“Yosh kuch” — yoshlarning ijtimoiy, adabiy-badiiy jurnali.
Muassis: O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi.
“Yosh kuch” jurnali 1929-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan.
Dastlab Samarqand shahrida bolalarga mo‘ljallangan birinchi ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnal sifatida tashkil etilgan (1929), so‘ng jurnal tahririyati Toshkent shahriga ko‘chirilgan (1934).
Turkistonda yosh avlodni zamon talabiga muvofiq tarbiyalash maqsadida maxsus bolalar nashrlari tashkil etishga bo‘lgan sa’y-harakatlar XX asrning boshlarida boshlangan. “Yosh kuch”ning tashkil etilishi ana shu sa’y-harakatlarning hosilasi edi.
Jurnal 2007-yil 22-mayda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 0269–sonli raqam bilan qaytadan ro‘yxatga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |