Oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligini ta'minlash samaradorligini
oshirishga qaratilgan ushbu ustivor masalalar mazmuni quyidagi samarali faoliyat
shakl, metod va vositalarni amaliyotga tatbiq etishni taqoza etadi.Mahallada va
vatanparvarlik tuyg'usi va mamlakatda ro'y berayotgan voqealarga dahldorlik
hissini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish tartibi, namunaviy stsenariy
va tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, jumladan:
- davlat bayrog'i, madhiyasi va boshqa davlat ramzlariga hurmat tuyg'usini
tarbiyalash bilan bog'liq tadbirlar;
- o'quvchilik, talabalik va mehnat jamoalari safiga tantanali ravishda qabul
qilish marosimlarini o'tkazish;
- umumiy bayramlar, ijtimoiy hayotimizni o'zida aks ettirgan tadbirlarni va
boshqalar
sog'lom
avlodni
shakllantirishning
ma'naviy
poydevorini
mustahkamlashning muhim negizi hisoblanadi.
Shuningdek, yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,
pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida maktabgacha ta'lim
muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda o'quvchi va talabalarning huquqiy
bilimlarini oshirishga qaratilgan sodda, ravon tilda bayon qilingan huquqiy
axborotlarni o'z ichiga olgan buklet, qonunlarga sharh, ma'lumotnoma va tarqatma
materiallar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bu boradagi hamkorlikni
metodik ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog'lom avlodni shakllantirishda yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlarda olib
boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining zamonaviy shakllaridan ko'rik tanlov,
seminar-trening, savol-javob kechasi, o'quv seminari, bahs-munozara, uchrashuv,
reyd, davra suhbati, muloqot, ilmiy-amaliy konferentsiya, sport musobaqalari,
kitoblar aktsiyasi, taqdimot, she'rxonlik kechasi, do'stlik festivali va boshqalardan
foydalanish ularning ijtimoiy faolligini oshirishda, sog'lom oilaga tayyorlashda,
sog'lom turmush madaniyatini shakillantirishda samaradorlikning garovidir.
O'zaro hamkorlik dasturi asosida o'tkaziladigan mazkur tarbiyaviy tadbirlar
ota-onalar, tarbiyachi ota-onalar va keng jamoatchilik hamkorligida yoshlarning
yosh va psixologik xususiyatlarini, ijtimoiy turmush tarzini, oilaviy sharoitini,
imkoniyatlarini, qiziqishlarini hamda yoshlarga oid davlat siyosatini mohiyatidan
kelib chiqqan holda tashkil etilgan taqdirdagina u o'zining ijobiy samarasini berishi
tabiiydir.
Sog'lom avlodni tarbiyalash va shakillantirishda jamiyatdagi barcha
institutlarning yoshlar ta'limi va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi mutassadilarining
pedagogik, psixologik, tibbiy bilimga ega bo'lishlari davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: