Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish: MTT rahbari pedagogik kengashga rahbarlik qiladi va uning faoliyatini boshqaradi. Pedagogik kengash kotibi jamoa tomonidan bir yil muddatga saylanadi. - kengash yig`ilishi o`quv yili boshidan boshlanib, har chorakda bir marta o`tkaziladi. - zarurat bo`lgan hollarda navbatdan tashqari pedagogik kengash o`tkazilishi mumkin. - kengash a`zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashib, ulardan ko`chiligi yoqlab ovoz bersalar, qaror qabul qilingan hisoblanadi.Ovozlar teng bo`lgan taqdirda kengash raisining qarori hal qiluvchi hisoblanadi. - navbatdan tashqari chaqirilgan yig`ilishda esa kengash a`zolarining 3/1 qismi ishtirok etishi kerak. - ovoz berish tartibi kengash yig`ilishida ochiq ovoz berish yo`li bilan belgilanadi. - pedagogik kengash tarkibiga tashkilot shifokori va hamshira, kasaba uyushmasi raisi va mahalla fuqarolari yig`ini a`zolari kirishi mumkin. - kengashni o`tkazish vaqti, joyi va kun tartibi tashkilotda bir oy oldin e`lon qilinadi.
Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish: - Kengashda muhokama etiladigan materiallar doimiy va vaqtincha tashkil etilgan guruhlar yoki tashkilot ma`muriyati tayinlagan pedagoglar tomonidan tayyorlanadi. - kengashga ta`lim-tarbiyaviy, tashkiliy jarayondagi dolzarb masalalar qo`yiladi va ko`riladigan masalalar 3 tadan oshmasligi kerak. - kengash qarori ijrosini nazorat qilish tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi. - kengash tashkilotning istiqbol rejasini belgilaydi. - ta`limiy-tarbiyaviy jarayondagi turli zamonaviy innovasion metodlarni ishlab chiqadi. - o`z vakolati doirasida ishlab chiqilgan hujjatlarni muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi. - MTT Ustaviga muvofiq pedagog-hodimlarni rag`batlantirish va jazolash bo`yicha masalalarni hal qiladi.