqariladigan muftalar vallarning siljishiga imkon bera olmaydi. Ulardan foydalanilganda vallarning albatta qat’iy o`qdosh bo`lishi talab qilinadi.
Friksion muftalarni boshqarish mexanizmlarining juda ko`p turi ma`lum. Ular tuzilishi va ishlash prinsipiga qarab bir-biridan farq qiladi. Harakatga keltirish prinsipiga ko`­ra, bu mexanizmlar elektromagnitaviy, pnevmatik, gidravlik va mexanikaviy turlarga bo`linadi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish