Muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh



Download 20,05 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi20,05 Kb.
#641408
Bog'liq
BTBH


Bank lotincha muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarisholtin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
1 Markaziy bank
Markaziy bank mamlakatning jami kredit tizimini nazorat qiladi, davlat pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, naqd pul va qimmatbaho qogʻozlar emissiyasi bilan shugʻullanadi, mamlakatning oltin-valuta zahiralarini saqlaydi, davlat va tijorat bankiga kreditlar beradi.

2 Tijorat banki


Tijorat banki oʻz navbatida universal va ixtisoslashgan banklarga boʻlinadi. Ixtisoslashgan bank investitsiya banki, jamgʻarma (omonat) banki, maxsus bank, kooperativ bank va boshqalardan iborat.

3 Investitsiya banki


Investitsiya banki korxonalarning qimmatli qog'ozlarini chiqaradi, sarmoya boshqaruvi xizmatlari, kapital bozorda firmalarga maslahat berib boradi, birja bozorlarini yaratadi va yuritadi.

4 Islom banki


Islom banklarining faoliyati Islomiy qoida va qonunlarga asoslanib olib boriladi. Bunday banklarning eng muhim jihati sarmoya yoki qarzlar uchun foiz hisobida xizmat haqi undirilmaydi, chunki bunday faoliyat Islom dinida taqiqlangan. Banklar mijozlarga mo'ljallangan binolarni moliyalashtirishdan tushgan foydalar hisobiga yuritiladi.

5 Tashqi banklar


Tashqi banklar past soliqli va kam cheklovli xorijiy davlarlarda joylashgan banklardir. Ularning aksariyati xususiy banklardan iborat.
Depozit so‘zi lotincha “depositum” so‘zidan olingan bo‘lib, omonat, asrab qo‘yilgan degan ma’nolarni beradi. Depozitlar – bu:


  • bank va omonat kassalarga qo‘yilgan omonatlar;


  • mijozlarning bankka muayyan talablarini tasdiqlovchi, bank daftaridagi yozuvlar;


  • kredit muassasalariga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar);


  • bojxona muassasalariga boj va bojxona yig‘imlari tarzidagi to‘lovlar uchun oldindan berilgan badallar;


  • sud va ma’muriy muassasalarga da’voni va sudga kelishini ta’-minlash maqsadida o‘tkaziladigan pul badallari.


Demak, depozit banklarda saqlash uchun topshirilgan pul mab-lag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlardir.




Depozitlar – xo‘jalik subyektlari va xususiy shaxslarning pul mablag‘lari yoki qimmatli qog‘ozlarini talab qilinishi bilanoq shartnoma asosida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘langan yohud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan saqlash uchun bankka qo‘yiladigan omonatlardir. Depozitlar banklarning kredit berish, faktoring operatsiyalari o‘tkazish, investitsiyalarni amalga oshirishda foy-dalaniladigan ssuda fondini tashkil qilish manbayi hisoblanadi.

Depozitlarning quyidagi turlari mavjud:


  • talab qilib olinguncha depozitlar;


  • jamg‘arma depozitlar;


  • muddatli depozitlar;


  • jamg‘arma (depozit) sertifikati;


  • boshqa depozitlar.




1 Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxs-larning kundalik maqsadlari uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan (talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi) mablag‘-lardir.
2 Jamg‘arma depozitlarning boshqa depozitlardan ajralib turadigan xususiyati shundaki, bank omonatchiga omonat daftarchasi beradi. 
3 Muddatli depozitlar – yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘laridir.
4 Jamg‘arma (depozit) sertifikati – bu bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining sertifikatni bergan bankdan yoki uning har qanday bo‘limidan belgilangan muddat tugagandan keyin, omonat miqdorini va sertifikatda shartlashilgan foizlarini olish huquqini tasdiq-lovchi qimmatli qog‘ozdir.
Download 20,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish